Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti The Offical page of Andijan state university named after Z.M.Bobur

t.me/adu_uz

🎓Xoshimjonov Sharofiddin Kozimjon o‘g‘li dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildiBugun, 20-dekabr kuni Andijon d...
21/12/2025

🎓Xoshimjonov Sharofiddin Kozimjon o‘g‘li dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Bugun, 20-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Sharofiddin Xoshimjonov Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 07.00.01 – O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha “Turkiston ASSRda sovet hokimiyatining mulkdorlar va tadbirkorlar qatlamiga nisbatan yuritgan siyosati (1918-1924-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.

Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a’zolarining savollariga a’lo darajada javob berdi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Sharofiddin Xoshimjonov tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

Universitet jamoasi nomidan Xoshimjonov Sharofiddin Kozimjon o‘g‘lini ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!

👏 Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!

🎓Turaxodjayev Saidmurod Sayidvoqqozovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildiBugun, 20-dekabr kuni Andijon d...
21/12/2025

🎓Turaxodjayev Saidmurod Sayidvoqqozovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Bugun, 20-dekabr kuni Andijon davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidmurod Turaxodjayev Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 07.00.01 – O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha “1916-1924-yillarda Turkistonda aholi migratsiyasi (safarbarlik, qochoq va och-qochoq, evakuatsiya, reevakuatsiya jarayonlari)” mavzusidagi tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.

Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a’zolarining savollariga a’lo darajada javob berdi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Saidmurod Turaxodjayev tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

Universitet jamoasi nomidan Turaxodjayev Saidmurod Sayidvoqqozovichni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!

👏 Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!

01/10/2025

👨🏻‍🏫 Andijon davlat universitetida 1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Hayot ko‘zgusisiz, aziz muallim” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

13/09/2025

📢 Siz media sohasiga qiziqasizmi? Kreativ jamoaga qo‘shiling!

Andijon davlat universiteti Media markazi jamoasiga tajribali hamda havaskor videograf, mobilograf, fotograf, kopirayter, suhandon va grafik dizaynerlarni taklif qilamiz.

O‘zingiz yaratgan eng yaxshi surat yoki videoni bizga yuboring va ijod olamiga qadam qo‘ying!

Bog‘lanish uchun: [telegram]

Biz bilan o'z iste‘dodingizni qaytadan kashf qiling!

03/09/2025

🐾 Andijon davlat universiteti talabasi sifatida o‘z izingizni qoldiring!

“Men endi Andijon davlat universiteti talabasiman” mavzusida Instagram sahifangizga kreativ post joylang va rasmiy sahifamizni (adu.uzb) belgilab qoldiring!

Bir hafta ichida eng ko‘p layk yig‘gan post Andijon davlat universiteti Matbuot kotibi tomonidan maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi.

✨O‘z omadingizni sinab ko'ring, ijodingizni namoyon qiling va chellenjimizda faol qatnashing!

🌿 Andijon davlat universiteti jamoasi xayriya hasharida faol qatnashmoqdaBugun, 22-avgust kuni Andijon davlat universite...
22/08/2025

🌿 Andijon davlat universiteti jamoasi xayriya hasharida faol qatnashmoqda

Bugun, 22-avgust kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi arafasida, atrof‑muhitni asrab‑avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Erta tongda universitetimizda rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida professor‑o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida oliygoh binolarining ichki va tashqi hududlari, yashil maydonlar, yotoqxonalar va umumiy hududlarda reja asosida hamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Hashar davomida universitetimiz jamoasi tomonidan belgilangan hududlardagi yo‘laklar tartibga keltirilib, zararli hasharotlardan saqlash maqsadida 800 dan ortiq daraxtlar oqlandi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida to‘plangan chiqindilar alohida belgilangan joylarga tashkiliy ravishda olib chiqildi. 2000 kv/m maydondagi ekin yerlari tartibga keltirildi, 500 dan ortiq daraxt va gullarga shakl berilib, begona o‘tlardan tozalandi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ona tabiatni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, ekologik tarbiyani jamiyatning barcha qatlamlariga singdirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda tabiatni himoyalashda har bir fuqaroning faol ishtirokini ta’minlash zarurdir. Tabiatga mehr bilan yondashib, uning pokligi va musaffoligini saqlash orqali biz kelajak avlodlarga sog‘lom, barqaror va farovon yashash muhitini taqdim etamiz.

21/08/2025

🏢 Talaba uchun eng katta muammolardan biri nima? To’g’ri, bu – turar joy!

Biz siz uchun Andijon davlat universitetiga yaqin bo’lgan hududda joylashgan barcha qulayliklarga ega ijara-xonadonlar bo’yicha qisqa obzor taqdim etamiz!

☎️ Murojaat uchun:
+998906233160
+998905451817

O‘zingizga mos uy-joy toping – keyin faqat bilim haqida o’ylang!

31/07/2025

📌 Andijonda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 1000 nafardan ortiq talabalar uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi

30-iyul kuni Andijon shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma doirasida 328 ta yirik ish beruvchi va tijorat banklari tomonidan 2 176 ta bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Shu bilan birga, yuqori kurs talabalariga malakaviy amaliyot o‘tash uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Tadbirda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari va texnikum bitiruvchilarining 9 235 nafari ishtirok etdi. Ulardan 2 459 nafar talaba ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 1 031 nafar talaba aniq ish o‘rni topishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, biznes g‘oyalarini taqdim etgan talabalarning 72 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirildi.

Address

O'zbekiston Respublikasi, Andijon Shahar, Universitet Ko'chasi 129-uy
Andijan
170100

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 08:00 - 16:00

Telephone

+998742238830

Website

http://t.me/adu_uz

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Andijon davlat universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Andijon davlat universiteti:

Share