09/05/2025
🎖 9-May — Xotira va qadrlash kuni
Bugun yuragimizda abadiy iz qoldirgan kun. Bu sana nafaqat tarixni eslash, balki fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz oldida chuqur ta’zim qilish kunidir.
BIU jamoasi sifatida biz tinchlik, ozodlik va farovonlik yo‘lida jon fido qilgan barcha yurtdoshlarimizni yod etamiz. Ularning jasorati, sabr-toqati va Vatanni sevishdek yuksak fazilatlari har birimiz uchun buyuk ibratdir.
🇺🇿 Barchamiz tinchlikni asrash va kelajak avlodga qadriyatlar merosini yetkazish yo‘lida mas’ulmiz.
BIU — qadriyatlarni unutmasdan kelajakni barpo etadigan avlod bilan birga