13/10/2026
😴 Kuniga necha soat uxlaysiz?
Sessiya yaqinlashganda yoki topshiriqlar ko‘payganda, odatda birinchi bo‘lib uyqudan voz kechamiz. Lekin bu usul aslida o‘zimizga qarshi ishlaydi.
Olimlarning ta’kidlashicha, surunkali uyqusizlik miya hajmini kichraytiradi. Oqibatda xotira pasayadi, diqqat bo‘linadi va yangi ma’lumotlarni eslab qolish qiyinlashadi.
🧠 Shu sababli, xotira yaxshi ishlashi uchun quyidagi 3 qoidaga amal qiling:
— 7.5 soat uxlang: Miya har 1.5 soatda bitta uyqu siklini yakunlaydi. 6 yoki 7.5 soat uxlash tetiklik beradi.
— 20 daqiqa mizg‘ib oling: Kunning o‘rtasidagi qisqa uyqu miyani qayta tetiklashtiradi.
— 22:00 – 02:00 oralig‘i: Bu vaqt xotira tiklanishi uchun eng muhim soatlardir.
❓Siz odatda kuniga necha soat uxlaysiz?