24/01/2023
📌Alisher Navoiy dahosiga ehtirom ko‘rsatish va uning ijodiy merosini o‘rganish har birimiz uchun sharafli burchdir. Shoir tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta'lim yo‘nalishi o‘qituvchilari "Navoiyxonlik" oyligini e'lon qiladi!
✅ Birinchi haftada "G‘azalxonlik" tanlovi bo‘lib o‘tadi. Bunda talabalar Navoiy ijodidan o‘zlari yoqtirgan g‘azallarni ifodali tarzda 27-yanvar kuni soat 12:00 da hakamlarimiz e'tiboriga havola etishadi.(311-xona)
🎁 G'oliblarni diplom va estalik sovg‘alari kutmoqda.
✅ " Navoiyxonlik" oyligida barcha yo‘nalish talabalar faol qatnashishlarini so‘rab qolamiz. Barchangizga omad va zafarlar yor bo‘lsin!
❗️Unutmang, Navoiy innovatsiyalar instituti kelajakdagi kasbinggiz kafolatidir!