Qarshi tuman 2-son Texnikumi

Qarshi tuman 2-son Texnikumi Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman 2-son Texnikumi | Rasmiy sahifasi

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”Bugun 19-mart Qarshi shahri Yoshlar bog'ida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro...
25/03/2025

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”
Bugun 19-mart Qarshi shahri Yoshlar bog'ida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qarshi tuman 2-son Politexnikumi ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida - Milliy kiyimlar ko‘rgazmasi – boy madaniyatimiz aks etgan liboslar namoyishi va milliy taomlari bilan ishtirok etdi. (19.03.2025)

"Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz!"12- mart kuni Qarshi tuman 2 son Politexnikumi Dasht filialida "Sog'lom turmush...
25/03/2025

"Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz!"
12- mart kuni Qarshi tuman 2 son Politexnikumi Dasht filialida "Sog'lom turmush" mavzusida Turon nodavlat tashkiloti bilan va guruhlar o'rtasida milliy bayramlarimiz mavzusida devoriy gazeta tanlovi o'tkazildi. (12.03.2025)

"8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo'lsin"Qarshi tuman 2-son Politexnikumida va Dasht mahallasida joylashgan ...
25/03/2025

"8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo'lsin"
Qarshi tuman 2-son Politexnikumida va Dasht mahallasida joylashgan filialida 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan barcha ayol xodimlar, o'qituvchilar va o'quvchilarni bayram bilan tabriklab esdalik sovg'alari ulashildi. 💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin! 🌷🌷Qarshi tuman 2-son Politexnikumi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi. Barchangizga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz. Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham aziz qizlarimiz - mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang! 🌷Bayramingiz bilan aziz ayollar! (07.03.2025)

Politexnikumimizda quyidagi ta’lim turlari mavjud:9- sinf bitiruvchilari negizida milliy ta’lim dasturi asosida KUNDUZGI...
25/03/2025

Politexnikumimizda quyidagi ta’lim turlari mavjud:

9- sinf bitiruvchilari negizida milliy ta’lim dasturi asosida KUNDUZGI bepul ta’lim:
1- kasb Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish
2- kasb Traktorchi-mashinist
3- kasb Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
4- kasb Elektromantyor
5- kasb Tikuvchi

9- sinf bitiruvchilari negizida milliy ta’lim dasturi asosida DUAL bepul ta’lim

Dual ta’lim o’zi nima?
Dual taʼlim — taʼlimni nazariy qismi (30%) texnikumda va amaliy qismi (70%) esa tanlangan mutaxassisligiga mos korxona va tashkilotda mexnat faoliyati bilan birga olib borish imkoniyatini beruvchi taʼlim shaklidir.
1- kasb Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish
2- kasb Traktorchi-mashinist
3- kasb Asalarichi

11- sinf negizida KUNDUZGI ta’lim to’lov kontrakt asosida
1- kasb Avtomobil transportiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
2- kasb Buxgalteriya hisobi va audit
3- kasb Kompyuter injineringi
4- kasb Payvandlovchi (elektrgaz payvandlash)
5- kasb Oqovasuv va suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish

11- sinf negizida DUAL ta’lim to’lov kontrakt asosida
1- kasb Traktorchi-mashinist
2- kasb Avtomobillarni yig’ish va sinash
3-kasb To’qimachilik ishlab chiqarish
4-kasb Yakka tartibda kiyim tikuvchi

11- sinf negizida SIRTQI ta’lim to’lov kontrakt asosida
SIRTQI ta’lim o’zi nima?
Sirtqi taʼlim - ish joyidan ajralmagan holda oliy va oʻrta maxsus maʼlumot olish shakli. Kunduzgi taʼlim shaklidan talaba (oʻquvchi)larning mustaqil oʻqishi bilan farq qiladi.
1- kasb Avtomobillarni yig’ish va sinash
2- kasb Elektr tarmoqlari podstansiyalari uskunalariga xizmat ko’rsatish
3- kasb Kompyuter injineringi
4-kasb Avtomobil transportiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash

"Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlangan tadbir"Qarshi tuman 2-son Politexnikumi Dasht qishl...
12/03/2025

"Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlangan tadbir"
Qarshi tuman 2-son Politexnikumi Dasht qishlog'i filialida O'qituvchilar J.Iskandarov, S. Egamberdiyeva, F.Ziyatova, F.Primovalar tomonidan Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan "Boburxonlik" tadbiri o'tkazildi. (14.02.2025)

08/02/2025

Milliy libos – millat g‘ururi!

Milliy kiyimlar insonga nafosat bag‘ishlaydi, uni yanada ko‘rkam va diqqatga sazovor etadi.

Biz o‘z madaniyatimizni qadrlasak, uni kelajak avlodga yetkazsak, millat sifatida yanada kuchli va barkamol bo‘lamiz.

Keling, milliy liboslarimizni faxr bilan kiyib, ulug‘ ajdodlarimizning an’analarini davom ettiraylik!(07.02.2025)

08/02/2025

"QASHQADARYO AXBOROTI" 28 ta kasbiy ta'lim muassasasida dual ta'lim tizimi joriy etildi. Shular ichida Qarshi tuman 2-son Politexnikumida ham dual ta'lim tizimida o'quvchilar ta'lim olib kelishmoqda.(01.02.2025)

Qarshi tuman 2 son politexnikumi  o`quvchi o`smirlari o`rtasida 14 yanvar vatan himoyachilar kuni munosabati bilan “Tinc...
08/02/2025

Qarshi tuman 2 son politexnikumi o`quvchi o`smirlari o`rtasida 14 yanvar vatan himoyachilar kuni munosabati bilan “Tinchlik-barqaror bo`lsin” shiori ostida o`tkazilayotgan tadbir (14.01.2025)

Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’tkazilgan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusidagi  tadbir  (6.12.2024)
08/02/2025

Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’tkazilgan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusidagi tadbir (6.12.2024)

Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’tkazilgan “18-noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan k...
08/02/2025

Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’tkazilgan “18-noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun” munosabati bilan tashkil etilgan ZAKOVAT tadbiri

Address

Karshi District, Khilal Village, Amir Temur Street, Home/1
Qarshi
180219

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qarshi tuman 2-son Texnikumi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share