08/03/2026
XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI
Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar, dilbar qizlar!
Avvalo, sizlarni, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasidagi barcha ayol-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Aziz opa-singillar!
Sizlar xonadonlarimizning fayzi, jamiyatimizning ma’naviy tayanchi, yosh avlodni komil inson etib tarbiyalaydigan buyuk kuchsiz. Mehr-oqibat, sabr-toqat, or-nomus va andisha kabi yuksak fazilatlar avvalo sizlarning timsolingizda namoyon bo‘ladi.
Bugungi k***a Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida inson qadri va inson baxti ustuvor maqsad sifatida e’tirof etilmoqda. Bu ezgu yo‘lda ayollarimizning o‘rni va hissasi beqiyosdir.
Fursatdan foydalanib, institutimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha ustoz va xodima ayollarimizga, faol va iqtidorli talaba-qizlarimizga o‘z minnatdorligimni bildiraman.
Yana bir bor sizlarni kirib kelayotgan go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!