Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

Call Website Contact the university

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

Akademiya va Yevroosiyo taraqqiyot banki ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdiO‘zbekis...
13/10/2026

Akademiya va Yevroosiyo taraqqiyot banki ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Yevroosiyo taraqqiyot banki o‘rtasida qo‘shma ta’lim va ekspertlik tashabbuslarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
—
Академия и Евразийский банк развития рассмотрели перспективы сотрудничества в сфере образования

В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялась встреча с представителями Евразийского банка развития (ЕАБР), посвящённая перспективам реализации совместных образовательных и экспертно-аналитических инициатив.
—
The Academy and the Eurasian Development Bank Explore Prospects for Cooperation in Education

The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan held a meeting with representatives of the Eurasian Development Bank (EDB) to explore opportunities for joint educational and expert-led initiatives.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbar kadrlari uchun Akademiyada malaka oshirish kursi tashkil etildiO‘zbekis...
12/10/2026

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbar kadrlari uchun Akademiyada malaka oshirish kursi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida jamiyatning markaziy apparati va hududiy filiallarida faoliyat yurituvchi 17 nafar rahbar xodim uchun “Zamonaviy boshqaruv” yo‘nalishida qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.

O‘quv dasturi mamlakatimiz islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlari, xalqaro iqtisodiy integratsiya hamda davlat va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish masalalarini qamrab oldi. Shuningdek, rahbarlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini joylarda samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
—
В Академии организован курс повышения квалификации для руководящих кадров АО «Национальные электрические сети Узбекистана»

В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан организован краткосрочный курс повышения квалификации по направлению «Современное управление» для 17 руководящих сотрудников центрального аппарата и территориальных филиалов АО «Национальные электрические сети Узбекистана».

Учебная программа охватила приоритетные направления проводимых в стране реформ, цели Стратегии «Узбекистан — 2030», международную экономическую интеграцию и вопросы повышения эффективности государственного и корпоративного управления. Особое внимание было уделено развитию навыков принятия управленческих решений и обеспечению их эффективной реализации на местах.

Istiqbolli boshqaruv kadrlari salohiyati amaliyotda sinalmoqdaAkademiya rektori Jasur Salixov magistratura tinglovchilar...
12/10/2026

Istiqbolli boshqaruv kadrlari salohiyati amaliyotda sinalmoqda

Akademiya rektori Jasur Salixov magistratura tinglovchilari va hududiy filiallar rahbarlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotdan maqsad — tinglovchilarning malakaviy amaliyot va dublorlik natijalarini tahlil qilish, amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif hamda tashabbuslarni tinglash, shuningdek, tinglovchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollarga javob berishdan iborat.
Tegishli Farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan bir oylik amaliyot davomida magistratura tinglovchilari viloyat, tuman va shaharlarning birinchi rahbarlariga dublor sifatida biriktirildi. Bu ularga muammoli keyslarni real vaqt rejimida tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish jarayonini o‘rganish va yechimlarni shakllantirishda bevosita ishtirok etish imkonini berdi.

Insonlarni esh*tish va tushunish ko‘nikmasi bugundan shakllanadi.Avval xabar berilganidek, Davlat siyosati va boshqaruvi...
09/10/2026

Insonlarni esh*tish va tushunish ko‘nikmasi bugundan shakllanadi.

Avval xabar berilganidek, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistratura tinglovchilari respublika bo‘ylab turli darajadagi rahbarlarga biriktirilgan holda amaliyot o‘tamoqda. Amaliyot davomida tinglovchilar aholi murojaatlari, hududlardagi ijtimoiy masalalar va ularni hal etishga qaratilgan boshqaruv jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Jumladan, sayyor qabullarda ishtirok etish, mahallalardagi vaziyatni o‘rganish hamda «Ayollar daftari»ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning holidan xabar olish orqali aholi ehtiyojlarini chuqurroq anglash va muammolarga tizimli yondashish tajribasini orttirmoqda.

Bu jarayon tinglovchilarga muammolarning tashqi ko‘rinishi bilan cheklanib qolmasdan, ularning asl sabablarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni baholash va amaliy yechimlarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
—
Умение слушать и понимать людей формируется уже сегодня

Как сообщалось ранее, слушатели магистратуры Академии государственной политики и управления проходят практику, будучи закреплёнными за руководителями в различных регионах республики.

В ходе практики слушатели знакомятся с обращениями граждан, социальными вопросами регионов и управленческими процессами, направленными на их решение.

В частности, участвуя в выездных приёмах граждан, изучая ситуацию в махаллях и посещая женщин, нуждающихся в социальной поддержке и включённых в «Женскую тетрадь», слушатели учатся глубже понимать потребности населения и применять системный подход к решению проблем.

Этот опыт помогает им не ограничиваться внешними проявлениями проблем, а выявлять их первопричины, оценивать имеющиеся возможности и искать практические пути решения.
—

Nazariyadan amaliyotga: hududlarda strategik liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti h...
09/10/2026

Nazariyadan amaliyotga: hududlarda strategik liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salikhov Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida rahbarlarga dublyor sifatida biriktirilgan magistratura tinglovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvning maqsadi — dublyorlik amaliyoti samaradorligini oshirish, tinglovchilarning real boshqaruv jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish, hududiy muammolar va ularning yechimlarini real vaqt rejimida kuzatish hamda tahlil qilish, mustaqil va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Asosiy e’tibor hududiy muammolarni tizimli diagnostika qilish, ularning tub sabablarini aniqlash, ma’lumotlar va dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish hamda amaliy yechimlar taklif etishga qaratildi.

Хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida ilmiy maqolalar qabul qilinadi«Davlat boshqaruvida inson kapitalini rivojlan...
05/10/2026

Хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida ilmiy maqolalar qabul qilinadi

«Davlat boshqaruvida inson kapitalini rivojlantirish va davlat xizmatining samaradorligini oshirish: zamonaviy yondashuvlar va amaliy mexanizmlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiya doirasida o‘zbek, rus va ingliz tillarida ilmiy maqolalar qabul qilinadi.

Maqolalar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami shaklida nashr etiladi.



Ilmiy maqolalar qabul qilishning so’nggi kuni: 2026-yil 20-oktabr.

Davlat xizmatida yangi avlod kadrlari: “Kelajak liderlari” ishtirokchilari loyihalarini himoya qildiO‘zbekiston Respubli...
02/10/2026

Davlat xizmatida yangi avlod kadrlari: “Kelajak liderlari” ishtirokchilari loyihalarini himoya qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” qo‘shma qayta tayyorlash ta’lim dasturi tinglovchilarining stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobotlari va bitiruv loyiha ishlari himoyasi o‘tkazildi.

Tinglovchilar stajirovka davomida o‘rgangan mahalliy va xalqaro ilg‘or tajribalarini o‘z loyihalarida aks ettirib, davlat boshqaruvidagi dolzarb masalalar yuzasidan aniq takliflarini taqdim etdilar.
—
Новое поколение кадров для государственной службы: участники программы «Будущие лидеры» защитили свои проекты

В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялась защита отчётов по итогам стажировки и выпускных проектных работ слушателей совместной программы переподготовки «Будущие лидеры».

В ходе защиты участники представили в своих проектах передовой отечественный и международный опыт, изученный в период стажировки, а также конкретные предложения по решению актуальных вопросов государственного управления.
—
A new generation of public service professionals: “Future Leaders” participants defend their projects

The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan hosted the defence of internship reports and final project works by participants of the joint “Future Leaders” professional retraining programme.

During the defence, participants presented advanced national and international practices studied during their internships, along with practical proposals addressing pressing issues in public administration.

VAKANSIYA: BOSH ILMIY XODIM O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining...
02/10/2026

VAKANSIYA: BOSH ILMIY XODIM

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Davlat siyosati va boshqaruvini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi bosh ilmiy xodim lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

siyosatshunoslik yoki yurisprudensiya yo‘nalishida bakalavr va magistr darajasiga ega bo‘lish;
tegishli sohada kamida 3 yillik ish tajribasi;
ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlarni olib borish, ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahlil qilish ko‘nikmasi;
ma’lumotlar bazalari bilan ishlash qobiliyati;
davlat tilida ish yuritish hamda ustuvor ravishda rus va ingliz tillarini kamida B2 darajada bilish;
ilmiy maqolalar, tahliliy ma’lumotnomalar, ekspert xulosalari va boshqa materiallarni tayyorlash tajribasi;
tahliliy va tanqidiy fikrlash, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, rivojlangan kommunikativ ko‘nikmalar hamda jamoada ishlash qobiliyati.

Qo‘shimcha ustunlik:
PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lish. Mazkur daraja belgilangan tartibda ish haqiga qo‘shimcha ustama olish imkonini beradi.

Ariza topshirish uchun:
Hujjatlarni [email protected] elektron pochta manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Аkademiyada ustoz va murabbiylar e’zozlandi1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respub...
01/10/2026

Аkademiyada ustoz va murabbiylar e’zozlandi

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida ustozlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni, yosh kadrlarni shakllantirish va davlat boshqaruvi tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashdagi hissasi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, ularning mehnatini munosib qadrlash hamda ta’lim sohasiga qaratilgan e’tibor izchil davom etayotgani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida bir guruh ustozlarga mehnat faoliyati va ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ustozga hurmat — ilmga, tajribaga va kelajak avlodga hurmatdir.

“Oliy ta’lim a’lochisi”akademiya professorlari munosib e’tirof etildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davl...
01/10/2026

“Oliy ta’lim a’lochisi”
akademiya professorlari munosib e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professorlari Umidjon Pardayev Uralovich va Shuhrat Lakaev Saidxamadovich «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 25-sentabrdagi 405-sonli buyrug‘i asosida topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘qituvchi va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning ilmiy-pedagogik salohiyati va boy tajribasi kelajak rahbar kadrlarni tayyorlash, zamonaviy kompetensiyalarga ega davlat xizmatchilarini shakllantirish hamda davlat boshqaruvining intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
—
Профессора академии удостоены почётного признания

Профессора Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан Умиджон Пардаев Уралович и Шухрат Лакаев Саидхомадович награждены нагрудным знаком «Отличник высшего образования».

Нагрудные знаки вручены на основании приказа Министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан № 405 от 25 сентября 2026 года.

Внимание, уделяемое учителям и наставникам Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым, а также их научно-педагогический потенциал и богатый профессиональный опыт способствуют подготовке будущих руководящих кадров, формированию государственных служащих, обладающих современными компетенциями, и повышению интеллектуального потенциала системы государственного управления.
—

Address

Ислама Каримова 45
Tashkent
100066

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi:

Shortcuts

Share