Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi 1999-yilda tashkil etilgan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi

1. Akademik litseyning tashkil e'tilishi
Akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 1999 yil 10 avgustdagi 240-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Akademik litsey ustavi 1999 yil 10 sentyabrda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan

va 1998 yil 10 oktyabrda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatida 2070 - raqam bilan ro‘yxatga olingan. Hozirgi kunda ta’lim muassasining rahbari bo'lib Baqoyev Matyoqub Teshayevich faoliyat yuritmoqda. Litseyda 73 ta asosiy shtatda o‘qituvchi ishlaydi, 10 nafar o‘qituvchilar o‘rindosh sifatida o‘quv jarayoniga jalb etilgan, akademik litseyda 6 ta fan nomzodi ishlaydi.

2. Ta’lim yo‘nalishlari
Akademik litseyda o‘quvchilar aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida ta’lim olishadi. Anik fanlar yo‘nalishi
Bu yo‘nalish o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, informatika fanlariga qizikuvchi o‘quvchilarni tanlov asosida o‘qishga qabul qiladi. Aniq fanlar yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan o‘quvchilar akademik litseyning tugallaganlaridan so‘ng matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirib, xalkaro iqtisodiy munosabatlar, o‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik, tashqi iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyot, statistika iqtisodiyotda axborot tizimi, moliya va kredit, iqtisodchi-pedagog, menejment, sug‘urta ishi bo‘lgan va matematika , xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi
Ushbu yo‘nalishga o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan, tarix, ingliz tili, ona tili xamda adabiyot va informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilar o‘qishga tanlov asosida qabul qilinadi. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan o‘quvchilar akademik litseyni tugatgandan keyin tarix, xorijiy til, ona tili va adabiyoti fanlaridan test sinovlarini topshirib yurisprudensiya, xuquqshunos-pedagog, falsafa, falsafa va mantik, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya, kutubxonashunoslik mutaxassisliklari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlariga kirishlari mumkin. Xorijiy tillar yo‘nalishi
Bu yo‘nalishga o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan, tarix, ingliz tili, ona tili xamda adabiyot va informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilar o‘qishga tanlov asosida qabul qilinadi. Bu yo‘nalishda taxsil oluvchi talabalar ingliz, nemis va fransuz tillarini asosiy fan sifatida o‘rganishadi. Litsey Germaniya Federativ Respublikasining xamkor maktabi xisoblanadi. Yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan o‘quvchilar akademik litseyni bitirgandan keyin xorijiy til, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirib, xalkaro munosabatlar tarixi, sharkshunoslik, dinshunoslik, xorijiy til mutaxassisliklari bilan bog‘lik oliy o‘quv yurtlariga kirishlari mumkin.

Address

Zulfiyakhonim 242
Tashkent
100128

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00
Sunday 09:00 - 17:00

Telephone

+99871 244-84-19

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi:

Shortcuts

Share