23/08/2021
📢⚡️BITIRUVCHILАR DIQQATIGA⚡️
Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneri universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “BINARY GRADUATE SCHOOL” qoʼshma fakulteti 2021/2022 oʼquv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari boʼyicha qabul jarayoni boshlanganligini eʼlon qiladi:
🔰Biznesni boshqarish/Master of Business Administration (MBA)
🔰Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʼyicha)/Master of Science in Accounting & Finance (by research)
Аrizalarni qabul qilish 2021-yilning 10-sentyabriga qadar, quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
👉🗞 https://forms.gle/SZ4WEhDHc3yCs9KK8
Fakultetda ta’lim jarayonlari INGLIZ TILIDA olib boriladi🇬🇧
Kirish imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qaroriga muvofiq 2 bosqichda quyidagi tartibda bolib o’tadi:
1️⃣ bosqich. Talabgorlar tomonidan tanlangan mutaxassislik boʼyicha hamkor xorijiy universitet vakillari ishtirokida onlayn (Zoom dasturi orqali) suhbat.
2️⃣ bosqich. Davlat test markazi tomonidan “Ingliz tili” fanidan test sinovlari oʼtkaziladi.
Eslatma📌
Dars mashgʼulotlari ingliz tilida yuqori tajribaga ega boʼlgan xorijiy va mahalliy professor-oʼqituvchilar tomonidan olib boriladi. Kadrlar tayyorlashda “1+1” yoki “2+0” qoʼshma diplom dasturi asosida amalga oshiriladi. Taʼlim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar Toshkent moliya instituti (Oʼzbekiston Respublikasining davlat naʼmunasidagi magistr diplomi) va Malayziyaning Bayneri universiteti diplomiga ega boʼladilar.
Taʼlim dasturi va qabul jarayoni bilan bogʼliq toʼliq maʼlumotlar olish uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 +99891 4536467
📞 +99871 2344687