22/09/2026
📓 YANGI RISOLA NASHRDAN CHIQDI!
✅ O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi doktoranti Agzamova Nozimaxonning dissertatsiya mavzusi doirasida tayyorlagan “XIII asr sayohatnomalarida ilk xristian jamoalari tarixining yoritilishi” nomli ilmiy-ommabop risolasi nashrdan chiqdi.
✨ Mazkur risolada:
☑️ XIII asr sayohatnomalarining ilk xristian jamoalari tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati;
☑️ ilk xristian jamoalarining diniy hayoti va geografik tarqalishi;
☑️ ularning o‘rta asrlar tarixidagi o‘rni;
☑️ Yevropa va arab sayyohlarining kuzatuvlari;
☑️ Ioann de Plano Karpini, Giyom de Rubruk, Marko Polo, Yoqut al-Hamaviy, Zakariya al-Qazviniy va boshqa mualliflarning asarlaridagi ma’lumotlar;
☑️ sayohatnomalardagi tarixiy ma’lumotlarning ilmiy ahamiyati va ishonchliligi tarixiy manbalar asosida yoritilgan.
📚Risola tarixiy manbalar, sayohatnomalar va dinshunoslik nuqtayi nazaridan ilk xristian jamoalari tarixini o‘rganishga qiziqadigan dinshunos tadqiqotchilar, talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
👥 Kafedra jamoasi Agzamova Nozimaxonni ilmiy izlanishlari samarasi bo‘lgan ushbu nashr bilan muborakbod etadi va kelgusidagi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
👍 Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o'rganish UNESCO kafedrasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! ⚡️
🌐 dinshunoslik.uz| 😎 Facebook|😎 Instagram| 😎 Telegram| 😎 YouTube | 😎 WhatsApp | 📱 LinkedIn