Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali Official page of Nurafshan branch of Tashkent University of Information Technologies Direct

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-maydagi 288- son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

🎮 “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasi TATU Nurafshon filialida oliygoh bosqichi bo‘lib o‘tdi! Oliy ta’lim...
12/06/2025

🎮 “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasi
TATU Nurafshon filialida oliygoh bosqichi bo‘lib o‘tdi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining OTM (oliy ta’lim muassasasi) bosqichi 2025-yil 11-iyun kuni filialimizda yuqori saviyada o‘tkazildi.

🎯 Musobaqa quyidagi kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi:

* CS 1.6 (Counter-Strike)
* E-Football 2025 (FC25)

🧩 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bellashuvlar yakunida quyidagi talabalar va jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

💥 CS 1.6 yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — “Everest” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Keberchilar” jamoasi

⚽️ E-Football 2025 yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — Mamajonov Akmal
🥈 2-o‘rin — Hasanov Abrorbek
🥉 3-o‘rin — To‘xtasinov Alyorbek

🏆 G‘oliblar hududiy bosqichga yo‘llanma oldilar va u yerdan muvaffaqiyatli o‘tganlar esa 23–25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan Respublika final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🎉 Barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!
Ularga kelgusi bosqichlarda omad va g‘alaba tilaymiz!

🚀 Kibersport – bu nafaqat o‘yin, balki bilim, strategiya va tezkor fikrlash maktabi!

   Bitiruvchilarni kuzatish tadbiridan fotolavhalar👨‍💻 Har bir qadam, har bir tun-u kun mehnat, har bir imtihon sizlarni...
05/06/2025





Bitiruvchilarni kuzatish tadbiridan fotolavhalar

👨‍💻 Har bir qadam, har bir tun-u kun mehnat, har bir imtihon sizlarni bugungi kunga olib keldi.

⭐️ Endi siz nafaqat bitiruvchilar, balki TATU Nurafshon tarixining bir qismisiz!

🚀 Kelajakda sizlar texnologiya olamini o'zgartirasiz deb ishonamiz!

   🎓 Bugun – tarixiy sana! TATU Nurafshon filiali o‘zining birinchi bitiruvchilarini katta faxr va iftixor bilan hayotni...
05/06/2025





🎓 Bugun – tarixiy sana! TATU Nurafshon filiali o‘zining birinchi bitiruvchilarini katta faxr va iftixor bilan hayotning yangi bosqichiga kuzatdi.

✅️ Bugun Filialimiz ilk qaldirg'ochlarini kuzatish kechasi bo'lib o'tdi. Filialimiz rahbariyati, professor-o'qituvchilar bitiruvchi talabalarimiz hamda ularning ota-onalari jam bo'lgan ushbu tantanali tadbirda ilk bitiruvchilarimizga Universitetimiz rektori Baxtiyor Maxkamov hamda direktorimiz Nurbek Nasrullayev talabalarimizning ilk bakalavrlik ramziy diplomlarini topshirdilar.

Bu yo‘l oson kechmadi – ammo sizlar har bir daqiqani mehnat, sabr va orzular bilan to‘ldirdingiz!

Sizlar – bu filialning ilk yulduzlari, ilk bitiruvchilarisiz!
Kelajagingiz porloq bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!

  🤩 TATU Nurafshon filialida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari davom etmoqda!🏆 Oliy taʼlim, fan va innova...
28/05/2025




🤩 TATU Nurafshon filialida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari davom etmoqda!

🏆 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan “Sport oyligi” doirasida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga rasmiy start berilgan edi.

♾ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida ham mazkur sinovlar talaba-yoshlar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etildi.

🏃‍♂️ Sinovlar davomida talabalar quyidagi jismoniy mashqlar bo‘yicha o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar:

100/60 metrga yugurish (pastki startdan)
3 kmga yugurish
Turgan joydan uzunlikka sakrash
Turnikda tortilish
Arg‘amchida sakrash
va boshqa sinovlar

📝 Har bir ishtirokchining natijalari maxsus komissiya a’zolari — tajribali mutaxassislar va jismoniy tarbiya fani ustozlari tomonidan baholab borildi.

🏅 “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu sport tadbiri talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sportga qiziqishini kuchaytirish va sog‘lom hayotga bo‘lgan e’tiborini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

      🇺🇿 Milliy qadriyatlar – tarbiyaning asosi! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida "Tarbiya jarayon...
27/05/2025




🇺🇿 Milliy qadriyatlar – tarbiyaning asosi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida "Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning o‘rni" mavzusida amaliy mashg‘ulot darsi tashkil etildi.

🖥 Mashg‘ulot davomida talabalar bilan milliy urf-odatlar, qadriyatlarimizning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, ularni asrash va zamonaviy hayotga uyg‘unlashtirish borasida chuqur fikr almashildi.

📚 Tadbir kutubxonada bo‘lib o‘tib, talabalar kutubxona fondidagi qadriyatlar, tarbiya va ma’naviyatga oid yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar, hamda maroqli mutolaa qilishdi.

💬 Ishtirokchilar milliy qadriyatlarimizni yosh avlodga to‘g‘ri yetkazish, ularni ma’naviy yetuk va vatanparvar shaxslar qilib tarbiyalashda ushbu qadriyatlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab o‘tishdi.

✨ Asl qadriyat – sog‘lom jamiyat poydevori!

🇺🇿 Vatanparvarlik – qalbdan boshlanadi!🎖 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nur...
20/05/2025

🇺🇿 Vatanparvarlik – qalbdan boshlanadi!

🎖 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali talabalari uchun yurtparvarlik, tarixiy xotira va milliy g'ururni moddiy imkoniyatlar “Vatanparvar” bog'i ga tashrif uyushtirildi.

📜 Ushbu tashrif O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi 4495-sonli qarori ijrosini ta'minlash yo'lida, Jahon urushida tashkil etilgan g'alabaning 80 yilligiga munosib nishonlash uchun tashkil etildi.

📍 “Vatanparvar” bog'i – bu:
Ikkinchi jahon urushi yillaridagi matonat va jasoratning timsoli
Harbiy texnika, tarixiy eksponatlar, installyatsiyalar jamlangan zamonaviy makon

🖥 Tashrif filialning Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda TTJ pedagog-tarbiyachisi Sh. Samarov tashabbusi bilan amalga oshirildi.

📌 Ma’lumot o‘rnida, mazkur bog‘ 1,5 gektar yer maydonida qisqa fursatlarda barpo etilgan bo‘lib, quruvchi va muhandislar, loyihachi va me’morlar, ziyolilar, ma’naviyatchilar, tarixchilar, qadimshunos va arxiv xodimlariga munosib zahmati mujassam.

🏞 “Vatanparvar” bog'i bugungi k***a milliy tarixiy ekskursiya manzili, balki vatanparvarlik maktabi sifatida yoshlar tarbiyasida muhim rol o'ynamoqda.

🕊 Tinchlikning qadri, tarixning saboqlari va jasoratning ibrati – aynan shu yerda jam!

  🎓 Bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish boshlandi! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari ...
19/05/2025




🎓 Bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish boshlandi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida 2025-yil bitiruvchi talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni boshlandi.

📚 Talabalar o‘zlarining tahsil davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari asosida tayyorlagan ilmiy-amaliy loyihalarini tegishli komissiya a’zolari oldida muvaffaqiyatli himoya qilmoqdalar.

🔍 Himoyalar davomida dolzarb mavzular, innovatsion yechimlar, amaliy dasturlar, zamonaviy texnologiyalar va sohaga oid yangiliklar yoritilmoqda. Bu esa bitiruvchilarimizning kasbiy tayyorgarligi, mustaqil fikrlashi va muammo yechishga bo‘lgan yondashuvini namoyon qilmoqda.

✅ Bunday jarayonlar talabalarning nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lganini, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topishga tayyor ekanligini ko‘rsatadi.

🎓 Bitiruvchi talabalarimizga omad tilaymiz!

  📆 9-MAY — Xotira va Qadrlash Kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali xodimlari va talaba-yoshlari to...
09/05/2025




📆 9-MAY — Xotira va Qadrlash Kuni

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali xodimlari va talaba-yoshlari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Oybek” mahallasida istiqomat qiluvchi, 91 yoshni qarshi olgan Ikkinchi jahon urushi front orti mehnat faxriylari — Djappar ota G‘aniyev va Qo‘ysin aya Turg‘unbayeva xonadoniga tashrif buyurildi.

☕️ Bir piyola choy ustida samimiy suhbatlar qurildi, ularning xotiralari tinglandi, hayotiy tajribalari yoshlar uchun katta saboq bo‘ldi. Faxriylarning fidokorona mehnatlari yuksak qadrlanib, filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Ularning bardavom hayot yo‘li va sabr-toqati bugungi avlod uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi.

🕊 Bu tashrif faxriylarimizga katta dalda va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bunday e’tibor va ehtirom — yosh avlodning o‘z tarixiga, ajdodlariga bo‘lgan hurmatining ifodasidir.

   ✅ 7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Muha...
07/05/2025





✅ 7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida tadbir bo‘lib o‘tdi.

▶️ Tadbir doirasida filialda yuksak natijalarga erishgan, bilim va iqtidorini namoyon etgan talabalar e’tirof etildi: Vazirlik va nomdor stipendiya sohiblari, Iqtidorli, ilm-fan sohasida faol talaba-yoshlar, Sport va dasturlash bo‘yicha olimpiada g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlandilar.

🔬 Shu bilan birga, filialda tashkil etilgan “Kelajak texnologiyalari” nomli talabalar ilmiy-innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasida faol ishtirok etgan yoshlar ham alohida rag‘batlantirildi.

✅ Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi – bilimli, tashabbuskor va fidoyi yoshlarni munosib taqdirlash, ularning yangi g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, motivatsiyasini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

✨ Taqdirlangan barcha talabalarimizni tabriklaymiz! Sizlarning izlanishingiz, intilishlaringiz va erishgan yutuqlaringiz – nafaqat filial, balki butun jamiyatimiz faxridir!

05/05/2025





🎉 “Do‘ppi chellenji” – Milliy qadriyatlarimiz targ‘iboti

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida “Do‘ppi chellenji” bo‘lib o‘tdi.

📸 Chellenj davomida filial talabalari va ustozlari milliylik timsoli bo‘lgan do‘ppi bilan ishtirok etishdi. Tadbir doirasida do‘ppining turli hududlarga xos namunalari namoyish etildi va milliy urf-odatlarimizga hurmat ruhida fotosuratlar olindi.

🖥 Mazkur tashabbus yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish, milliy liboslarga mehr uyg‘otish, shuningdek an’analarimizni qadrlashga undash maqsadida tashkil etildi.

⚡️ Siz ham chellenjga qo‘shiling!
📌 Milliy do‘ppida suratga tushing va heshtegidan foydalaning!

  🇺🇿 Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusi! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida Filial psixologi N...
26/04/2025




🇺🇿 Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida Filial psixologi N. Umirzakova tomonidan “Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🗣 Ochiq dars davomida talabalar bilan milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, o‘zligini anglash, vatanparvarlik va ma’naviy barkamollik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etishdi, turli hayotiy misollar orqali qadriyatlarning bugungi k***agi ahamiyatini chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘lishdi.

✨ Milliy qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash – barchamizning muqaddas burchimizdir!

Address

111500, Toshkent Viloyati, Nurafshon Shahri, Yangiobod MFY, Yangiobod Ko‘chasi, 42/Uy
Toytepa
111500

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 08:00 - 18:00
Saturday 08:00 - 18:00

Telephone

+998559009772

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali:

Share