01/10/2026
✅ Akademiyada ulamolar tashrifi
✅ "Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi"ga islomiy ilmlar, xususan hanafiy fiqhi, usulul-fiqh, aqida va mantiq yo‘nalishlarida uzoq yillardan buyon dars berib kelayotgan, Al-Azhar ta’lim dargohida tahsil olgan taniqli misrlik olim - Shayx Hozim Kiloniy tashrif buyurdilar.
U zot bilan birga diniy ilmlar sohasida tahsil olgan va ilmiy-ma’rifiy faoliyat olib borayotgan ustoz Husayn Abdulmajid Buxoriy ham tashrif buyurdilar.
✨ Tashrif davomida ustozlar Akademiya talabalari bilan samimiy suhbat qurdilar. Xususan, o‘qilgan kitobni chuqur o‘zlashtirish muhimligini ta’kidlab, Abbos Mahmud Aqqodning quyidagi hikmatli so‘zini keltirdilar:
“Bir yaxshi kitobni uch marta o‘qishing - uchta yangi kitob o‘qishingdan ko‘ra yaxshiroqdir.”
📚 Bu orqali ustoz talabalarga yaxshi kitobni har qayta mutolaa qilganda, uni go‘yo ilk bor o‘qiyotgandek yangi ma’no va ma’lumotlarni kashf etishga intilish lozimligini nasihat qildilar.
Alloh taolo ustozlarimizning ilmlarini ziyoda qilib, qilayotgan xizmatlarini manfaatli va barakali aylasin! 🤲🏻
🖥 Akademiya haqida batafsil bio'da