Andijon davlat pedagogika instituti

Andijon davlat pedagogika instituti Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Andijon davlat pedagogika instituti, College & University, Taxtako'prik MFY, Do'stlik ko'chasi 4-uy, Andijan.

✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️ Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Telegram:t.me/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

12/04/2026

Tayyormisiz?

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “SPORT KUNI” DOIRASIDA REKTOR KUBOGI BAHSLARI BOSHLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida muhim tashabbus yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbusga ko‘ra, institutda har haftaning seshanba kuni “Sport kuni” etib belgilandi. Ushbu kun doirasida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sport madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qator sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga tantanali start berilmoqda. Ushbu bellashuvlar chinakam futbol muhitida, yuqori sportiy ruh va keskin kurashlar ostida o‘tishi kutilmoqda. Turnir davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, g‘alaba uchun murosasiz kurash olib boradilar.

🎯 Barcha futbol ixlosmandlarini hamda keng jamoatchilikni mazkur qiziqarli va shiddatli uchrashuvlarni tomosha qilishga chorlab qolamiz!

26/02/2026



Payshanba – Yoshlar kuni: ADPIda tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi

     Payshanba – Yoshlar kuni: ADPIda tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildiPayshanba – Yoshlar kuni munosaba...
26/02/2026



Payshanba – Yoshlar kuni: ADPIda tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon davlat pedagogika institutida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash maqsadida tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir institut rektori Baxtiyor Rasulov boshchiligida o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda 500 nafar talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Ertalabki mashg‘ulotlar maxsus sport murabbiylari ko‘magida olib borilib, ishtirokchilar uchun umumiy jismoniy rivojlantiruvchi mashqlar kompleksi bajarildi.

Tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari yoshlarning kunni yuqori kayfiyatda boshlashlari, jismoniy chiniqishlari va sog‘lom turmush tarziga amal qilishlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bunday tashabbuslar institutda sog‘lom raqobat, jamoaviylik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.

Andijon davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda.

11/04/2025
Andijon davlat pedagogika institutida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdiBugun, 10-fev...
11/02/2025

Andijon davlat pedagogika institutida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun, 10-fevral kuni, Andijon davlat pedagogika institutida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O. Muxtarov raisligida o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, talabalar davomatini yaxshilash, amaliyot jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda “4+2” ta’lim tizimini amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Prorektor O. Muxtarov yig‘ilish ishtirokchilariga institutdagi o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, talabalar davomatini nazorat qilish va amaliy ta’lim jarayonlarini sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, amaliyot mashg‘ulotlarining zamonaviy talablar asosida tashkil etilishi, ta’lim sifatini oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Andijon davlat pedagogika institutida “Bobur va uning avlodlari” mavzusida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdiAndijon ...
11/02/2025

Andijon davlat pedagogika institutida “Bobur va uning avlodlari” mavzusida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat pedagogika institutida Hindistonning Javoharlal Neru universiteti Til, adabiyot va madaniyatshunoslik maktabi Fors va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi raisi, professor Ahmad Axloq Xon institut talabalari bilan uchrashdi hamda “Bobur va uning avlodlari” mavzusida ilmiy-ma’rifiy suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida professor Ahmad Axloq Xon Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, uning Hindistonda amalga oshirgan islohotlari, Boburiylar sulolasi tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy meros haqida atroflicha ma’lumot berdi. U o‘z nutqida Bobur asarlari nafaqat o‘zbek adabiyoti balki, jahon adabiyoti va tarixiy fanlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shganini ta’kidladi.

Shuningdek, talabalarga Bobur va Boburiylar sulolasining Hindiston madaniy hayotiga ta’siri, ular tomonidan barpo etilgan yirik ilmiy va madaniy inshootlar, shuningdek, Boburiy hukmdorlarning san’at, arxitektura va fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Professor Hindistonda Boburiylar merosini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollari haqida ham fikr bildirdi.

Tadbir so‘ngida talabalar professor Ahmad Axloq Xonga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llab, Boburshunoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va manbalar yuzasidan muhim tavsiyalar oldilar.

Andijon davlat pedagogika institutida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konfe...
11/02/2025

Andijon davlat pedagogika institutida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat pedagogika institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy-ijodiy merosining olamshumul ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Mazkur konferensiyada xorijiy hamda mahalliy nufuzli ilmiy muassasalarning professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar va ijodkorlar ishtirok etdi.

Konferensiyada Hindistonning Javoharlal Neru universiteti, Qozog‘iston Respublikasi J. Tashenev nomli universiteti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, shuningdek, O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari qatnashdi. Xususan, tadbirda Javoharlal Neru universiteti Til, adabiyot va madaniyatshunoslik maktabi Fors va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi raisi Ahmad Axloq Xon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Turon” Xalqaro Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shahodat Isaxonova, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori Hulkarxon Hamroyeva, Yoshlar ishlari agentligidagi “1000 kitob” loyihasi muharriri Asror Allayorov, Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Muhammadxon Hakimov, Muhammadjon Mamajonov, Muxtorjon Omonov, shuningdek, Bobur nomli Xalqaro mukofot sohibasi, shoira Zamiraxon Ro‘ziyeva, Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

Konferensiyaning ochilish qismida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy va ijodiy merosi, uning jahon adabiyoti va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr bildirdilar. Tadbir davomida professor Ahmad Axloq Xon “Bobur merosining Hindistonda o‘rganilishi” mavzusida ma’ruza qildi. Konferensiya turli yo‘nalishlardagi ilmiy ma’ruzalar bilan davom etdi va Boburshunoslik sohasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida institut talabalari tomonidan Bobur ijodiga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Ushbu badiiy qismda Qirg‘iz tili va adabiyoti, Musiqa ta’limi va Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari talabalari ishtirok etib, Bobur she’riyatidan namunalar o‘qishdi hamda milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy va ilmiy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlodni buyuk mutafakkirlar ijodiga yanada yaqinlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Andijon davlat pedagogika institutida “Nazm va navo” kechasi o‘tkazildiAndijon davlat pedagogika institutida buyuk mutaf...
11/02/2025

Andijon davlat pedagogika institutida “Nazm va navo” kechasi o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida buyuk mutafakkirlar Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbir Andijon viloyati maqom ansambli xududiy bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilib, milliy adabiyotimizning ikki buyuk siymosi – Navoiy va Bobur ijodiga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, ularning o‘zbek va jahon adabiyotidagi o‘rni, ma’naviy merosining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Kecha davomida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘limi san’atkorlari tomonidan milliy hamda zamonaviy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashildi. Ijodiy kecha ishtirokchilarga buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy adabiy merosga yangicha nigoh bilan qarash, ularning asarlari mohiyatini yanada chuqur anglash imkonini yaratdi.

Andijon davlat pedagogika institutida talabalar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazild...
11/02/2025

Andijon davlat pedagogika institutida talabalar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

Bugun, 10-fevral kuni Andijon davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 17-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash, shuningdek institut talabalarini ilmiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B. Sirojidinov so‘zga chiqib, institutda talabalar ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan startap ilmiy loyihalar tanlovlari, "Bo‘lajak olim" tanlovi doirasida “Istiqbolli startap loyihalar” dasturining o‘tkazilish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Z. Mamatqodirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari haqida batafsil tushuntirish berildi. Xususan, mazkur stipendiyalarni qo‘lga kiritish uchun talab qilinadigan me’yoriy hujjatlar, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va ushbu mukofot egalari uchun yaratiladigan imtiyozlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Seminar davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Address

Taxtako'prik MFY, Do'stlik Ko'chasi 4-uy
Andijan

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00
Tuesday 08:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00
Saturday 08:00 - 17:00

Telephone

+998742240170

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Andijon davlat pedagogika instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Andijon davlat pedagogika instituti:

Share