Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universiteti 🎓 Buxorodagi Yangi va Ko'p tarmoqli Universitet
(1)

🏛 Osiyo Xalqaro Universitetining barcha binolari — bir postdaUniversitetimiz ikki filiali bo’yicha zamonaviy infratuzilm...
28/05/2026

🏛 Osiyo Xalqaro Universitetining barcha binolari — bir postda

Universitetimiz ikki filiali bo’yicha zamonaviy infratuzilmasi bilan talabalar uchun sifatli ta’lim muhitini shakllantirib kelmoqda.

📍 Buxoro filiali
Buxoro filialida hozirda 6 ta bino faoliyat yuritmoqda. Yaqinda foydalanishga topshirilgan 6-bino xorijiy talabalar uchun maxsus jihozlangan. 7-bino qurilishi esa hozirda davom etmoqda.

📍 Xorazm filiali
Xorazm filialida 3 ta zamonaviy bino talabalarga to’liq xizmat ko’rsatmoqda. Zamonaviy auditoriyalar va qulay o’quv muhiti bilan jihozlangan mazkur binolar talabalar ehtiyojlarini to’liq qondirish maqsadida yaratilgan.

📚 Osiyo Xalqaro Universiteti yil sayin kengayib, har bir talabaga sifatli ta’lim va keng imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.oxu.uz

☎️ Qo’shimcha ma’lumotlar uchun biz bilan bog’laning:
Buxoro filiali: +998553050009
Xorazm filiali: +998553100009

Qurbon Hayiti munosabati bilan Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovichning bayram tabrigi!“Hurmatl...
27/05/2026

Qurbon Hayiti munosabati bilan Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovichning bayram tabrigi!

“Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, aziz talabalar hamda ota-onalar!

Sizlarni muborak Qurbon Hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Qurbon Hayiti — mehr-oqibat, saxovat, birlik va ezgulik timsoli bo‘lib, ushbu qutlug‘ bayram qalblarimizga nur, xonadonlarimizga esa fayz-u baraka olib kiradi.

Bugungi k***a Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi birgalikdagi sa’y-harakatlar, fidokorona mehnat va ilmga bo‘lgan intilish orqali yangi marralar sari dadil odimlamoqda. Universitetimizning rivoji va yutuqlarida ustozlarimizning mehnati, talabalarimizning izlanishi hamda jamoamizning birdamligi muhim o‘rin tutmoqda.

Ishonamanki, ushbu muborak ayyom barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, ezgu niyatlar va ulkan muvaffaqiyatlar boshlanishiga sabab bo‘ladi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.”

🌙 Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!

🏛 Osiyo Xalqaro Universitetida ta’lim yo’nalishlari!🎓 Bakalavr: 35 ta yo’nalish — har bir talaba o’ziga mos mutaxassisli...
14/05/2026

🏛 Osiyo Xalqaro Universitetida ta’lim yo’nalishlari!

🎓 Bakalavr: 35 ta yo’nalish — har bir talaba o’ziga mos mutaxassislikni topadi
🎓 Magistratura: 14 ta yo’nalishda magistratura dasturi mavjud
🏥 Ordinatura: 25 ta klinik yo’nalishda mutaxassis shifokorlar tayyorlanadi
🎓 Doktorantura: 11ta Ilmiy tadqiqot va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash

Har bir bosqichda:
✅ Grant va stipendiya imkoniyati ✅ Xalqaro amaliyot
✅ Zamonaviy o’quv muhiti

O’zingizga mos yo’nalishni tanlang!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.oxu.uz

☎️ Qo’shimcha ma’lumotlar uchun biz bilan bog’laning:
Buxoro filiali: +998553050009
Xorazm filiali: +998553100009

Osiyo Xalqaro Universiteti da abituriyentlar va talabalar uchun 320 ta grant o‘rni ajratiladi!📆 2026–2027 o‘quv yili uch...
07/05/2026

Osiyo Xalqaro Universiteti da abituriyentlar va talabalar uchun 320 ta grant o‘rni ajratiladi!

📆 2026–2027 o‘quv yili uchun Osiyo Xalqaro Universiteti iqtidorli va faol yoshlar uchun 320 ta grant taqdim etadi.

Mazkur grant dasturlari:
🔹 yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish,
🔹 jamiyatda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirish,
🔹 har bir talabaning yashirin iqtidorini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
💡 Osiyo Xalqaro Universiteti — bilimli va salohiyatli yoshlar uchun zamonaviy ta’lim hamda rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etuvchi innovatsion oliy ta’lim muassasasi.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.oxu.uz

☎️ Qo’shimcha ma’lumotlar uchun biz bilan bog’laning:
Buxoro filiali: +998553050009
Xorazm filiali: +998553100009

📜 Amir Temur tavalludining 690 yilligi muborak bo‘lsin! ⚖️ Sohibqiron Amir Temur — yuksak davlat boshqaruvi, mustahkam i...
09/04/2026

📜 Amir Temur tavalludining 690 yilligi muborak bo‘lsin!

⚖️ Sohibqiron Amir Temur — yuksak davlat boshqaruvi, mustahkam intizom va adolat tamoyillarini qaror toptirgan buyuk tarixiy shaxsdir.

⚡️ Uning boy merosi va ibratli faoliyati bugungi k***a ham jamiyat taraqqiyoti va yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.

📚 Buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lib, ilm va taraqqiyot yo‘lida izchil harakat qilaylik!

🌐 www.oxu.uz

☎️ Biz bilan bog’lanish: +998553050009

Navro‘z bayrami munosabati bilan Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovichning bayram tabrigi!“ Hurm...
21/03/2026

Navro‘z bayrami munosabati bilan Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovichning bayram tabrigi!

“ Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va aziz talabalar!

Sizlarni kirib kelgan Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Navro‘z — yangilanish, poklanish va ezgulik ramzi bo‘lib, u yurtimizga fayz-u baraka, qalblarimizga esa quvonch va iliqlik olib kiradi.

O‘tib borayotgan davr Osiyo Xalqaro Universiteti uchun muhim yutuqlar, yangi tashabbuslar va izchil rivojlanish bosqichi bo‘ldi. Bu natijalarga erishishda jamoamizning fidokorona mehnati, talabalarimizning intilishi va umumiy birdamligimiz muhim o‘rin tutdi.

Navro‘z ayyomi barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, ulkan rejalar va yorqin marralar sari ilhom manbai bo‘lishiga ishonaman. Kelgusi kunlar sizlarga mustahkam sog‘lik, ilmiy va kasbiy muvaffaqiyatlar olib kelsin. Universitetimiz taraqqiyoti yo‘lida birgalikda yanada yuksak natijalarga erishamiz, degan umiddaman.

Barchangizga tinchlik, farovonlik va baxt-saodat tilayman.”

🌿 Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!

🌸 Navro‘z – ezgulik va yangilanish ayyomi!🌷 Bahorning iliq nafasi bilan qalblarimiz quvonchga to‘ladi, atrofimiz esa yan...
21/03/2026

🌸 Navro‘z – ezgulik va yangilanish ayyomi!

🌷 Bahorning iliq nafasi bilan qalblarimiz quvonchga to‘ladi, atrofimiz esa yangicha ranglar bilan bezanadi. Navro‘z – bu mehr, birlik va yangi boshlanishlar bayramidir!

Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi sizlarni ushbu go‘zal ayyom bilan samimiy muborakbod etadi. Yangi kunlar sizga ulkan orzular, yorqin imkoniyatlar va katta yutuqlar olib kelsin! Har bir qadamingiz muvaffaqiyat, har bir kuningiz ilhomga boy bo‘lsin!

✨ Qalblaringizda bahoriy kayfiyat, xonadonlaringizda fayz va baraka doimo bo‘lsin!

🥳 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

🎊 Gudi Padwa muborak — yangi yil, yangi boshlanish! Osiyo Xalqaro Universitetida tahsil olayotgan hind talabalarimiz bug...
19/03/2026

🎊 Gudi Padwa muborak — yangi yil, yangi boshlanish!

Osiyo Xalqaro Universitetida tahsil olayotgan hind talabalarimiz bugun Gudi Padwa — Maharashtralik hindlar uchun yangi yilning boshlanishini nishonlashmoqda.
Har xil millat, har xil madaniyat — ammo bir maqsad va bir universitet.
Hurmatli hind talabalarimizni Gudi Padwa bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!

🎊 Happy Gudi Padwa — New Year, New Beginnings!

Today, our Indian students at Asia International University are celebrating Gudi Padwa — the Hindu New Year cherished by the Maharashtrian and Goan communities.
Different nations, different cultures — one goal, one university.
We warmly congratulate our Indian students on this joyful celebration!

🎊 С праздником Гуди Падва — Новый год, новое начало!

Сегодня наши студенты из Индии в Азиатском Международном Университете отмечают Гуди Падва — Новый год, особо почитаемый общинами Махараштры и Гоа.
Разные народы, разные культуры — одна цель, один университет.
Сердечно поздравляем наших индийских студентов с этим радостным праздником!

🌐 www.oxu.uz

🥳 Aziz va muhtaram ayollar, bayramingiz muborak bo’lsin!💐 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Osiyo Xalq...
08/03/2026

🥳 Aziz va muhtaram ayollar, bayramingiz muborak bo’lsin!

💐 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi barcha aziz va muhtaram ayollarni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etadi.

🌷 Sizlar jamiyatimizning go‘zalligi, oilalarimizning tayanchi va kelajak avlod tarbiyasining muhim tayanchisiz. Sizning mehringiz, sabringiz va fidoyiligingiz tufayli kelajak avlod kamol topmoqda.

🌸 Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka hamda ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!

Osiyo Xalqaro Universiteti Rektorining murojaati!24-fevral kuni Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq ...
27/02/2026

Osiyo Xalqaro Universiteti Rektorining murojaati!

24-fevral kuni Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqadigan muhim qarorlar bo‘ldi. Unda yoshlar tadbirkorligi, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, IT va kasb-hunar ta’limini kengaytirish, volontyorlik va kitobxonlikni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.

Osiyo Xalqaro Universiteti ushbu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Universitetimizda startap loyihalar, yoshlar tadbirkorligi va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. O‘tgan o‘quv yilida bitiruvchilarning 95 foizi ish bilan ta’minlandi.

Kelgusida universitet klaster tizimi asosida rivojlanib, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi, umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda xalqaro standartlarga javob beradigan Osiyo Xalqaro ko‘p tarmoqli shifoxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli yoshlar! Sizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘ling. Universitetimiz sizlarni har doim qo‘llab-quvvatlaydi.

S.S. Dexkanov
Osiyo Xalqaro Universiteti Rektori


🏆 Osiyo Xalqaro Universiteti — xalqaro forum doirasidagi olimpiadada munosib natijalarni qo‘lga kiritdi!2026-yil 16–22-f...
24/02/2026

🏆 Osiyo Xalqaro Universiteti — xalqaro forum doirasidagi olimpiadada munosib natijalarni qo‘lga kiritdi!

2026-yil 16–22-fevral kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan “Международный форум студентов и молодых ученых «Морфология и хирургия»” xalqaro forumi doirasidagi olimpiadada Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

🩺 Yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar:

Akusherlik va ginekologiya (nazariy qism):
Berdiyorova Gulziyra – 2-o‘rin
Choriyev Akabur – 2-o‘rin

Perineorafiya (oraliq tikish):
Berdiyorova Gulziyra – 2-o‘rin
Teshayeva Sadoqat – 2-o‘rin
Baxshullayeva Madina – 2-o‘rin

Endoskopik jarrohlik (nazariy):
Xasanov Ilxom – 3-o‘rin
Abuov Aybek – 3-o‘rin
Xaydarov Umid – 3-o‘rin
Yuldosheva Zuxra – 3-o‘rin

Endoskopik jarrohlik (stimulyator – polipektomiya):
Bekmirzayev Abbos – 3-o‘rin
Shovlayev Suhayl – 3-o‘rin
Shomurodov Elbek – 3-o‘rin
Umumiy hisobda jamoa 12 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritildi.

🎓 Mazkur natijalar talabalarning puxta tayyorgarligi va ustozlarining samarali rahbarligi samarasidir.

Address

Https://goo. Gl/maps/c38Hj3krDxMEa3yq 8
Bukhara

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712050009

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Osiyo Xalqaro Universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Osiyo Xalqaro Universiteti:

Share