Buxoro davlat universiteti

Buxoro davlat universiteti Buxoro davlat universiteti - 1930-yilda tashkil topgan O‘zbekistonning qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri.

Hozirda 7 ta fakultet, 19062dan ortiq talaba tahsil oladi. BuxDU - bilimga intilayotgan har bir inson uchun eshiklar doimo ochiq. Universitet tarixi
Buxoroi sharifda oliy darajadagi o`quv yurtining tashkil topish tarixi Masjidi Jome (712-713), Forjaq (VIII asr), G’arbiya (1088-1677), Ulug’bek (1417), Mir Arab (1535), Abdulazizxon (1652), Nodir devonbegi, Ko`kaldosh singari madrasalar tarixi bilan

bog’liqdir. 1920-yilgacha Buxoroda 127 madrasa faoliyat ko`rsatgan. Bu madrasalarda Ismoil al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Narshaxiy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ismat Buxoriy, A.Donish, S.Ayniy, A.Fitrat singari buyuk buxoriylar qatorida SHarqning Ro`dakiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom, Maxtumquli, B.Kerboboev, Muqimiy singari fozil farzandlari ham tahsil olganlar.
• 1922-yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati qarori bilan Buxoro va Chorjo`yda xalq maorifi instituti ochildi. Bu – zamonaviy oliy o`quv yurti tashkil etish yo`lidagi dastlabki harakat edi. F.Xo`jayev va A.Fitrat shu institut negizida dorilfunun tashkil etish g’oyasi bilan chiqdilar, ammo BXJning tugatilishi bilan bu g’oya amalga oshmay qoldi. 1930-yilga kelib esa Buxoro pedagogika instituti ochildi. Dastlab uning kimyo-biologiya va tarix-ijtimoiyot singari ikki bo`limida 45 talaba tahsil olgan. 1935-yilda esa BuxDPI tarkibida 2 yillik o`qituvchilar instituti hamda 5 bo`lim faoliyat ko`rsatdi, keyinchalik bu bo`limlar fakultetlarga aylantirildi. Institutning oyoqqa turishida A.Fitrat, Miyonbuzruk Solihov, Muso Saidjonov, B.Cho`ponzoda, I.Kojin, F.Trudakov, P.Korolenko, N.Merkulovich, V.Abdullayev, G.Yusupov kabi olimlarning xizmatlari katta bo`ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida bir qator o`qituvchilar va 47 talaba ko`ngillilar qatorida urushga ketdi. Bu murakkab davrda talabalarni o`qishga ko`proq jalb etish maqsadida Qarshi, G’ijduvon va Shofirkonda filiallar ochildi. Hozirgi paytda mustaqil O`zbekistonning etakchi oliy o`quv yurtlari darjasiga ko`tarilgan Xorazm, Qarshi va Termiz davlat universitetlari ilk bor filial sifatida BuxPI tarkibida ish boshlagan edi.
• BuxDPI urushdan keyingi yillarda respublikaning etakchi ilm maskanlaridan biri sifatida shuhrat topdi: talabalar soni 1946–1960-yillarda 521 tadan 1575 taga, 1960–1980-yillarda 7531 taga etdi; oliygohda turli yillarda M.Mirzayev, SH.Balavadze, S.Aliyev, M.Abdullayev, V.Mo`minov, N.Jabborov, J.Namozov, H.Ne`matov, F.Qosimov, B.Ochilov, R.Vohidov, O.Safarov, A.Atoyev, O.Yoriyev, R.Rahmonov, K.Zaripov, S.Inoyatov, O.Roziqov kabi fan va maorif fidoyilari faoliyat ko`rsatdilar; fanning kimyo, fizika, geliotexnika, ixtiologiya, falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik singari yo`nalishlari rivoj topdi; 1989-yilda esa BuxDPI huzurida tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo`nalishlarida aspirantura ochildi. Institut respublikaning zamonaviy ilm-fan markazlaridan biriga aylanib, 1981-yilda orden bilan mukofotlandi. Tojikiston xalq shoirasi, Ro`dakiy nomidagi davlat mukofoti sohibasi G.Sulaymonova, xalq shoiri J.Kamol, xalq yozuvchisi N.Aminov, Belorussiya FA muxbir a`zosi A.Stolyar, O`zR FA A.Navoiy nomidagi TAI direktori, f.f.d. T.Mirzayev, jahon chempionlari S.Qurbonov va B.Xo`jayev kabilarning BuxPI talabasi bo`lganliklarini iftixor bilan qayd etish mumkin.
• Institut 1992-yilda universitetga aylantirildi.

• O`zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimоvning 1992-yil 28-fеvraldagi Farmоniga asоsan Buхоrо pеdagоgika institutiga Univеrsitеt maqоmi bеrilgach, imkоniyatlar yanada kеngaydi. Ayni paytda univеrsitеtda 8 ta fakultеt, 43 ta kafеdra va maхsus sirtqi bo`limi hamda malaka оshirish markazi faоliyat ko`rsatmоqda. Univеrsitеtda 36 ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavriat, 22 mutaхassislik bo`yicha magistratura, 23 mutaхassislik bo`yicha aspirantura va 4 ta yo`nalish bo`yicha dоktоrantura mavjud.
• Shu tariqa univеrsitеt ilmiy imkоniyatlari yil sayin to`lishib, mustahkamlanib bоrmоqda. Bu hоl univеrsitеt huzurida maхsus nashriyot va ilmiy jurnal tashkil etilishini taqоzо eta bоshladi. Shu hayotiy ehtiyojni ta’minlash maqsadida 2000-yilda univеrsitеtda maхsus nashriyot tashkil etildi. «BuхDU ilmiy aхbоrоti» jurnali nafaqat Buхоrо, balki Rеspublikamizning bоshqa оliy o`quv yurtlarida qizg`in ilmiy izlanishlar оlib bоrayotgan barcha tadqiqоtchilarga ham bеminnat хizmat qilib kеlmоqda. 1997-yildan biznеs maktabi, 1999-yildan esa gimnaziya maktabi univеrsitеt qaramоg`ida faоliyat ko`rsatib kеlmоqda.
• Rеspublikada birinchilardan bo`lib univеrsitеtda talabalar bilimini rеyting tizimi asоsida bahоlash to`la kоmpyutеrlashtirildi. 2000-yilda esa lоkal kоmpyutеr tizimi ishga tushirildi.
• Univеrsitеt mamlakatimiz Fanlar Akadеmiyasining qatоr ilmiy-tadqiqоt institutlari, O`zMU, SamDU, FarDU va vilоyatlardagi bоshqa yеtakchi оliy o`quv yurtlari bilan birga хоrijiy mamlakatlardagi yirik ilmiy maskanlar bilan hamkоrlikni yo`lga qo`ygan. Bu jihatdan Misr Arab Rеspublikasining Aynush-Shams va Al-Azhar univеrsitеtlari, shuningdеk, Saudiya Arabistоnning Ar-Riyо, Gеrmaniyaning Shtutgart, Fransiyaning Sоrbоniya III va V Buyuk Britaniyaning Rеdding, Rоssiyaning Nоvоsibirsk univеrsitеtlari bilan shartnоmalar tuzildi.
• Natijada shu o`quv yurtlari bilan talabalar ayirbоshlash, tajriba almashish an’anaga aylanib qоldi. 2004–2006-yillarda univеrsitеt bo`yicha 2 magistr Prеzidеnt stipеndiyasi sоhibi bo`ldi, 9 nafar talaba davlat, 44 talaba univеrsitеt, 32 nafar talaba esa bоshqa nоmlardagi stipеndiyalar sоvrindоri bo`lishdi.
•2004–2006-yillar davоmida univеrsitеt prоfеssоr-o`qituvchilari tоmоnidan 12 ta darslik va o`quv qo`llanma, 250 dan оrtiq usuliy ishlar e’lоn qilindi, 52 ta elеktrоn o`quv qo`llanma, 2004–2007-yillarda 210 dan оrtiq ma’ruza matnlarining elеktrоn vеrsiyasi yaratildi.
• Kеyingi uch yilda ilmiy tadqiqоt ishlarining natijasi yanada samarali bo`ldi. 2004–2006-yillarda 8 ta dоktоrlik, 28 ta nоmzоdlik dissеrtatsiyalari muvaffaqiyatli himоya qilindi.
• Univеrsitеt prоfеssоr-o`qituvchilari davlat grantlari, fundamеntal, amaliy va innоvatsiоn yo`nalishlarda tadqiqоtlar fоndi tanlоvida faоl qatnashib qatоr yutuqlarga erishmоqdalar.
• 2004–2006-yillarda 9 ta grant asоsida (36199000 so`m) ilmiy ishlar bajarildi.
• Univеrsitеt huzurida 4 ta akadеmik litsеy, gimnaziya, biznеs maktabi, 6 ta til o`rganish markazi, elеktrоn kutubхоna va aхbоrоt rеsurs markazi, tеst markazi faоliyat ko`rsatmоqda.
• Hоzirgi kunda univеrsitеtda 8778 talaba tahsil оladi. Bo`lajak mutaхassislarga 36 nafar fan dоktоri va prоfеssоrlar, 161 nafar fan nоmzоdi va dоtsеntlar fan asоslarini o`rgatib kеlmоqdalar.

ENERGIYA TEJAMKORLIK — BARQAROR KELAJAK SARI MUHIM QADAM!Energiya tejamkorlik — mavjud resurslardan oqilona foydalanish,...
12/08/2026

ENERGIYA TEJAMKORLIK — BARQAROR KELAJAK SARI MUHIM QADAM!

Energiya tejamkorlik — mavjud resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlarni kamaytirish, atrof-muhitni asrash hamda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish demakdir.
🏫 Ta’lim muassasalarida energiyadan samarali foydalanish uchun:
💡 LED lampalar va tabiiy yorug‘likdan keng foydalanish;
🌡 isitish va sovitish tizimlarini optimallashtirish;
☀️ qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish;
📊 energiya sarfini muntazam monitoring qilib borish;
♻️ talaba va xodimlar o‘rtasida energiya tejash madaniyatini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Bunday yondashuv elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini kamaytirish, kommunal xarajatlarni qisqartirish hamda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

🌍 Energiya — kelajak uchun qimmatli boylik!

Har birimizning kichik harakatimiz katta natija beradi. Bugun tejaylik — kelajakni asraylik!

ELEKTR ENERGIYASINI TEJAYLIK — KELAJAKNI ASRAYLIK!Energiya resurslaridan oqilona foydalanish — nafaqat iqtisodiy tejamko...
12/08/2026

ELEKTR ENERGIYASINI TEJAYLIK — KELAJAKNI ASRAYLIK!

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish — nafaqat iqtisodiy tejamkorlik, balki atrof-muhitni asrash va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.
💡 Keraksiz chiroqlarni o‘chiring.
🔌 Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzing.
☀️ Kunduz kuni tabiiy yorug‘likdan foydalaning.
❄️ Konditsionerni 24–26 °C haroratda ishlating.
💡 Energiya tejamkor LED lampalardan foydalaning.
🖥 Kompyuter va monitorlarni ish yakunida o‘chiring.
📺 Elektr jihozlarini kutish rejimida qoldirmang.

🌱 Unutmang: energiyani tejash har birimizning k***alik odatlarimizdan boshlanadi.
Har bir tejalgan kilovatt-soat — iqtisodiyotimizga foyda, tabiatimizga e’tibor va barqaror kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

♻️ Bugun tejasak — ertaga yutamiz!

11/08/2026

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston–Xitoy aloqalari yangi bosqichda

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik, xususan, Buxoro davlat universitetining Xitoyning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan amalga oshirayotgan istiqbolli loyihalari haqida.

BuxDUning Nankin audit universiteti, Hunan universiteti, Sian Jiaotong universiteti, Shanxay xalqaro ta’lim universiteti, Shinjon universiteti hamda Xitoyning ilmiy akademiyalari bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorligi akademik mobillik, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlardan tortib, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy agrotechnologiyalargacha bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.

Shuningdek, reportajda BuxDUda tashkil etilgan Xitoy tili va madaniyati markazi, yoshlar uchun yaratilayotgan grant va ta’lim imkoniyatlari hamda xalqaro HSK sertifikati imtihonlarini universitetda tashkil etish tashabbusi haqida so‘z yuritildi.

Mazkur hamkorlik tashabbuslari O‘zbekiston–Xitoy strategik sherikligini ta’lim va ilm-fan sohasida amaliy natijalar bilan boyitish, zamonaviy bilim va kompetensiyalarga ega raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

O'zbekiston24 telekanali

    BuxDU jamoasi uchun poytaxt bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Buxor...
10/08/2026



BuxDU jamoasi uchun poytaxt bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Buxoro davlat universitetining talaba, professor-o‘qituvchi va xodimlaridan iborat jamoasi uchun Toshkent shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, G‘alaba bog‘idagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, Vatan tarixining muhim va murakkab davrlariga oid noyob ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

https://buxdu.uz/yangiliklar/9008/9008-buxdu-jamoasi-uchun-poytaxt-boylab-manaviy-marifiy-sayohat-tashkil-etildi/

https://buxdu.uz/ru/novosti/9008/9008-dlya-kollektiva-buxgu-organizovana-duxovno-prosvetitelskaya-poezdka-po-stolitse/

https://buxdu.uz/en/news/9008/9008-bukhsu-organizes-educational-and-cultural-visit-to-tashkent-for-students-faculty-members-and-university-employees/

 📘Masofadan turib ta'lim olishni xohlaysizmi? BuxDU masofaviy ta'limini tanlang!✅Vaqtingizni tejagan holda jahonning TOP...
03/08/2026



📘Masofadan turib ta'lim olishni xohlaysizmi? BuxDU masofaviy ta'limini tanlang!

✅Vaqtingizni tejagan holda jahonning TOP-400 talik universitetlaridan birida tahsil oling!
Buxoro davlat universiteti masofaviy ta’lim yo‘nalishlariga qabul davom etayotganini e’lon qiladi.

🎓 BAKALAVRIAT:
🔹 Iqtisodiyot yo‘nalishlari: Iqtisodiyot, Moliya, Bank ishi, Buxgalteriya, Menejment, Marketing.
🔹 IT va Aniq fanlar: Dasturiy injiniring, Axborot tizimlari, Axborot xavfsizligi, Amaliy matematika.
🔹 Gumanitar soha: Yurisprudensiya, Psixologiya, Jurnalistika, Tarix, Falsafa, Madaniyatshunoslik.

📶Nega aynan masofaviy ta’lim?
✅ Ish joyingizdan ajralmagan holda o‘qish imkoniyati;
✅ Dunyoning istalgan nuqtasidan turib tahsil olish;
✅ THE reytingidagi TOP-400 nufuzi va xalqaro ACQUIN sertifikatiga ega diplom;
✅ Eng zamonaviy raqamli platformalar va elektron resurslar.

BuxDUni tanlash uchun my.edu.uz platformasiga o'ting!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 65 221 25 87
+998 65 221 26 85
+998 65 221 29 06
+998 65 221 30 46

🌱 Buxoro davlat universiteti — barqaror taraqqiyot va muvaffaqiyat sari ishonchli qadam!

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI YURISPRUDENSIYA FAKULTETINING XUSUSIY HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI MUDIRI LAVOZIMIGA OCHIQ TANLOV...
31/07/2026

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI YURISPRUDENSIYA FAKULTETINING XUSUSIY HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI MUDIRI LAVOZIMIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILADI

Buxoro davlat universiteti malakali, ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan pedagog hamda ilmiy xodimlarni Yurisprudensiya fakultetining Xususiy huquqiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimiga ochiq tanlov asosida ishga taklif etadi.

Tanlovning asosiy maqsadi – chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga ega, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini egallagan, ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qodir, jamoani samarali boshqara oladigan rahbar kadrlarni saralashdan iborat.

🔴 Talabgorlar diqqatiga!
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 31-iyuldan 15-avgustga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi.

🔴 Kafedra mudiri lavozimiga qo‘yiladigan talablar:
✔️ Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lishi (falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) va/yoki professor, dotsent);
✔️ Xorijiy tillarni bilish darajasi – kamida B2;
✔️ Rus tilini yaxshi bilishi;
✔️ Oliy ta’lim tizimida pedagogik va ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lishi;
✔️ Vatanparvarlik, mas’uliyat, fidoyilik va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
✔️ Liderlik qobiliyati, kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Nomzod tomonidan taqdim etiladigan taqdimotlar:
✔️ Xususiy huquqiy fanlar kafedrasini 2026/2027-o‘quv yilida rivojlantirish bo‘yicha ish rejasi taqdimoti;
✔️ Kafedraning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlantirish konsepsiyasi taqdimoti.

Yetakchi xorijiy reytinglarda TOP–500 talikka kiruvchi oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan hamda xalqaro ilmiy loyihalar, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy nashrlarda faol ishtirok etayotgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

🔗 Ariza topshirish: https://uniwork.buxdu.uz (https://uniwork.buxdu.uz/)/

Murojaat uchun: ☎️ +998 65 221-29-17 ☎️ +998 65 221-26-62
📱 Telegram:

Buxoro davlat universiteti – ilmiy salohiyatli, zamonaviy fikrlaydigan va tashabbuskor rahbar kadrlarni hamkorlikka chorlaydi!

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI YURISPRUDENSIYA FAKULTETINING OMMAVIY HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI MUDIRI LAVOZIMIGA OCHIQ TANLOV...
31/07/2026

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI YURISPRUDENSIYA FAKULTETINING OMMAVIY HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI MUDIRI LAVOZIMIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILADI

Buxoro davlat universiteti malakali, ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan pedagog hamda ilmiy xodimlarni Yurisprudensiya fakultetining Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimiga ochiq tanlov asosida ishga taklif etadi.

Tanlovning asosiy maqsadi – chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga ega, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini egallagan, ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qodir, jamoani samarali boshqara oladigan rahbar kadrlarni saralashdan iborat.

🔴 Talabgorlar diqqatiga!
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 31-iyuldan 15-avgustga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi.

🔴 Kafedra mudiri lavozimiga qo‘yiladigan talablar:
✔️ Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lishi (falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) va/yoki professor, dotsent);
✔️ Xorijiy tillarni bilish darajasi – kamida B2;
✔️ Rus tilini yaxshi bilishi;
✔️ Oliy ta’lim tizimida pedagogik va ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lishi;
✔️ Vatanparvarlik, mas’uliyat, fidoyilik va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
✔️ Liderlik qobiliyati, kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Nomzod tomonidan taqdim etiladigan taqdimotlar:
✔️ Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasini 2026/2027-o‘quv yilida rivojlantirish bo‘yicha ish rejasi taqdimoti;
✔️ Kafedraning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlantirish konsepsiyasi taqdimoti.

Yetakchi xorijiy reytinglarda TOP–500 talikka kiruvchi oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan hamda xalqaro ilmiy loyihalar, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy nashrlarda faol ishtirok etayotgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

🔗 Ariza topshirish: https://uniwork.buxdu.uz/

Murojaat uchun:
☎️ +998 65 221-29-17
☎️ +998 65 221-26-62

📱 Telegram:

Buxoro davlat universiteti – ilmiy salohiyatli, zamonaviy fikrlaydigan va tashabbuskor rahbar kadrlarni hamkorlikka chorlaydi!

Malakali, ilmiy daraja va/yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan pedagog kadrlar uchun Buxoro davlat universitetida vakant ish o...
31/07/2026

Malakali, ilmiy daraja va/yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan pedagog kadrlar uchun Buxoro davlat universitetida vakant ish o‘rinlariga ochiq tanlov e’lon qilinadi!

Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.

Talabgorlar diqqatiga!

👉 Pedagog kadrlar lavozimlariga tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 31-iyuldan 15-avgustgacha (shu kun ham qabul qilinadi) qadar davom etadi.

Yetakchi xorijiy reytinglarda 1000 talikda turuvchi xorijiy OTMlarni o‘qib tugatgan talabgorlarga tanlovda ustuvorlik beriladi, tanlovning faqat suhbat bosqichida qatnashadi va faoliyatda keng imkoniyatlar beriladi.

👉 Bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish: (https://buxdu.uz/116-vakansiya/8995/8995-buxoro-davlat-universiteti-pedagog-kadrlari-lavozimlariga-vakant-ish-orinlari-boyicha-tanlov-elon-qilinadi/)

☑️ Lavozim vazifalar bilan tanishish: https://hr.bukhsu.uz/vacancy/

☑️ Ariza topshirish: https://uniwork.buxdu.uz/ (https://uniwork.buxdu.uz/)

✔️ Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (bakalavr va magistr diplomi), xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan nomzod bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, ilmiy daraja va ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi diplom (mavjud bo‘lsa);
✔️ Rezyume (ma’lumotnoma-obyektivka)
✔️ Xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa qabul jarayonida ustuvorlik beriladi)
✔️ Chet tili kafedralari uchun C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat talab etiladi.

🌍 Study at Bukhara State University!🎓 Applications for the 2026–2027 Academic Year are now open.Join one of Uzbekistan's...
18/07/2026

🌍 Study at Bukhara State University!
🎓 Applications for the 2026–2027 Academic Year are now open.
Join one of Uzbekistan's leading universities and choose from internationally recognized Bachelor's, Master's, and PhD programs in a modern and welcoming academic environment.
📍 Apply now through the Study in Uzbekistan platform by scanning the QR code.
We look forward to welcoming you to Bukhara, Uzbekistan!

🌍 Поступайте в Бухарский государственный университет!
🎓 Открыт приём на 2026–2027 учебный год.
Выберите одну из программ бакалавриата, магистратуры или докторантуры (PhD) и получите качественное образование в одном из ведущих университетов Узбекистана.
📍 Подайте заявку через платформу Study in Uzbekistan, отсканировав QR-код.
Добро пожаловать в Бухару, Узбекистан!

08/07/2026



📘 Bugun tanlagan yo‘nalishingiz — ertangi muvaffaqiyatingiz kaliti!

🌿 Buxoro davlat universiteti sizni “Ekologiya, geografiya va tibbiyot asoslari” kafedrasining zamonaviy va istiqbolli ta’lim yo‘nalishlariga taklif etadi!

🎓 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
🔺 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
🔺 Geografiya
🔺 Inson resurslarini boshqarish

⏳ Ta’lim shakllari: kunduzgi va kechki
📚 O‘qish muddati: 4 yil (kunduzgi), 4,5 yil (kechki)

🧑‍🎓 Ushbu yo‘nalishlarda siz:
🌍 Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik monitoringni;
🗺 Geografik tadqiqotlar, kartografiya va hududiy tahlilni;
🌦 Iqlimshunoslik, meteorologiya va tabiiy resurslarni boshqarishni;
👥 Inson resurslarini samarali boshqarish va mehnat munosabatlarini tashkil etishni o‘rganasiz.

📐 Imtihon fanlari:
🔺 Kimyo
🔺 Biologiya
🔺 Geografiya
🔺 Matematika

🎓 Magistratura mutaxassisliklari:
🔺 Ekologiya
🔺 Geografiya

⏳ O‘qish muddati: 2 yil (kunduzgi)

👜 Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:
🔺 Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida pedagog
🔺 O‘zgidromet tizimida sinoptik, meteorolog va iqlimshunos mutaxassis
🔺 Atmosfera, suv resurslari va iqlim monitoringi bo‘yicha ekspert
🔺 Kadastr agentligi tizimida mutaxassis
🔺 Geodeziya, kartografiya va yer tuzish tashkilotlarida muhandis
🔺 Hududlarni rejalashtirish va yer monitoringi bo‘yicha ekspert
🔺 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida mutaxassis
🔺 Davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar va biosfera rezervatlarida ekolog va ilmiy xodim
🔺 O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida ekologik nazorat mutaxassisi
🔺 Tashkilot va korxonalarda inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassis

📝 Kelajagingizni bugundan boshlang — Buxoro davlat universitetini tanlang!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 65 221 25 87
+998 65 221 26 85
+998 65 221 29 06
+998 65 221 30 46

Address

Muhammad Iqbol Ko`chasi 11 Uy
Buxoro
100011

Telephone

+998652212914

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Buxoro davlat universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Buxoro davlat universiteti:

Shortcuts

Share