Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti DTPI Facebook sahifasi

2026-2027 o‘quv yili boshlandi 🏛 Bugun–7-sentabr. Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Denov...
07/09/2026

2026-2027 o‘quv yili boshlandi

🏛 Bugun–7-sentabr. Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham yangi o‘quv yili boshlandi.

❇️ Institutiga 1-kursga qabul qilingan 1851 nafar yigit-qizlar ertalabdan tantali ravishda kutib olindilar. Institutimizning 3 ta manzilida ham yangi o‘quv yilining boshlanishiga oid tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🔰 Ayni kunlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 4 ta fakultet va 16 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. 329 nafar Professor-o‘qituvchilar talabalarga puxta bilim berishga shay.

📌 Bugungi k***a institutimizda mavjud 3 ta o‘quv binosi, 114 ta o‘quv auditoriyasi, jumladan, 23 ta ma’ruza xonasi, 66 ta amaliy mashg‘ulotlar, 18 ta seminar, 12 ta laboratoriya, 5 ta sport zali va stadionlar zamonaviy talablarga mos ravishda ta’mirlanib, to‘liq tayyor holatga keltirilgan.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

Denov TPI talabalari NovosibirskdaMa’lumki, Rus tili va adabiyoti kafedrasi tasarrufida Rossiya Federatsiyasi Novosibirs...
03/09/2026

Denov TPI talabalari Novosibirskda

Ma’lumki, Rus tili va adabiyoti kafedrasi tasarrufida Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlikda tuzilgan rus tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlash ikki diplom loyihasi asosida tuzilgan 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi faoliyat yuritmoqda.


Ushbu dasturning 10 nafar 2-bosqich talabalari OTMlararo shartnomaga asosan Novosibirsk shahrida o‘qishning ikkinchi yilini borib, davom ettirish uchun jo‘nab ketishgandi.

Ularga Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektori U.X.Bo’tayev hamda Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri J.G’.Choriyevlar hamrohlik qilishmoqda.

Istitutimiz talabalari Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk davlat universiteti Gumanitar fanlar institutida o‘qishlarini boshlashdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

🇺🇿 BAYRAMGA QO‘SHALOQ BAYRAM!O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Tashabbusli budjet” ...
31/08/2026

🇺🇿 BAYRAMGA QO‘SHALOQ BAYRAM!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Tashabbusli budjet” loyihasida erishilgan bugungi g‘alaba Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi uchun katta quvonchli voqea bo‘ldi.

Mazkur natijaga erishishda faol ishtirok etgan institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari, shuningdek, tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘z ovozlarini bergan ularning oila a’zolari, yaqinlari hamda barcha fuqarolarga samimiy minnatdorlik bildiraman.

🤝 Sizlarning birdamligingiz, tashabbusga bo‘lgan ishonchingiz va faol qo‘llab-quvvatlashingiz ushbu yutuqqa erishishda muhim omil bo‘ldi.

🏆 Ushbu g‘alaba — institut jamoasi va tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlagan barcha fuqarolarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Mustaqillik bayramini o‘z yaqinlaringiz davrasida ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashingizni tilayman.

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🏆 G‘alabamiz muborak!
Hurmat bilan,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori
O.A. Ruziyev

Rasmiy sahifalarimiz: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

🇺🇿 Mustaqilligimiz — buyuk qadriyatimiz!Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustozlar, talabalar va hamkorlar!Sizlarni xalqimiz uc...
31/08/2026

🇺🇿 Mustaqilligimiz — buyuk qadriyatimiz!

Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustozlar, talabalar va hamkorlar!
Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning ozod va erkin hayotini, milliy qadriyatlarimiz va buyuk kelajagimizni belgilab bergan bebaho ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida yurtimiz taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lidan dadil odimlab, barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishdi.

Bugun biz — ta’lim fidoyilari zimmasidagi eng muhim vazifa — yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berib, Vatanimiz ravnaqi uchun munosib, bilimli va fidoyi avlodni voyaga yetkazishdir.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Oybek Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

Mustaqilligimizning 35 yilligiga 35 g‘oyaTalabalarimiz Malayziyaning nufuzli universitetida akademik mobillik dasturida ...
22/08/2026

Mustaqilligimizning 35 yilligiga 35 g‘oya

Talabalarimiz Malayziyaning nufuzli universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etadi!

🌏 Yangi o‘quv yilidan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari Malayziyaning Universiti Utara Malaysia (UUM) universitetida akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📚 Mazkur dastur talabalarga:
• xalqaro ta’lim muhitida bilim olish;
• xorijiy professor-o‘qituvchilardan ta’lim olish;
• ingliz tilidagi akademik va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• Malayziya ta’lim tizimi va madaniyati bilan yaqindan tanishish;
• xalqaro tajriba va yangi akademik aloqalar orttirish imkonini beradi.

🤝 Ushbu g'oya institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ularni global ta’lim maydoniga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi — Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bayram shukuhi!Denov tadbirkorlik va pe...
12/08/2026

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi — Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bayram shukuhi!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇Telegram|Facebook|Website|Youtube
03/08/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

Bugun Pedagogika fakulteti bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.Pedagogika fakultetida bugungi k***a ...
23/07/2026

Bugun Pedagogika fakulteti bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Pedagogika fakultetida bugungi k***a jami 2 174 nafar talabalar tahsil olmoqda. Shundan 594 nafari bitiruvchi talabalar bo’lib, ularning 12 nafari imtiyozli diplom bilan yakunladi.

Pedagogika fakultetining jami 594 nafar bitiruvchi talabalarning 471 nafari ish bilan ta’minlangan.

Address

O`zbekiston
Denov
190505

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 14:00

Telephone

+998956507757

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti:

Shortcuts

Share