Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Call Directions Website Contact the university

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Oliy ta'lim

18/09/2026



Kimdir imkoniyat kutadi, FJSTI esa undan foydalanadi: ikki shifoxona oliygohimiz tasarrufiga o’tkazildi.

➕“Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi hamda Bolalar stomatologiya shifoxonasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tasarrufiga o‘tkazildi.

📚Mazkur o‘zgarish institutda ta’lim olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash, klinik ko‘nikmalarni rivojlantirish va zamonaviy stomatologiya amaliyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

🟣Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi mavjud klinik imkoniyatlari, zamonaviy tibbiy jihozlari va malakali mutaxassislari bilan talabalar uchun muhim amaliyot bazasiga aylanadi.

Endilikda FJSTI talabalari shifoxonalarda turli klinik holatlarni kuzatish, bemorlar bilan ishlash jarayonlarini o‘rganish, tashxislash va davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

✔️Ayniqsa, Bolalar stomatologiya shifoxonasining institut tasarrufiga o‘tkazilishi kelajakdagi mutaxassislarning bolalar stomatologiyasi bo‘yicha amaliy tajribasini kengaytirishga xizmat qiladi.

©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️

10/09/2026

SO‘XDA SALOMATLIKKA E’TIBOR: 50 NAFARDAN ORTIQ MUTAXASSIS AHOLIGA BEPUL TIBBIY XIZMAT KO‘RSATMOQDA.

🎓Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mutaxassislari So‘x tumanida aholi salomatligini chuqur o‘rganishga qaratilgan keng ko‘lamli bepul tibbiy ko‘riklarni olib bormoqda.

➕Tibbiy ko‘riklarda institutning 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassislari ishtirok etib, aholiga 10 dan ortiq tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rik va maslahatlar tashkil etilmoqda.

🔎Tibbiyotda kasallikni davolashdan ko‘ra, uni erta aniqlash va oldini olish muhim. Shu jihatdan ko‘riklar davomida fuqarolarning sog‘lig‘i kompleks baholanib, mavjud shikoyatlar va kasallik xavf omillari o‘rganilmoqda. Zarur holatlarda bemorlarga qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tish, mutaxassisga murojaat qilish va davolanish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

➕Mutaxassislarning hududlarga chiqib, aholining o‘z yashash joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi profilaktik tibbiyot tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va aholining tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

🤝FJSTI mutaxassislari uchun bu kabi ko‘riklar nafaqat aholiga amaliy tibbiy yordam ko‘rsatish, balki tibbiyotning eng muhim vazifalaridan biri — inson salomatligini asrash va kasallikning oldini olish yo‘lidagi muhim amaliy faoliyatdir.

📍So‘x tumanidagi tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.

©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️

09/09/2026




FJSTI TALABALARI O’Z HIKOYALARINI BOSHLAMOQDA!

❤️Bugun Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 1-bosqich talabalari o‘zlarining katta hikoyalarini boshlamoqda. Ularning qalbida katta orzular, ulkan maqsadlar va kelajak sari dadil qadamlar bor!

👨‍🎓Ular bugun — talaba.
Ertaga esa — inson salomatligi yo‘lida xizmat qiladigan malakali mutaxassislar!

©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️

 Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar, professor-o‘qituvchilar va talabalar!🇺🇿Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Musta...
31/08/2026



Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar, professor-o‘qituvchilar va talabalar!

🇺🇿Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — bu, avvalo, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lidan dadil borish imkoniyatidir. Bugun yurtimizning barcha jabhalarida, xususan, ta’lim va tibbiyot sohalarida erishilayotgan ulkan natijalar zamirida ana shu istiqlolning beqiyos imkoniyatlari mujassam.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tibbiyot ta’limi tizimi izchil rivojlanib, zamonaviy bilim va innovatsiyalar uchun keng yo‘l ochildi. O’tgan yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar ham istiqlol bergan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

2020-yilda institutimizda 2 ta fakultet, 19 ta kafedra va 3 ta bakalavriat yo‘nalishida qariyb 2 ming nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, bugungi k***a 5 ta fakultet, 29 ta kafedra, 9 ta bakalavriat, 11 ta magistratura va 37 ta ordinatura mutaxassisligi bo‘yicha 6 815 nafardan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda.

Mustaqillik tufayli ilm-fanga berilayotgan e’tibor natijasida institutimizning ilmiy salohiyati ham yildan-yilga yuksalmoqda. 2020-yilda ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilarimiz 32 nafar bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu ko‘rsatkich 114 nafarga yetdi. So‘nggi besh yil davomida 15 ta DSc va 100 ga yaqin PhD ilmiy himoyalari amalga oshirildi.

Istiqlol bizga nafaqat bilim olish, balki dunyo ilm-fani bilan tengma-teng hamkorlik qilish imkonini ham berdi. Bugun institutimiz xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallab, xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda. AQShning USMLE dasturi asosida 3 ming nafarga yaqin talaba tahsil olayotgani, xorijiy talabalar safining kengayib borayotgani — institutimizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganining yorqin dalilidir.

So‘nggi yillarda institutimizda ikki zamonaviy kampusi, ko’p tarmoqli klinikasi barpo etilib, yangi o‘quv binolari, simulyatsion markazlar, ilmiy laboratoriyalar, sport majmualari, anjuman zallari va boshqa zamonaviy infratuzilmalar foydalanishga topshirildi. Bu bunyodkorliklarning barchasi — mustaqil O‘zbekistonning ta’lim va yoshlar kelajagiga qaratayotgan yuksak e’tiborining natijasidir.

Bugun institutimizda tahsil olayotgan yoshlar xalqaro va respublika fan olimpiadalarida, nufuzli tanlovlarda, ilmiy loyihalarda munosib natijalarga erishmoqda. Demak, bizning eng katta yutug‘imiz — bilimli, vatanparvar va kelajakka ishonch bilan intilayotgan yoshlarimizdir.

Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿35 yil — bu tariximizning sharafli bir davri, yurtimiz taraqqiyotining muhim bosqichidir. Ushbu qutlug‘ sana barchamizni Vatanimizga bo‘lgan mehrimizni yanada mustahkamlashga, uning ravnaqi va farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilishga chorlaydi.

Fursatdan foydalanib, institutimizning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalarini va ularning yaqinlarini ulug‘ bayram bilan muborakbod etaman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon va Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Akmal SIDIKOV
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, professor.

©FJSTI Matbuot xizmati:

 Mustaqillik e’tirofi: fidoyi ustozlarimiz yuksak mukofot bilan taqdirlandi.🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining ...
28/08/2026



Mustaqillik e’tirofi: fidoyi ustozlarimiz yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining mehnati va ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari munosib e’tirof etildi.

Institutimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

🎖Taqdirlanganlar:

✅Fattahov Nusratullo Hamidullayevich — Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;

✅Mamadaliyev Ne’mat Qahhorovich — Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent;

✅Turdiyev Shavkat Ma’mirovich — Magistratura va klinik ordinatura bo‘limi boshlig‘i;

✅Ahmadaliyev Shoxruh Shuhratovich — Pediatriya 2 kafedrasi mudiri, PhD, dotsent.

✅Ushbu yuksak e’tirof professor-o‘qituvchilarimizning ta’lim, ilm-fan va tibbiyot sohasidagi samarali mehnatiga berilgan munosib bahodir.

Taqdirlangan ustozlarimizni ushbu sharafli e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

©FJSTI Matbuot xizmati:

18/08/2026

Ko‘p tarmoqli klinikamiz — talabamiz nigohida!

🎓Bugun siz bilan klinikamiz bo‘ylab sayohat qilamiz. Ayni paytda bu yerda ko‘plab talabalarimiz amaliyot o‘tab, nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan mustahkamlashmoqda.

🔂Klinikamizdagi zamonaviy sharoitlar, bo‘limlar va amaliyot jarayoni bilan sizni talabamiz Abdujalil Olimov tanishtiradi.

Marhamat, ko‘p tarmoqli klinikamiz bo‘ylab birgalikda sayohat qilamiz!

©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️

17/08/2026




🎓Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

✔️Mazkur qabul jarayonlarida jami 197 nafar talabgor ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Ular o‘zlari tamomlagan mutaxassisliklariga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olish uchun belgilangan grafik asosida suhbat jarayonlarida qatnashmoqda.

🟣Bugun institutda navbatdagi suhbatlar tashkil etilib, talabgorlarning kasbiy bilimlari, nazariy tayyorgarligi, sohaga oid bilim va ko‘nikmalari, mustaqil fikrlashi hamda tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha salohiyati baholandi.

✍️Suhbat jarayonlarini o‘tkazish uchun maxsus komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Komissiya a’zolari tomonidan har bir talabgorning bilim va salohiyati belgilangan mezonlar asosida xolis va adolatli baholab borilmoqda.

🟢Jarayonlarda barcha talabgorlar uchun teng sharoit yaratish, suhbatlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔎Shu maqsadda suhbat jarayonlarini bevosita kuzatib borish imkonini beruvchi maxsus ekranlar orqali onlayn translyatsiya ham tashkil etilgan. Bu esa qabul jarayonining ochiqligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

📹Videolavhada institutda bugun bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonlaridan lavhalar, talabgorlarning ishtiroki hamda komissiya a’zolarining faoliyati aks etgan.

❗️Muhimi, ushbu qabul tartibi orqali suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka tavsiya etilgan texnikum bitiruvchilari o‘z mutaxassisliklariga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni 2-bosqichdan davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu esa texnikumda egallangan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oliy ta’lim bosqichida yanada chuqurlashtirish, mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorgarlikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyatdir.

⌛Suhbat jarayonlari ertaga ham davom etadi. Jami 197 nafar talabgor belgilangan grafik asosida suhbatlardan o‘tib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etadi.

©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️

FARG‘ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTIDA BITIRUVCHILARNING TANTANALI DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.✅Fa...
26/06/2026

FARG‘ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTIDA BITIRUVCHILARNING TANTANALI DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.

✅Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan tantanali diplom topshirish marosimi Farg‘ona shahridagi “Eco shahar” majmuasida yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tibbiyot tizimini rivojlantirish bo‘linmasi loyiha koordinatori Shohrux Shoturg‘unovich Shorahmedov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, Farg‘ona shahar prokurori, viloyatdagi hamkor tashkilotlar vakillari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, keng jamoatchilik hamda institut jamoasi ishtirok etdi.

🔴Tadbir avvalida so‘zga chiqqan mehmonlar mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, malakali va zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqich – oliy ta’limni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan samimiy tabrikladilar. Ular yosh shifokorlarga kelgusidagi faoliyatlarida xalq salomatligini asrash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish, kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish va Vatanga sadoqat bilan mehnat qilish tilaklarini bildirdilar.

Marosimning eng hayajonli lahzalaridan biri bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirish jarayoni bo‘ldi. Bitiruvchilar o‘z ustozlari va ota-onalari bag‘rida quvonchli onlarni boshdan kechirdilar.

🔴Joriy yilda institutning 4 ta fakulteti bakalavriat bosqichini jami 568 nafar, magistratura bosqichini esa 28 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Endilikda ular yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat olib boradigan malakali mutaxassislar safini to‘ldiradilar.

✅Tadbir yakunida taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar hamda bayramona dastur bitiruvchilar va mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Bitiruv marosimi yosh mutaxassislarning kelgusi faoliyatiga ulkan ishonch, ezgu tilaklar va unutilmas taassurotlar bilan yakunlandi.

©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️

17/05/2026

🧠Siz va yaqinlaringiz sog’ligi uchun ajoyib imkoniyat!

Sizda tajribali va xalqaro nevrolog ko‘rigidan bepul o‘tish imkoniyati bor!

➕Hindistonlik tajribali mutaxassis, tashrif buyuruvchi konsultant-nevrolog Doktor Manish Mahajan tomonidan bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda.

📌Quyidagi kasalliklar bo‘yicha maslahat va ko‘rik:
✔️Bosh og‘rig‘i va migren;
✔️Insult asoratlari;
✔️Epilepsiya;
✔️Uyqusizlik;
✔️Xotira pasayishi;
✔️Parkinson kasalligi;
✔️Bel, bo‘yin va asab og‘riqlari;
✔️Barcha nevrologik kasalliklar.

🗓Qabul kuni: 19,20,21-may
📍Manzil: Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko’p tarmoqli klinikasi. Sobiq tekstil shifoxonasi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞+998905331771
📞+998902732301

©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️

Address

Fergana
150102

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00
Tuesday 08:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00
Saturday 08:00 - 14:00

Telephone

+998732430662

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti:

Shortcuts

Share