Muxsin Tadjiyevich Xodjiyev

Muxsin Tadjiyevich Xodjiyev Guliston davlat universiteti rektori

"Bitiruvchi – 2026": ilm chirog'i yana bir avlodni hayotga yo'lladi!2026-yil 10-iyul kuni Guliston davlat universitetida...
10/07/2026

"Bitiruvchi – 2026": ilm chirog'i yana bir avlodni hayotga yo'lladi!

2026-yil 10-iyul kuni Guliston davlat universitetida yuksak ruh va g'urur bilan “Bitiruvchi – 2026” tantanasi bo'lib o'tdi.

Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev samimiy kirish so'zi bilan ochib, bitiruvchilarni oliy ta'lim sarhadini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan qutlab, ularga hayotiy yo'llarida omad va yutuqlar tiladi.

Tantanada Sirdaryo viloyati hokimining o'rinbosari O.Mavlonberdiyev, universitet professorlari H.Qarshiboyev va R.Mahmudovlar so'zga chiqishib, yoshlarning bilim va salohiyatiga yuksak baho berib, ularni Vatan ravnaqi yo'lida fidoyilik bilan xizmat qilishga chorladilar. Shuningdek, talabalarning ilmiy izlanishlari va mustaqil tafakkurini rivojlantirishda universitet jamoasining rolini ta'kidlab, bitiruvchilarga ota-onalarcha mehr bilan nasihatlar qilishdi.

Imtiyozli diplom sohibi bo'lgan talabalarning ota-onalari farzandlarining matonati va tirishqoqligi, shuningdek ularni shu kunga yetkazgan ustozlarga minnatdorchilik bildirishdi.

Tadbirning eng kutilgan lahzasida — 2025/2026-o'quv yilida bakalavriat va magistratura ta'lim bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan yigit-qizlarimizga diplomlar topshirildi.

Guliston davlat universiteti yana bir barkamol avlodni hayotga – katta orzular, buyuk rejalar va yorqin kelajak sari kuzatdi!

Qabul 2026: Kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi     Bugun-06.07.2026-yil sanasida Guliston davlat universitetida ...
06/07/2026

Qabul 2026: Kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi

Bugun-06.07.2026-yil sanasida Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi.

Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun universitet hududida maxsus kuzatuv xonalari tashkil etilgan boʻlib, jarayonni shaffof oʻtayotganini kuzatib borishlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.

Guliston davlat universitetida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” yurish marafoni davom etmoqdaChorshanba — sport va salo...
13/05/2026

Guliston davlat universitetida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” yurish marafoni davom etmoqda

Chorshanba — sport va salomatlik kuni!
Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida haftaning har chorshanba kuni “Sport kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, 2026-yil 13-may kuni Guliston davlat universitetida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida navbatdagi tonggi yurish marafoni tashkil etildi.

Erta tongdan boshlangan tadbirda universitet jamoasi vakillari ochiq havoda faol harakat qilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda kunni yuqori kayfiyat bilan boshlash imkoniga ega bo‘lishdi.

Ishtirokchilar belgilangan masofa bo‘ylab 5000 qadam bosib o‘tib, badanlarini chiniqtirishdi. Shuningdek, universitet sport targ‘ibotchisi va murabbiylari boshchiligida sog‘lomlashtiruvchi badantarbiya mashqlari bajarildi. Tadbirning keyingi qismida futbol hamda stol tennisi bo‘yicha sport o‘yinlari tashkil etilib, jamoa a’zolari o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi.

Barchani sog‘lom hayot sari faol qadam tashlashga chorlaymiz!

Gulistonda akademik Said Shermuhammedov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turniri o‘tkazildi2026-yil 12-may kuni Sirdaryo...
13/05/2026

Gulistonda akademik Said Shermuhammedov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turniri o‘tkazildi

2026-yil 12-may kuni Sirdaryo viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi hamda Guliston davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan falsafa fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, uzoq yillar Xalq ta’limi vaziri sifatida samarali faoliyat yuritgan Said Shermuhammedov tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlangan shaxmat bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi.

Mazkur turnirda faxriy professor-o‘qituvchilar, nuroniylar, ustozlar, ijodkorlar hamda yozuvchilar faol ishtirok etdilar. Musobaqa davomida qatnashchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va sport mahoratini namoyon etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra 1-o‘rin — Alisher Nizomov, 2-o‘rin — Abduqayum Qalandarov va 3-o‘rin — Munavvar Pardayevga nasib etdi.

G‘oliblar va faol ishtirokchilar viloyat “Nuroniy” jamg‘armasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

SOG‘LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM!Guliston davlat universitetida "Chorshanba-sport kuni!" deb e'lon qilingan. Mazkur kun do...
29/04/2026

SOG‘LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM!
Guliston davlat universitetida "Chorshanba-sport kuni!" deb e'lon qilingan. Mazkur kun doirasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va universitet jamoasini ommaviy sportga jalb etish maqsadida 29-aprel kuni erta tongda professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida piyoda yurish marafoni, shuningdek "Badantarbiya" mashqlari o‘tkazildi.

Nega aynan 5000 qadam?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik global muammoga aylanib bormoqda. Uning oldini olishning eng samarali yo‘li – faol harakat va sog‘lom ovqatlanish! Har kuni kamida 5000-10000 qadam yurish yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga, immunitetni mustahkamlashga va umumiy hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Marafon ishtirokchilari nafaqat sport bilan shug‘ullanishdi, balki sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar va stressni boshqarish bo‘yicha muhim tavsiyalar olishdi. Tadbirning ijobiy natijalari inobatga olinib, endilikda universitetda haftaning har chorshanba kuni “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” kuni etib belgilandi!

Sog‘lom tanada – sog‘lom tafakkur!
Universitet jamoasini muntazam harakat qilish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga chorlaymiz!

Xorijiy talabalar bilan ochiq muloqot: muammolar va takliflar yechim topmoqda2026-yil 16-aprel kuni “Payshanba – yoshlar...
16/04/2026

Xorijiy talabalar bilan ochiq muloqot: muammolar va takliflar yechim topmoqda
2026-yil 16-aprel kuni “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiev xorijiy talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
“Rektor va xorijiy talabalar uchrashuvi” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan qo‘shni davlat fuqarolari bilan bir qatorda Tibbiyot fakultetida o‘qiyotgan Hindistonlik talabalar ham faol ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida rektor tomonidan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati hamda k***alik hayotga oid masalalar muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va takliflarini bevosita rahbariyatga yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida xorijiy talabalar ularga yaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun universitet rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Mazkur uchrashuv ochiqlik, o‘zaro ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”ga tantanali start berildiBugun 6-aprel kuni musobaqaning ochilish marosimi Ol...
06/04/2026

“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”ga tantanali start berildi

Bugun 6-aprel kuni musobaqaning ochilish marosimi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtning o‘zida jonli efir orqali amalga oshirildi.

Guliston davlat universitetida ham mazkur sport sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Universitetda yangi barpo etilgan Markaziy o‘yingohda bo'lib o'tgan musobaqaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Sirdaryo viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, sportchi talabalar hamda sport to‘garaklari yetakchilari ishtirok etishidi.

Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev Sirdaryo viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalaridan 7 ta sport turlari bo‘yicha 8735 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganligini, viloyatidagi barcha Oliy ta’lim muassasalari mazkur bellashuvlarga tayyorligigni ma’lum qildi.

Ta’kidlanganidek, tadbir doirasida aprel-may oylari oliy taʼlim muassasalarida “Sogʻlomlashtirish va sport” oyligi etib belgilandi. “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida 7 ta sport turlari: Basketbol, Voleybol, Gandbol, Yengil atletika, Stol tennis, Suzish hamda Futbol boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilishi belgilab olindi.

Ayni paytda Guliston davlat universitetida ushbu sport turlari boʻyicha musobaqa jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

“Karyera kuni”: bitiruvchilar uchun real imkoniyatlar maydoni2026-yil 2-aprel kuni Guliston davlat universitetida an’ana...
02/04/2026

“Karyera kuni”: bitiruvchilar uchun real imkoniyatlar maydoni

2026-yil 2-aprel kuni Guliston davlat universitetida an’anaga aylangan “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" navbatdagi “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo'yicha yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali integratsiya qilish hamda real ish o‘rinlari bilan bog‘lashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Mazkur uchrashuvda universitet rektori M.Xodjiyev shaxsan ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan yuzma-yuz va individual suhbatlar o‘tkazdi. Har bir talabaning kelgusidagi aniq rejalari, tanlagan kasbiy yo‘nalishi, ishga joylashish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Muhim jihat suhbatlar faqat umumiy maslahat bilan cheklanib qolmadi. Har bir bitiruvchi bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqildi.

Tadbir davomida 3 tomonlama shartnomalarning real ijrosi chuqur tahlil qilinib, kimlar ishga joylashgani, qaysi yo‘nalishlarda muammo borligi hamda ish beruvchilar bilan aloqalardagi kamchiliklar aniq misollar asosida ko‘rib chiqildi.

Tadbirda viloyatdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etilib, bitiruvchilarga o‘z yo‘nalishida ish topish va mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Shuningdek, kelgusida davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda manzilli ishlash va har bir talaba bilan individual yondashuvni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

“Karyera kuni” nafaqat uchrashuv, balki bitiruvchilar uchun real ishga olib boruvchi amaliy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

“Karyera kuni”: bitiruvchilar uchun katta imkoniyatlar maydoniGuliston davlat universitetida 19-mart kuni “Payshanba – y...
19/03/2026

“Karyera kuni”: bitiruvchilar uchun katta imkoniyatlar maydoni

Guliston davlat universitetida 19-mart kuni “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida bitiruvchi talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda mehnat bozoridagi real imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur muhim tadbir universitet rektori M. Xodjiyevning kirish so‘zi bilan ochib berildi. U o‘z nutqida bugungi k***a bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularni zamonaviy kasb va amaliy ko‘nikmalarga yo‘naltirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi, ish beruvchi tashkilotlar va talabalar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kuchaytirish dolzarb vazifa ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbirda universitetning turli fakultetlaridan jami yuzlab bitiruvchi talabalar faol ishtirok etdi. Jumladan, Ishlab chiqarish fakultetidan 159 nafar, Raqamli iqtisodiyot fakultetidan 206 nafar hamda Tabiiy fanlar yo‘nalishidan 310 nafar bitiruvchilar qatnashib, o‘z kelajak kasbiy faoliyatlari yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Yarmarka davomida turli tashkilot va korxonalar vakillari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va talab etiladigan ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq va professional javoblar olishdi, bevosita muloqot orqali o‘z imkoniyatlarini baholashdi.

Shuningdek, tadbir jarayonida bitiruvchilarni kelgusida ish bilan ta’minlash maqsadida uch tomonlama shartnomalar (talaba – oliy ta’lim muassasasi – ish beruvchi tashkilot o‘rtasida) tuzish ishlari ham olib borildi. Bu esa yoshlarning bandligini ta’minlashda samarali va amaliy mexanizm sifatida xizmat qilmoqda.

Mazkur “Karyera kuni” va Mehnat yarmarkasi talaba-yoshlar uchun nafaqat bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, balki o‘z kasbiy yo‘nalishini aniq belgilash, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va kelajak faoliyatini puxta rejalashtirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Address

4-мавзе ГулДУ Бош биноси
Guliston
120100

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00
Saturday 08:00 - 17:00

Telephone

+998672254042

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Muxsin Tadjiyevich Xodjiyev posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Muxsin Tadjiyevich Xodjiyev:

Shortcuts

Share