15/03/2016
"Diniy - ekstremistik oqimlarga qarshi immunitetni yanada oshirish"
“Binolar va MII” fakultetida yoshlarni internet orqali turli salbiy oqibatlar, informattsion hurujlar ta'siridan ximoya qilish, tinchligimiz va osoyishtaligimizga raxna soluvchi diniy-ekstremistik oqimlarga qarshi immunitetni yanada oshirish maqsadida fakultet talabalari o'rtasida yig'ilish o'tkazildi.
Ushbu yig'ilishda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Yoshlarni internet orqali turli salbiy oqibatlar, informattsion hurujlar ta'siridan ximoya qilish.
Diniy - ekstremistik oqimlarga qarshi immunitetni yanada oshirish.
Yig'ilishni Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i B.Rashidova kirish so'zi bilan ochdi. U o'z so'zida institutda amalga oshirilayotgan ma'naviy va ma'rifiy ishlarning asosiy mazmun mohiyati, institut jamoasi va talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbiga Vatan tuyg'usi, insonparvarlik, mehnatsevarlik, jamiyatga fidoiy insonlar bo'lib etishish tuyg'ularini shakllantirish uchun yo'naltirilganligi, xalqaro terrorchi kuchlar, ekstremistik oqimlar, Internet kabi global axborot tizimi orqali buzg'unchi g'oyalarni bemalol targ'ib etmoqda yoki zamonaviy qurollar, portlovchi moddalar yordamida dahshatli qo'poruvchilik ishlarini amalga oshirmoqda, jamoat binolari, davlat ob'ektlari, transport vositalarini garovga olib, ming-minglab begunoh insonlarning umriga zomin bo'lyotganligini achinarli hol ekanligini gapirib o'tdi.
Shundan so'ng so'z O'zbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax viloyat vakili o'rinbosari A.Otaboevga berildi. U o'z so'zida quydagilarni bayon etdi; - Respublikamiz mustaqillikga erishgandan keyin xalkimizning ma'naviy va madaniy merosiga, tarixiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o'zgardi. Bizning mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Muborak istiqlolimiz tufayli ko'p yillar quvg'inda bo'lgan dinimiz yana ravnaq t**a boshladi. Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, xurfkirlilik, diniy tashkilotlar faoliyatining rivoj topishiga zamin yaratdi. Ro'znomalar, oynomalar saxifalarida va televideniyada Islom dinini etuk vakillari o'z makolalari va suxbatlari bilan ishtirok etdilar. Mustakil mamlakatimizda mukaddas qadamjolarni tiklashga alohida e'tibor bilan qaralmokda. Diniy ta'lim beruvchi madrasalar, oliy Islom bilimgoxi faoliyat ko'rsatmokda. Xukumatimiz tomonidan yaratilgan shart – sharoitlarni to'g'ri tushunmay ayrim fuqarolarimiz ayniksa yoshlarimiz, dinni nikob qilib kiyib olib turli ekstremistik guruhlarga o'zlari bilmagan xolda kirib qolmokda. Bunday kimsalarning diniy ta'limi umuman yo'qligi ular bilan o'tkazilgan suhbatlarda ma'lum bo'lmoqda. Eng yomoni, dunyo miqyosida yuz berayotgan ana shunday talofat va fojealar, turli manfaatlar kurashi haqida xalqaro jamoatchilikka to'g'ri va haqqoniy axborot tarqatish o'rniga, afsuski, ular nufuzli teleradio kanallar, axborot vositalari orqali ayrim hukmron kuchlar foydasiga ishlaydigan, ularning siyosiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan shaklda talqin etilayotgani ham rad etib bo'lmaydigan haqiqatdir. Buning oqibatida kalavaning uchi battar chuvalashib, oqilona yo'l bilan hal etilishi mumkin bo'lgan kelishmovchilik va mojarolar ham ko'pincha boshi berk ko'chaga kirib qolayotganliklarini takidlab, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o'tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan “Kamolot”YoIH viloyat Kengashi raisi O.Shukurov o'z fikrlarini bildirib o'tdi. U o'z so'zida Islom dinining insonparvar din ekanligi, bu dinda ma'rifatga, ezgulikka, insonlarni avaylab asrashga, ota-onaga hurmat, kichikka izzat haqida so'z yuritdi. Ayniqsa, bugungi k***a hayotimizda uchrab turadigan hayotiy voqealardan misollar keltirdi. Insonlarning yaxshiligi, ularning ibrati, yaxshilikning o'lmasligi, shu bilan birga yomonlik esa, hamisha insonlarni qadrsizlanishiga, adovat esa adolatning buzilishiga, tinchlik - osoyishtalikning buzilishiga olib kelishi haqida ibratomuz misollarni keltirib, yig'ilish qatnashchilarini inson bu hayotga faqat ezgulik qilish uchun kelganligini, har birimiz shu yurtning farzandi ota-bobolarimiz meroslarini avaylab asrashlarini, iymonli-e'tiqodli bo'lishlikka chaqirdi. Yoshlarning bugungi k***a jamoat joylarida o'zini tutishi, qonunbuzarlik holatining kelib chiqishi, bugungi k***a yoshlar o'rtasida uchrab turgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar haqida misollar keltirdi. Tinch va osoyishta vaziyatda institutda, talabalar o'zlari istiqomat etadigan talabalar turar joyida, umuman institut hududida, hattoki har birimizning o'z yashash xonadonlarimizda osoyishtalikni saqlash, o'z ota-onalarimiz, farzandlarimiz, oilamiz, mahallamizda tinchlik osoyishtalikni saqlash uchun masuliyat his etishimiz hamda ushbu ishlarni amalga oshirishga hissa qo'shish har birimizning burchimiz ekanligi haqida gapirdi.
Yig'ilish so'nggida savol javoblar bo'lib o'tdi. Yig'ilishda professor-o'qituvchi hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga etarli va to'liq javoblar qaytarildi. Yig'ilish mazmunli, munozarali va qizg'in tarzda o'tdi.
Shundan so'ng talabalarga “O'zbekkino” milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “FITNA” va “XOINLIK” nomli film namoyishlari taqdim etildi. Ushbu film namoyishidan keyin talabalarda juda katta tassurrotlar qoldirdi.
Yuqoridagi kun tartibidagi masalalarni muxokama qilib,
Yig'ilish qaror qiladi:
O'zbekiston Musulmonlar idorasi jizzax viloyat vakili o'rinbosari. A.Otaboev, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi raisi O.Shukurovlarning bergan axborotlari malumot uchun qabul qilinsin.
Diniy idora vakillari, viloyat IIB xodimlari bilan yaqindan aloqa o'rnatilib, talabalar o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borish yuzasidan tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin.
Yoshlarni internet orqali turli salbiy oqibatlar, informattsion hurujlar ta'siridan ximoya qilish, Diniy-ekstremistik oqimlarga qarshi immunitetni yanada oshirishga qaratilgan videofilmlar namoyishi muntazam ravishda tashkil etilsin.
Yig'ilish raisi:
A.Berdiqulov
Kotib:
M.Mirzabekov