Jizzakh State Pedagogical University

Call Directions Website Contact the university

Jizzakh State Pedagogical University Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti | Jizzakh State Pedagogical University | Джизакский

     Basketbolchi qizlarimiz — O‘zbekiston chempionati sovrindori3x3 basketbol bo‘yicha Oliy liga jamoalari o‘rtasida o‘...
30/09/2026



Basketbolchi qizlarimiz — O‘zbekiston chempionati sovrindori

3x3 basketbol bo‘yicha Oliy liga jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining 3-turi yakunlandi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, JDPU basketbolchi qizlar jamoasi 24 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egalladi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘g‘il bollar jamoasi esa chempionatni kuchli beshlik tarkibida yakunladi. Shuningdek, jamoa a’zosi Mamirova Sevinch Hakimjon qizi chempionatda eng ko‘p ochko to‘plagan basketbolchi sifatida e’tirof etildi.

30/09/2026

Jizzax davlat pedagogika universiteti...

Biz erta tongdan to kechga qadar shu dargohda — bir maqsad, bir jamoa bo‘lib mehnat qilamiz.
Bu maskan biz uchun shunchaki ta’lim dargohi emas. U allaqachon ikkinchi uyimizga aylangan.
Har kuni bag‘riga oshiqib keladigan, har safar kirganimizda o‘zgacha mehr bilan qarshi oladigan qadrdon go‘sha...

Go‘zal, navqiron va hamisha qalbimizga yaqin — Jizzax davlat pedagogika universiteti.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Tinchlik — eng oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ma’naviy...
29/09/2026

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Tinchlik — eng oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, universitet mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash masalalariga e’tibor qaratildi. Talabalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarga tanqidiy yondashish, ishonchli va rasmiy manbalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va sog‘lom dunyoqarash eng muhim vosita ekani ta’kidlanib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilm-fan, kitobxonlik, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish yuzasidan fikr almashildi.

«Talaba – yugur»: JDPU talabalari 5 ta sovrinni qo‘lga kiritdiMusobaqada JDPUdan 1178 nafar talaba va 25 nafar professor...
29/09/2026

«Talaba – yugur»: JDPU talabalari 5 ta sovrinni qo‘lga kiritdi

Musobaqada JDPUdan 1178 nafar talaba va 25 nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etdi. Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari quyidagi natijalarni qayd etdi:

🏃‍♂️ O‘g‘il bolalar:

🥇 Aktamov Uchqun — 1-o‘rin

🥈 Jo‘raqulov Asadbek — 2-o‘rin

🏃‍♀️ Qizlar:

🥇 Ozodova Dinara — 1-o‘rin

🥈 Bahriddinova Nurgul — 2-o‘rin

🥉 Bosimova Gulsevar — 3-o‘rin

Barcha g‘olib va sovrindorlarimizni muborakbod etamiz!

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildiJizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni...
28/09/2026

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Anora Jabborova ochib berdi. Seminarda universitet doktorantlari, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Clarivate kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy vakili, naukometriya bo‘yicha ekspert, PhD Diana Abdumo‘minova ishtirokchilarga Web of Science, Pivot-RP va ProQuest platformalaridan foydalanish, ilmiy manbalarni izlash, tadqiqotlarni tahlil qilish hamda xalqaro grant va moliyalashtirish imkoniyatlarini topish bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berdi.

Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’li...
26/09/2026

Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professori Umurzoq Jumanazarovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlandi. Anjuman ishini universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda yubilyarning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyatini e’tirof etdi.

Nufuzli xalqaro anjumanning yalpi majlisida Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Tojikiston va Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlardan hamda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

       Basketbol — harakat, mahorat va jamoaviylik!«Shanba — ijtimoiy faollik kuni» doirasida basketbol maydonida qizg‘i...
26/09/2026



Basketbol — harakat, mahorat va jamoaviylik!

«Shanba — ijtimoiy faollik kuni» doirasida basketbol maydonida qizg‘in bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Talabalar sport orqali faollik va jamoaviy ruhni namoyon etmoqda.

       Stol tennisi — chaqqonlik va aniqlik!«Shanba — ijtimoiy faollik kuni»da talabalar stol tennisi bo‘yicha bellashib...
26/09/2026



Stol tennisi — chaqqonlik va aniqlik!

«Shanba — ijtimoiy faollik kuni»da talabalar stol tennisi bo‘yicha bellashib, chaqqonlik va mahoratlarini namoyon etmoqda.

         Mini futbol — bo‘lajak chempionlar maydonida«Shanba — ijtimoiy faollik kuni» doirasida talabalar o‘rtasida mini...
26/09/2026



Mini futbol — bo‘lajak chempionlar maydonida

«Shanba — ijtimoiy faollik kuni» doirasida talabalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda. Bellashuvlar talabalarning sport mahoratini namoyon etish, iqtidorli yoshlarni saralash va bo‘lajak chempionlarni aniqlashga xizmat qiladi.

Address

Jizzax Sh. , Sh. Rashidov Shoh Ko’chasi, 4 Uy
Jizzakh
130100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Telephone

+998722261357

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jizzakh State Pedagogical University posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Jizzakh State Pedagogical University:

Shortcuts

Share