13/01/2026
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kunimunosabati bilan “Armiya va yoshlar” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik sayli bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida: 🇺🇿 harbiy parad, 🪖 zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmalari, 🥋 qo‘l jangi bo‘yicha namoyishlar, 🏃♂️ sport musobaqalari, 🎤 taniqli, el suygan san’atkorlar ishtirokidagi shou-gala konsert dasturlari tashkil etildi.
🎓 Ushbu nufuzli va mazmunli tadbirda Osiyo texnologiyalar universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, yoshlarda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shdi.
🇺🇿 Vatanimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!