15/04/2024
Talabalarimizning sevimli ustozlaridan biri Qirg‘izbayev Xusniddin Xasanbayevich bilan tanishing!
🎓 Qirg‘izbayev Xusniddin Xasanbayevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti ilmiy xodimi sifatida o‘z faoliyatini yuqori darajada olib bormoqda. 2017-yili Namangan davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishida magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan.
🔬 2022-yilda esa kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini 02.00.10 – bioorganik kimyo ixtisosligi bo‘yicha olgan. Uning ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq xorijiy va mahalliy jurnallarda tezis va maqolalari chop etilgan. Shuningdek, 5 ta ixtiro patentiga va 2 ta monografiyaga mualliflik qilgan.
⚡️ Hozirda Impuls tibbiyot institutida talabalarimizning sevimli ustozi sifatida tibbiy kimyo fani bo‘yicha dars berib kelmoqda.
Ustozimizning o‘quv va ilmiy ishlari nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham tan olingan.
👏 Impuls tibbiyot instituti jamoasi sifatida biz ustozimizning kelajakdagi ilmiy faoliyati uchun yanada katta yutuqlar tilab qolamiz va o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!