Namangan davlat universiteti

Namangan davlat universiteti Universitet katta imkoniyatlarga ega maskan bo‘lib, gumanitar va tabiiy-ilmiy yo‘nalishlar bilan

Янги ташкил этилган Наманган давлат чет тиллари институти абитурентларни  ўқишга таклиф этади. Таълим юқори сифат даража...
04/07/2022

Янги ташкил этилган Наманган давлат чет тиллари институти абитурентларни ўқишга таклиф этади. Таълим юқори сифат даражасида ташкил этилади ва дарс машғулотларига хорижий мутахассислар (native speakers) жалб этилади. Батафсил маълумотлар t.me/ibratnamdchti телеграм каналида бериб борилади.

Chet tili sohasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi2022 yilning 8-9 aprel kunlari Ingliz filologiyasi faku...
09/04/2022

Chet tili sohasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

2022 yilning 8-9 aprel kunlari Ingliz filologiyasi fakul’teti, xalqaro hamkorlik bo’limi va Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi Namangan hududiy vakilligi hamkorligida “Integrativ va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida chet tillarni o‘qitishning muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Unda 200 dan oshiq professor-o’qituvchilar, talabalar, tadqiqotchilar va doktorantlar qatnashdilar. Qizg’in bahs va munozalarga boy bo’lgan diskussiyon seminar shaklida o’tgan tadbirda 11 nafar xorijiy mehmonlar ham qatnashdilar. Unda Portugaliyaning Lissabon instituti professorlari, Ruminiyaning Vest Timisoara universiteti professori, Janubiy Korayening King Sejong Institutini Namangan shahridagi til markazi vakillari, AQShning RELO tashkiloti Ingliz tili mutaxassisi Dremoniz Jeremias, KOICA tashkiloti o’qitivchisi Kim Kangsan qatnashib chet tili o’qitishning Ozbekiston, Koreya, Ruminiya, Portugaliya va AQShdagi amaldagi tajribalari o’zaro o’rtoqlashildi.
Konferensiya quyidagi sho’balarda o’z ishini davom ettirdi:
1. Chet til o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va madaniyatlararo muloqot masalalari.
2. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda chet til o‘qitishda innovatsion texnologiyalar.
3. Nofilologik yonalishlarda kasbiy maqsadlarda chet til o‘qitish muammolari.
4. Xorijiy adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari.
5. Lingvistik tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot masalalari.
E’tiborli tomoni shundagi, chet tili sohasida ta’lim olayotgan magistrantlar, tadqiqotchilar va yosh olimlarning olib borayotgan ilmiy ishlari ham keng muhokama qilindi. Bu esa izlanuvchilarda tadqiqot olib borish ko’nikmalarining shakllanishiga turtki bo’ladi.
Konferensiya so’ngida barcha ishtirokchilarga sertifikat va konferensiya bo’yicha maqolalar chop etilgan to’plab taqdim etildi.

08/10/2021
2021 yilning 6 oktyabr kuni Namangan Davlat universitetida Erasmus+ dasturi loyihalarining faoliyati, olib borilayotgan ...
06/10/2021

2021 yilning 6 oktyabr kuni Namangan Davlat universitetida Erasmus+ dasturi loyihalarining faoliyati, olib borilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar bilan tanishish maqsadida Erasmus+ Milliy idora vakili Qudratxon Bahodirov va milliy ekspert Po’latxon Lutfullayev ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat talabalar va professor o’qituvchilar ishtirokida qizg’in savol javoblarga boy tarzda o’tdi. Ayni paytda Namangan Davlat universitining Polsha, Ruminiya, Gretsiya, Italiya, Portugaliyaning bir qator nufuzli OTMlari bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari (inter-institutional agreements) mavjud. Hozirga qadar 100 ga yaqin professor-o’qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarida ishtirok etganlar.

Бугун университетнинг халқаро ҳамкорлик бўлими бошлиғи П.Лутфуллаев, Namangan-S мехмонхонасида, Германиянинг “Германия х...
13/08/2021

Бугун университетнинг халқаро ҳамкорлик бўлими бошлиғи П.Лутфуллаев, Namangan-S мехмонхонасида, Германиянинг “Германия халқаро ҳамкорлик кооперацияси” Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) ташкилоти вакили Карл-Хейнс Ях, Наманган вилотяти туризм бошқармаси бошлиғи А.Бабамирзаев билан бўлиб ўтган учрашувда қатнашди. Унда, университетнинг туризм, меҳмонхона хўжалиги бошқарув каби бакалавр йўналишида тайёрланаётган кадрларнинг амалиёт машғулотларини туризм индустрияси сектори билан биргаликда ташкил этиш, тур-пакет ва тур-маршрутларни наманган вилояти бўйилаб ташкил этиш тажрибаларини талабаларга ўргатиш бўйича германия тажрибасини ўқув жараёнида қўллаш, талабалар учун ўқув макет хоналари ташкил этишда GIZ ташкилот грантларини жалб этиш каби масалалар муҳокама этилди. Эслатиб ўтамиз, Наманган давлат университетида ҳозирги кунда туризм ва меҳмонхона бошқаруви бўйича юқори малакали кадрлар тайёрлаш йўлга қўйилган. Бу соҳада халқаро ҳамкорлик давом этади

Namangan davlat universitieti chet el fuqorolarini (yoki chet el pasportiga ega bo’lgan yoshlar) o’qishga taklif etadi !...
29/07/2021

Namangan davlat universitieti chet el fuqorolarini (yoki chet el pasportiga ega bo’lgan yoshlar) o’qishga taklif etadi ! Xech qanday imtihonsiz faqat suhbat asosida NamDU talabasi bo’ling ! Buning uchun Siz pasport, o’rta maktab yoki kollej/litseyni bitirganligingiz to’g’risidagi hujjatlaringizni topshirsangiz kifoya ! Qo’shimcha ma’lumotlar uchun +998993910619 ga tel qiling !

2021 yilning 21 iyun kuni universitetitimiz vakillari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Vengriya-O’zbekiston OTM rektorlar...
22/06/2021

2021 yilning 21 iyun kuni universitetitimiz vakillari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Vengriya-O’zbekiston OTM rektorlari forumida qatnashdilar. Forum doirasida Namangan Davlat universiteti va Etvos Lorend universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat asosida bu yildan boshlab universitet kafedralari o’rtasida o’qituvchi va talabalar almashnuvini yo’lga qo’yish, ta’lim jarayonini raqamlashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish, chet tillarni o’rganishda hamkorlik qilish uchun kelishuvga erishildi.

NamDU Ingliz filologiyasi fakulteti  Ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi oqituvchisi Kuchkarova Yana  hamda magist...
14/06/2021

NamDU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi oqituvchisi Kuchkarova Yana hamda magistrant Hasanova Gulnoza joriy yilning 14-26 iyun kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tayotgan AQSH ta’lim maslahati (American Councils) tomonidan tashkil etilgan “English Speaking Nation: Secondary Teacher Training” mavzusidagi seminar treningda ishtirok etmoqdalar. Universitetimiz vakillarining ushbu xalqaro tadbirda ishtirok etishi chet tillarni ravojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Address

Uychi 316
Namangan
160136

Opening Hours

Monday 08:30 - 18:00
Tuesday 08:30 - 18:00
Wednesday 08:30 - 18:00
Thursday 08:30 - 18:00
Friday 08:30 - 18:00
Saturday 08:30 - 17:00

Telephone

+998692270144

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Namangan davlat universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Namangan davlat universiteti:

Share