01/09/2026
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayram - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Mustaqillik - milliy qadriyatlarimiz, erkinligimiz va farovon kelajagimizning mustahkam poydevoridir.
Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi - istiqlolimizning bebaho ne’matlaridandir. Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, farovonlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Olgerd Aleksandrovich Filippov
Profi University Navoiy filiali rektori
Profi University Navoiy