ODTI Olmaliq davlat texnika instituti

ODTI Olmaliq davlat texnika instituti Tel: +998559021772
E-mail: [email protected]

        🇺🇿🤝🇹🇷ODTI VA ISTANBUL SABAHATTIN ZAIM UNIVERSITETI: XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI💥 Olmaliq davlat texnika...
14/08/2026



🇺🇿🤝🇹🇷ODTI VA ISTANBUL SABAHATTIN ZAIM UNIVERSITETI: XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

💥 Olmaliq davlat texnika institutining xalqaro aloqalari yangi mazmun va amaliy loyihalar bilan boyib bormoqda.
Olmaliq davlat texnika instituti delegatsiyasi hamda Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Istanbul Sabahattin Zaim universiteti rahbariyati o‘rtasida samarali va istiqbolli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinib, hamkorlik memorandumi imzolandi.

📌 Mazkur memorandum doirasida ODTI va Istanbul Sabahattin Zaim universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy loyihalar orqali yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.

🎓 Professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro stajirovka
Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — ODTI professor-o‘qituvchilarining qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish bo‘ldi. Bu tashabbus pedagoglarning ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishi, zamonaviy ta’lim metodikalarini o‘zlashtirishi va kasbiy salohiyatini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

🌐 Talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar
Kelishuvga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab talabalarni akademik mobillik dasturlari asosida bir semestrlik almashinuvga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
Dastlabki bosqichda ushbu imkoniyatdan 10 nafar ODTI talabasi foydalanishi rejalashtirilgan.

🇺🇿🇹🇷 Bu esa yoshlarimizga Turkiyada tahsil olish, xalqaro akademik muhitda tajriba orttirish, xorijiy universitetlar ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishish va yangi ilmiy-akademik aloqalarni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

💡 Ilm-fan va innovatsiya — hamkorlikning strategik yo‘nalishi
Uchrashuv doirasida yana bir muhim kelishuvga erishildi: xalqaro ilmiy loyihalarni Istanbul Sabahattin Zaim universiteti Texnoparki bilan hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzolandi.

🚀 Bu hamkorlik ODTI ilmiy salohiyatini xalqaro maydonga olib chiqish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish, innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun muhim platformaga aylanadi.

↗️ Bir memorandum — yangi imkoniyatlar sari qadam!
Bugun imzolangan kelishuv — shunchaki hujjat emas. Bu ustozlar uchun yangi tajriba, talabalar uchun xalqaro ta’lim, olimlar uchun yangi ilmiy maydon va yosh tadqiqotchilar uchun katta imkoniyatlar eshigidir.

➡️ Olmaliq davlat texnika instituti — xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirib, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyani global maydon bilan bog‘lash yo‘lida dadil odimlamoqda!
ODTI — xalqaro hamkorlik. Yangi imkoniyatlar. Yangi marralar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ Telegram I ✅ Facebook I
🔹 Instagram I 🔹You tube I
🌍 odti.uz

   Olmaliq davlat texnika institutida QForum dasturi bo’yicha ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.⚡️Bugungi sanoat jadal raq...
10/08/2026


Olmaliq davlat texnika institutida QForum dasturi bo’yicha ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.
⚡️Bugungi sanoat jadal raqamlashtirilayotgan bir paytda ishlab chiqarish jarayonlarini oldindan modellashtirish, texnologik yechimlarni virtual muhitda sinovdan o‘tkazish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlarni avvaldan aniqlash — zamonaviy muhandislikning muhim talablaridan biridir.
❗️Ana shu dolzarb yo‘nalishda Olmaliq davlat texnika institutida metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida modellashtirishga bag‘ishlangan QForm dasturi bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
📍Mazkur ilmiy-amaliy tadbir Olmaliq davlat texnika instituti hamda “KvantorForm” MChJ hamkorligida o‘tkazildi.
Seminarda “KvantorForm” MChJ muhandisi Dmitriy Galavoda hamda institutning “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi assistenti Komilov Islomjon Raimqul o‘g‘li mutaxassis sifatida ishtirok etib, QForm dasturining amaliy imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.
Seminar davomida QForm dasturining:
🔘imkoniyatlari va afzalliklari;
🔘 metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarini kompyuterda modellashtirish usullari;
🔘 issiq shtamplash jarayonlarini modellashtirish;
🔘 prokatlash, presslash va boshqa plastik deformatsiyalash jarayonlarini raqamli tahlil qilish;
🔘 texnologik jarayonlarni optimallashtirish;
🔘 deformatsiya jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlarni oldindan aniqlash;
🔘 deformatsiya, kuchlanish va harorat taqsimotlarini tahlil qilish;
🔘 sanoat korxonalarida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

     💡 2026-yil 22-iyul kuni Olmaliq davlat texnika institutida "Raqamli davrda texnologik innovatsiyalarning huquqqa ta...
23/07/2026



💡 2026-yil 22-iyul kuni Olmaliq davlat texnika institutida "Raqamli davrda texnologik innovatsiyalarning huquqqa ta'siri va muhandislik ta'limining kelajakdagi istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy simpozium yuqori saviyada tashkil etildi.

⭐️ Simpozium gibrid (oflayn va onlayn) formatda o'tkazilib, unda O'zbekiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Qozog'iston, Shimoliy Makedoniya va boshqa davlatlarning yetakchi professor-o'qituvchilari, olimlari, tadqiqotchilari hamda doktorantlari ishtirok etdi.

🔗 Mazkur xalqaro ilmiy anjuman Olmaliq davlat texnika instituti tashabbusi bilan Istanbul Sabahattin Zaim universiteti va Balikesir universiteti hamkorligida tashkil etildi. Simpoziumning asosiy maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida huquq va muhandislik ta'limi sohalarida yuz berayotgan zamonaviy o'zgarishlarni ilmiy jihatdan muhokama qilish, xalqaro tajribalarni almashish hamda yangi ilmiy hamkorliklarni rivojlantirishdan iborat bo'ldi.

▶️ Simpozium yalpi ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda hamkor universitetlar vakillari tabrik so'zlari bilan ishtirok etib, ilm-fan va oliy ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda akademik almashinuvni rivojlantirish muhimligini alohida ta'kidladilar.

↗️ Ilmiy munozaralar yakunida ishtirokchilar o'zaro tajriba almashish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro grant loyihalari, akademik mobillik hamda professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish bo'yicha kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

💥 Olmaliq davlat texnika instituti mazkur xalqaro ilmiy simpozium orqali ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo'lidagi faoliyatini izchil davom ettirib, dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan samarali aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladigan muhim ilmiy maydonni yaratdi.

23/07/2026

🔔 5 yillik ish stajiga ega xodimlar, Olmaliq davlat texnika institutida 2026/2027-o’quv yili uchun 20-iyuldan 10-avgustgacha qabul jarayonlari davom etmoqda.

👆 Faqat tavsiyonama orqali xujjat topshirib, suhbat asosida talaba bo’ling.

😎 Murojaat uchun:
+998773527000
+998882345256
+998559021772

   Olmaliq davlat texnika instituti delegatsiyasi Xalqaro payvandlash institutining 79-Bosh assambleyasida ishtirok etdi...
22/07/2026



Olmaliq davlat texnika instituti delegatsiyasi Xalqaro payvandlash institutining 79-Bosh assambleyasida ishtirok etdi

🇦🇹 Avstriya Respublikasida Xalqaro payvandlash institutining (IIW) 79-Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Olmaliq davlat texnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor U.M. Xalikulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

⭐️ Delegatsiya tarkibida payvandlash texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan kafedra mudiri, PhD, dotsent B.D. Yusupov ham o‘rin olgan.

⚙️ Dunyoning sanoati rivojlangan davlatlarini birlashtirgan nufuzli xalqaro maydonda ishtirok etish O‘zbekiston muhandislik ta'limi va payvandlash sohasini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ilg‘or texnologiyalarni mamlakatimizga olib kirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

☑️ 79-Bosh assambleya doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muhandislik ta'limini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar almashinuvi hamda xalqaro tan olinadigan malaka tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

   Tarixiy voqea: O‘zbekiston Xalqaro payvandlash institutining 55-a'zo davlatiga aylandi🇦🇹 Avstriyada bo‘lib o‘tgan Xal...
22/07/2026



Tarixiy voqea: O‘zbekiston Xalqaro payvandlash institutining 55-a'zo davlatiga aylandi

🇦🇹 Avstriyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro payvandlash institutining (IIW) 79-Bosh assambleyasida tarixiy qaror qabul qilindi.

💥 54 ta a'zo davlatning 100 foizlik qo‘llab-quvvatlovi bilan Olmaliq davlat texnika instituti Xalqaro payvandlash institutiga a'zolikka qabul qilindi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi IIWning 55-a'zo davlatiga aylandi, Olmaliq davlat texnika instituti esa mamlakatimiz nomidan mas'ul a'zo jamiyat sifatida rasman e'tirof etildi.

💡 Mazkur a'zolik O‘zbekistonda ilk bor xalqaro tan olinadigan 7 turdagi muhandislik malaka sertifikatlarini joriy etish, 15 mingdan ortiq texnik-muhandislik resurslar bazasidan foydalanish hamda mahalliy mutaxassislar va korxonalar uchun xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

▶️ Bu nafaqat Olmaliq davlat texnika instituti, balki O‘zbekiston muhandislik ta'limi, ilm-fani va sanoati tarixidagi muhim yutuq bo‘lib, mamlakatimizning global muhandislik hamjamiyatidagi nufuzi va xalqaro integratsiyasi yo‘lida yangi bosqichni boshlab beradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ Telegram I ✅ Facebook I
🔹 Instagram I 🔹You tube I
🌍 odti.uz

   XALQARO ILMIY SIMPOZIUMGA TAKLIF!🌍 Olmaliq davlat texnika instituti, Istanbul Sabahattin Zaim University hamda Balıke...
21/07/2026



XALQARO ILMIY SIMPOZIUMGA TAKLIF!

🌍 Olmaliq davlat texnika instituti, Istanbul Sabahattin Zaim University hamda Balıkesir University hamkorligida nufuzli Xalqaro ilmiy simpozium tashkil etiladi.

➖ Mavzu:
"The Impact of Technological Innovations on Law in the Digital Age and Future Perspectives in Engineering Education"
("Raqamli davrda texnologik innovatsiyalarning huquqqa ta'siri va muhandislik ta'limining kelajak istiqbollari")

📆 Sana: 2026-yil 22-iyul
🇹🇷 Türkiye vaqti: 14:00
🇺🇿 O‘zbekiston vaqti: 16:00

📍Manzil: Olmaliq davlat texnika instituti bosh binosi
💻 Format: Gibrid (oflayn + onlayn)

Simpoziumning asosiy yo‘nalishlari:
▶️Raqamli texnologiyalar va huquq
▶️ Sun'iy intellekt va huquqiy tartibga solish
▶️ Muhandislik ta'limining zamonaviy istiqbollari
▶️ Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish
▶️ Ilmiy maqolalar to‘plamini nashr etish

🔌Kimlar ishtirok etishi mumkin?
✅Professor-o‘qituvchilar
✅Ilmiy tadqiqotchilar
✅ Doktorantlar
✅Mustaqil izlanuvchilar

↗️ Ushbu simpozium raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt, huquq va muhandislik ta'limi sohalaridagi dolzarb ilmiy masalalarni muhokama qilish, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda yangi hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim xalqaro platforma hisoblanadi.

🎓 Barcha olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarni ushbu nufuzli xalqaro ilmiy anjumanda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

     XALQARO ILMIY NASHRLAR SARI MUHIM QADAMNI BUGUN BOSHLANG!📄Scopus va Web of Science bazalarida ilmiy maqola chop eti...
15/07/2026



XALQARO ILMIY NASHRLAR SARI MUHIM QADAMNI BUGUN BOSHLANG!

📄Scopus va Web of Science bazalarida ilmiy maqola chop etishni maqsad qilganmisiz?

☑️ Unda Olmaliq davlat texnika instituti hamda Turkiyaning Balikesir universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Xalqaro maqola chop etish va xalqaro loyihalarda (Erasmus,Harizon,Tubitak,Tika) ishtirok etish yuzasidan maxsus o‘quv seminarida ishtirok eting!

Seminarda siz:
✅Xorijiy ilmiy jurnallar talablari;
✅Scopus va Web of Science bazalarida maqola chop etish bosqichlari;
✅Maqolani to‘g‘ri tayyorlash va topshirish usullari;
✅Xalqaro nashrlarda muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishasiz.

🔼Seminar yakunida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan va to‘liq ishtirok etgan tinglovchilarga XALQARO SERTIFIKAT taqdim etiladi.

💳 Sana: 16-iyul
🔌 Vaqt: 12:00

🔵 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 [Ro‘yxatdan o‘tish havolasi] (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd0Z33SvcczshxOTjmO3q2l2RbuNVCCJm_tsCkSLS_XH3lXxA/viewform)

🟠Seminarda ishtirok etish:
🔗 [Seminarga ulanish havolasi] (https://baunmeet.balikesir.edu.tr/meeting_gate.php?room=meet_1784021602_490705)

☑️ Ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Bugun ro‘yxatdan o‘ting va xalqaro ilmiy maydondagi muvaffaqiyatingiz sari dadil qadam tashlang!

10/07/2026



⭐️ Kuni kecha yoshlar kunida bo‘lib o‘tgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvidan videolavha

Address

M. Ulug'bek 45
Olmaliq
110100

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 14:00

Telephone

+998706138193

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when ODTI Olmaliq davlat texnika instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share