Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy sahifasi

Call Directions Website

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy sahifasi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy sahifasi. Samarkand Agroinnovations and Research University

Telegram: https://t.me/SamATI_Rasmiy

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7-iyuldagi 216-sonli Qarori bilan tashkil etilgan. Rektor: i.f.d, professor Sh.T.Hasanov

📌XURMO MEVASINI QURITISH - AHOLI DAROMADINI OSHIRISHNING SAMARALI YO‘LI✅Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar inst...
23/10/2026

📌XURMO MEVASINI QURITISH - AHOLI DAROMADINI OSHIRISHNING SAMARALI YO‘LI

✅Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Oqdaryo tumanidagi mahalla raislari ishtirokida xurmo mevasini quritish va qayta ishlash orqali qishloq aholisi daromadlarini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
🟢Seminar davomida xurmo mevasini quritishning zamonaviy texnologiyalari, mahsulotni qayta ishlash orqali uning qo‘shilgan qiymatini oshirish usullari hamda ushbu yo‘nalishda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari haqida ilmiy va amaliy ma’lumotlar berildi.
✅Ishtirokchilar xurmo mevasini quritish va tayyor mahsulotni sotish orqali qo‘shimcha daromad olish, mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mazkur yo‘nalishni mahallalarda keng ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
✔️Seminar yakunida xurmo mevasini chuqur qayta ishlash, zamonaviy quritish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish va aholi, ayniqsa, qishloq oilalari uchun yangi daromad manbalarini yaratishda ilmiy yondashuvning ahamiyati ta’kidlandi.

🐄CHORVACHILIKDA ZAMONAVIY YONDASHUV: XALQARO TAJRIBA VA AMALIY KO‘NIKMALAR✅Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar i...
23/10/2026

🐄CHORVACHILIKDA ZAMONAVIY YONDASHUV: XALQARO TAJRIBA VA AMALIY KO‘NIKMALAR

✅Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Germaniya – O‘zbekiston ekspertlar muloqoti dasturi doirasida “Qoramollarning tuyoqlarini kesish” hamda “Buzoqlarni parvarish qilish” mavzularida “Trenerlar uchun trening” (ToT) o‘quv-seminarlari tashkil etildi.
✅Seminarlarda niderlandiyalik trener-mutaxassis Ties Ruigrok hamda dastur jamoasi vakillari Anton Van Engelen va Xandam Qarshiboyev ishtirok etib, chorva hayvonlarini parvarishlashning zamonaviy usullari, qoramollar tuyoqlariga to‘g‘ri ishlov berish va buzoqlarni sog‘lom voyaga yetkazish bo‘yicha bilim hamda tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
✅O‘quv-seminarlarda institutning chorvachilik va veterinariya sohalarida faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilari, “Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha)” va “Veterinariya sanitariya va ekspertizasi” ta’lim yo‘nalishlari talabalari, shuningdek, "Chorvachilik" magistratura mutaxassisliklari talabalari ishtirok etdilar.
✅Seminarlar davomida nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, talabalar qoramollarning tuyoqlarini kesish jarayonini nafaqat kuzatish, balki mutaxassislar ko‘magida ushbu amaliyotni mustaqil bajarib ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Bu esa ularning kasbiy mahoratini oshirish, chorva hayvonlariga to‘g‘ri parvarish ko‘rsatish va kelajakdagi faoliyatlari uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
💯Bunday xalqaro o‘quv-seminarlar professor-o‘qituvchilar va talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, chorvachilik hamda veterinariya sohalarida ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish va ularni mahalliy sharoitda qo‘llashga xizmat qiladi.

🌍 Growing Through Experience-More Than Just an Achievement! 🥉On September 25, 2026, I proudly won 3rd place in the poste...
22/10/2026

🌍 Growing Through Experience-More Than Just an Achievement! 🥉
On September 25, 2026, I proudly won 3rd place in the poster competition at the international forum held at our university in the framework Erasmus+ programme OFINU(Open food innovation university) project.
As a participant in the Academic writing Module open university format piloting classes, this experience became an important milestone in my personal and academic growth. Beyond the award, it helped me recognize my strengths, reflect on my weaknesses, and understand how much more I can learn and achieve in lifelong learning.
🤝 Exchanging ideas with students, external learners, and foreign professors broadened my perspective, inspired new ideas for my research, and strengthened my confidence in international academic environments. I also gained valuable friendships and learned the importance of being open to different perspectives.
💐 My heartfelt thanks to the OFINU Project team for creating opportunities that encourage young people to grow, challenge themselves, and discover their potential.
✨ This achievement is not just about taking third place; it is about becoming more confident, open-minded, and determined to keep improving.

INSTITUTDA “UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI O‘TKAZILMOQDA21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosab...
16/10/2026

INSTITUTDA “UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI O‘TKAZILMOQDA

21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan institutda talaba-yoshlar ishtirokida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazilmoqda.


Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi!

   RAHBAR AYOL IMIDJI: MUVAFFAQIYAT SARI YO‘LSamarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida xotin-qizlarning ij...
16/10/2026



RAHBAR AYOL IMIDJI: MUVAFFAQIYAT SARI YO‘L

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda kelajakda munosib rahbar kadrlar bo‘lib shakllanishiga ko‘maklashish maqsadida “Rahbar ayol imidji: Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi L.Xalmirzayeva tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Unda Samarqand viloyati “Oqila ayollar harakati” hududiy rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b. Yulduz Pirnazarovna Urunbayeva, institut psixologi N.Murodova, tyuterlar, “Lider qizlar” klubi a’zolari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Suhbat davomida rahbar ayolning jamiyatdagi o‘rni, muomala madaniyati, ishbilarmonlik uslubi, mas’uliyat, jamoa bilan ishlash va yetakchilik fazilatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir talaba-qizlarning o‘z salohiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va kelajakda yetakchi kadrlar bo‘lib shakllanishiga xizmat qildi.

Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti vakili institutga tashrif buyurdi✅️ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instit...
15/10/2026

Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti vakili institutga tashrif buyurdi

✅️ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga Buyuk Britaniyaning Biznes boshqaruvi magistrlari assotsiatsiyasi (Association of MBAs - AMBA) va Biznes ta’limi bitiruvchilari assotsiatsiyasi (Business Graduates Association - BGA) vakili, BGAni rivojlantirish bo‘yicha rahbar Richard Turner tashrif buyurdi.

✅ Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tashrif doirasida mehmonni institut rektori, professor Sh.Hasanov kutib oldi. Uchrashuvda rektor institut faoliyati haqida taqdimot qilib, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

✅️ Muloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro akkreditatsiya talablarini joriy etish va istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmon institutda yaratilgan shart-sharoitlar hamda “O‘zbekistonda urug‘lik kartoshka yetishtirish texnologiyalari va ko‘paytirish tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

✅Ma’lumot uchun, Londonda joylashgan AMBA va BGA biznes va boshqaruv ta’limi sifatini baholash hamda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasida faoliyat yuritadi. AMBA biznes boshqaruvi bo‘yicha magistratura dasturlarini akkreditatsiyalashga ixtisoslashgan bo‘lsa, BGA biznes maktablarining faoliyatini kompleks baholash va ularning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

SamATI Axborot xizmati

SamATI yoshlari “Talaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi!Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm markazida bo...
15/10/2026

SamATI yoshlari “Talaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi!

Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm markazida bo‘lib o‘tgan “Talaba yugur – 2026” kuzgi mavsum ommaviy yugurish marafonida institutimiz yoshlari ham faol ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, Agrobiologiya fakultetining 2-bosqich talabasi Bolg‘ayeva Gulsevar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Gulsevarni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

   🌸INSTITUTDA XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI🎉Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiq...
12/10/2026



🌸INSTITUTDA XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

🎉Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 11-oktyabr - Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

   🌸INSTITUTDA XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI🎉Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiq...
12/10/2026



🌸INSTITUTDA XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

🎉Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 11-oktyabr - Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
🌷Tadbirdan ko‘zlangan maqsad qizlarga ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish hamda talaba-yoshlar orasida bayramona kayfiyat ulashishdan iborat.
🎶Bayram dasturi davomida talaba-qizlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan chiqishlar ishtirokchilarga quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.
🏆Tadbir doirasida institutning ta’lim, ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan, o‘zining tashabbuskorligi va intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan faol talabalar munosib taqdirlandi.
💐Bunday e’tibor va e’tirof talaba-qizlarni yangi marralar sari intilishga, o‘z ustida ishlashga hamda institut hayotida yanada faol bo‘lishga undaydi.
💖Zero, bilimli, ma’rifatli va tashabbuskor qizlar - jamiyat taraqqiyoti va yorug‘ kelajagimiz bunyodkorlaridir!
🌸Barcha talaba-qizlarimizni Xalqaro qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga baxt-saodat, mustahkam sog‘lik, o‘qish va izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

“Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konfer...
10/10/2026

“Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi

Address

Samarqand Viloyati, Oqdaryo Tumani, Dahbet Shaharchasi, Amir Temur Ko'chasi 7
Samarkand
141001

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 15:00

Telephone

+998664928116

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy sahifasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share