24/06/2026
🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda yuksak natijalarni qayd etdi!
🥰😇🥰Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib o‘rin egalladi.
📊Universitetning asosiy ko‘rsatkichlari:
✔️SDG 3 – Sog‘liq va farovonlik — 82-o‘rin
✔️ SDG 4 – Sifatli ta’lim — 101–200-o‘rin
✔️ SDG 17 – Maqsadlar uchun hamkorlik — 201–300-o‘rin
✔️ SDG 1 – Qashshoqlikka barham berish — 301–400-o‘rin
✔️ SDG 5 – Gender tengligi — 301–400-o‘rin
✔️ SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali institutlar — 401–600-o‘rin
🏆 Umumiy THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyo universitetlari orasida 301–400-o‘rinlar guruhidan joy oldi.
Mazkur natijalar universitetning nafaqat xalqaro maydondagi nufuzini, balki mamlakat miqyosidagi yetakchi o‘rinlarini ham tasdiqladi.
🇺🇿 O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 6-o‘rinni egalladi;
🇺🇿 Respublikadagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuqlar universitetda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, sog‘liqni saqlash, xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro e’tirofidir.