10/09/2026
Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Egamberdiyevich Po‘latov boshchiligida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish avvalida markazga ishga qabul qilingan rahbar xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar institut rahbariyatiga tanishtirildi.
Uchrashuv davomida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash va belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazining ustuvor vazifalari va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar borasida yo‘nalishlar belgilab olindi. Markaz faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.