The "Silk Road" International University of Tourism and Cultural Heritage

Call Directions Website Contact the university

The "Silk Road" International University of Tourism and Cultural Heritage "SILK ROAD" INTERNATIONAL UNIVERSITY OF TOURISM AND CULTURAL HERITAGE

19/10/2026

Universitetimiz rektori Muhsinjon Xolmuxamedov “O‘zbekiston 24” telekanalining to‘g‘ridan to‘g‘ri efirida tahliliy intervyu berdi.

Universitetimiz rektori Muhsinjon Xolmuxamedov “O‘zbekiston 24” telekanalining to‘g‘ridan to‘g‘ri efirida tahliliy inter...
19/10/2026

Universitetimiz rektori Muhsinjon Xolmuxamedov “O‘zbekiston 24” telekanalining to‘g‘ridan to‘g‘ri efirida tahliliy intervyu berdi.

Intervyuda Prezidentimizning Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida qutlug‘ qadamjolarga tashrifi va uning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi ahamiyati, shuningdek Qoradaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi jarayoni bilan tanishganligi yoritildi. Shuningdek, bugunning asosiy voqealaridan biri bo‘lgan AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tashrifi, S+1 formatidagi sammit va uning ahamiyati tahlil qilindi.

Universitetimiz Tillar va global tadqiqotlar kafedrasiga xalqaro munosabatlar professori sifatida Professor Volkan Özdem...
15/10/2026

Universitetimiz Tillar va global tadqiqotlar kafedrasiga xalqaro munosabatlar professori sifatida Professor Volkan Özdemir qo‘shilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Professor Volkan Özdemir bakalavr darajasini Turkiyadagi Yaqin Sharq texnika universitetida (Middle East Technical University), magistr darajasini Shvetsiyadagi Uppsala universitetida va PhD darajasini Rossiyadagi MGIMO universitetida olgan.

Ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega professor Özdemir turk, ingliz va rus tillarida chop etilgan ko‘plab ilmiy nashrlari orqali akademik soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Professor Özdemirning universitetimiz akademik jamoasiga qo‘shilganidan mamnunmiz. U kishining ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, shuningdek, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish borasidagi hissasini intiqlik bilan kutib qolamiz.

🎓 2026-YILDA TALABA BO‘LISH IMKONIYATINI QO‘LDAN BOY BERDIM, DEB O‘YLAYAPSIZMI?🔥 HALI IMKONIYATINGIZ BOR!Ta’lim yo‘lingi...
14/10/2026

🎓 2026-YILDA TALABA BO‘LISH IMKONIYATINI QO‘LDAN BOY BERDIM, DEB O‘YLAYAPSIZMI?

🔥 HALI IMKONIYATINGIZ BOR!

Ta’lim yo‘lingiz Samarqandda boshlanib, Xitoyning go‘zal Guilin shahrida davom etishi mumkin!
🏛 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xitoyning Guilin Tourism University oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda “Hunarmandchilik va amaliy san’at” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ikki diplomli bakalavriat dasturiga qabul e’lon qiladi!
💰 Kontrakt to‘lovi — 7,5 million so‘m!

✅ Til sertifikati talab etilmaydi! Biroq xalqaro til sertifikatiga ega abituriyentlarga qabul jarayonida ustunlik beriladi.

📚 TA’LIM DASTURI HAQIDA:

⏳ Ta’lim muddati: 4 yil | 240 ECTS
🎓 Bitiruvchilarga 2 ta bakalavr diplomi
🏫 Ta’lim shakli: kunduzgi, to‘lov-kontrakt asosida
🌐 Ta’lim tili: ingliz tili
📅 O‘qish boshlanishi: 2026/2027-o‘quv yili

🌍 TA’LIM QAYERDA DAVOM ETADI?
🇺🇿 1-kurs — Samarqand, O‘zbekiston
🇨🇳 2–3-kurslar — Guilin, Xitoy
🇺🇿 4-kurs — Samarqand, O‘zbekiston

⏰ HUJJAT TOPSHIRISHNING SO‘NGGI MUDDATI — 2026-YIL 20-OKTABR!

📝 HOZIROQ RO‘YXATDAN O‘TING!
🔗 https://admissions.univ-silkroad.uz
📩 BATAFSIL MA’LUMOT UCHUN:
📞 +998 66 240 67 70
📞 +998 66 240 67 86

📍 Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

🚀 SHOSHILING! XALQARO TA’LIM VA IKKI DIPLOM OLISH IMKONIYATINI QO‘LDAN BOY BERMANG!

01/10/2026

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz ustozlar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Universitetimiz taraqqiyoti, ilm-fan rivoji va yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farovonlik, sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman!

HURMAT BILAN,
M. XOLMUXAMEDOV
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti rektori

28/09/2026

🎥 Xalqaro turizm kuni — Samarkand MTRK nigohida

27-sentabr — Xalqaro turizm kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan tantanali tadbir Samarkand MTRKning “Sharh va tahlil” axborot-tahliliy dasturida yoritildi.

Universitetimizda o‘tkazilgan bayram tadbirida turizm sohasi, uning mamlakatimiz iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘rni, shuningdek, yoshlarni ushbu yo‘nalishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🎬 Tadbirdan tayyorlangan maxsus lavhada tantanali marosimning muhim lahzalari, ishtirokchilar fikrlari va bayramning ko‘tarinki muhiti aks etgan.

| “Sharh va tahlil”

28/09/2026

Universitetimizda Butunjahon turizm kuni keng nishonlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 27-sentabr — Butunjahon turizm kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” axborot dasturida namoyish etildi.

Tantanali marosimda turizm sohasining bugungi rivoji, mamlakatimizning sayyohlik salohiyati hamda yoshlarning ushbu istiqbolli sohaga bo‘lgan qiziqishi va ishtiroki o‘z aksini topdi.

| 27.09.2026

Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida univesitetimiz rektori nutq so'zladi 2026-yil 17-sentabr kuni Samarqand shahr...
18/09/2026

Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida univesitetimiz rektori nutq so'zladi

2026-yil 17-sentabr kuni Samarqand shahrida “Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda xalqaro va xorijiy ekspertlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda turli soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir doirasida fuqarolik jamiyati, ijtimoiy sheriklik, yoshlar, raqamli transformatsiya, ekologik tashabbuslar va mintaqaviy hamkorlikka oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Forumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muxsinjon Xolmuxamedov “Markaziy Osiyoda ekoturizmni rivojlantirish: fuqarolik tashabbuslari va mintaqaviy hamkorlik” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ekoturizmning zamonaviy jamiyat va hududlar rivojidagi o‘rni, ekologik mas’uliyat, mahalliy aholi bandligi, fuqarolik tashabbuslari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Bugungi k***a ekoturizmga faqat turizmning alohida bir turi sifatida qarash yetarli emas. U bir vaqtning o‘zida tabiatni muhofaza qilish, hududlarni rivojlantirish, mahalliy aholi bandligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish va fuqarolik faolligini kuchaytirish vositasidir”, — dedi M. Xolmuxamedov.

Shuningdek, ma’ruzada O‘zbekistonning Zomin, Chortoq, Bo‘stonliq, Nurota, Boysun, Hisor va Omonqo‘ton kabi hududlarining ekoturizm salohiyati, ekologik infratuzilmani rivojlantirishda fuqarolik tashabbuslarining o‘rni hamda “Tashabbusli budjet” mexanizmidan foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Universitetimiz rektori ekoturizmni inson salomatligi va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi yo‘nalish sifatida ham baholab, uni “odamni ekrandan tabiatga, passiv kuzatuvchidan faol ishtirokchiga olib chiqadigan muhit” sifatida ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.

Ma’ruzaning muhim takliflaridan biri “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bazasida Markaziy Osiyo barqaror va ekologik turizm observatoriyasini shakllantirish tashabbusi bo‘ldi.

17/09/2026

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan turizm sohasi vakillari taqdirlandi

✨ Yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimidan lavhalar!Ilhomga boy lahzalar, yorqin chiqishlar va unutilmas taas...
15/09/2026

✨ Yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimidan lavhalar!
Ilhomga boy lahzalar, yorqin chiqishlar va unutilmas taassurotlarga boy kun! 🎓💫

Address

17, University Boulevard
Samarkand

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998662406768

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when The "Silk Road" International University of Tourism and Cultural Heritage posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to The "Silk Road" International University of Tourism and Cultural Heritage:

Shortcuts

Share