12/05/2026
📅 2026-yil 12-13-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida uzoq yillar samarali mehnat qilgan ustoz Narzullayev Ulugʻbek Xayrullayevich tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Raqamli transformatsiya: Telekommunikatsiya, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalar istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tmoqda.
✅ Anjuman avvalida filial direktori Zaynidin Karshiyev so‘zga chiqib, bugungi anjuman ishtirokchilarini qutlash bilan birga, jamoamizning zahmatkash ustozi, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlik fakulteti dekani Narzullayev Ulugʻbek Xayrullayevichni 70 yoshlik yubileyi bilan muborakbod etdi.
✅ Tadbir davomida so‘z olgan barcha mas’ul rahbarlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, mehmonlar hamda ustoz bilan uzoq yillar yelkadosh bo‘lib ishlagan hamkasblari o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar. Ular Ulugʻbek Xayrullayevichning nafaqat rahbar, balki minglab shogirdlarga yo‘l ko‘rsatgan mehribon ustoz ekanliklarini alohida ta’kidlashdi hamda ilm-fani rivojiga, xususan, matematika sohasida kadrlar tayyorlashga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib, chinakam fidoyilik namunasini ko‘rsatayotganini qayd etishdi.