Japan Digital University - Tashkent

Japan Digital University - Tashkent Japan Digital University - O’zbekistondagi ilk Yaponiya IT universiteti

💴 “Universitetingiz kontrakti qimmat. Arzonlari turganda qimmatida o’qishning nima foydasi bor?”Bu — abituriyentlar va u...
20/08/2026

💴 “Universitetingiz kontrakti qimmat. Arzonlari turganda qimmatida o’qishning nima foydasi bor?”

Bu — abituriyentlar va ularning ota-onalaridan eng ko’p esh*tadigan, mutlaqo o’rinli hamda tabiiy savolimizdir. Suhbat davomida ushbu narx ortida qanday aniq va strategik imkoniyatlar turganini asoslab berganimizdan so’ng, 90% insonlar bu shunchaki xarajat emas, balki kelajak uchun adolatli va ishonchli sarmoya ekanligini e’tirof etishadi.

❓ Xo’sh, Japan Digital University ta’lim qiymati nimalar bilan o’lchanadi va nega u o’z narxini to’la oqlaydi?

1. Haqiqiy yaponcha ta’lim

JDU shunchaki nomiga emas, balki to’laqonli Yaponiya ta’lim ekotizimi va sifat standartlariga asoslangan oliygoh hisoblanadi. Bizda ta’lim va yondashuv to’g’ridan-to’g’ri Kunchiqar yurt tajribasiga tayanadi.

2. Bir vaqtning o’zida 3 ta diplom

Talabalarimiz faqatgina bitta universitet bilimi bilan cheklanib qolmaydi. Ular bir vaqtning o’zida ham mahalliy, ham xorijiy (jami 3 ta) nufuzli ta’lim muassasalarining o’quv dasturini o’zlashtirib, xalqaro miqyosda tan olinadigan diplomlarni qo’lga kiritadilar.

3. Yaponiyalik mutaxassislardan ta’lim olish

Universitetimizda o’quv jarayonlari to’liq yapon tizimida tashkil etilgan bo’lib, darslar bevosita Yaponiyadan jalb qilingan malakali o’qituvchilar tomonidan olib boriladi. Bu muhit qat’iy intizom, professionallik va amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

4. Kafolatlangan xalqaro karyera

Bizning asosiy maqsadimiz faqatgina ta’lim berish emas, balki natijani ta’minlashdir. JDU o’z bitiruvchilarini Yaponiyaning TOP kompaniyalariga rasmiy ishga joylashishida amaliy yordam ko’rsatadi va ularning Yaponiyaga to’liq qonuniy, xavfsiz tarzda yo’l olishlarini tashkillashtiradi.

👜 Biz shunchaki diplom sotmaymiz, biz kafolatlangan va yuqori daromadli xalqaro karyerani taklif qilamiz.

Sifatli kelajak va xalqaro miqyosdagi mutaxassis bo’lib yetishish har doim o’ziga yarasha to’g’ri sarmoyani talab etadi.

Universitietga qabul hamon davom etmoqda!

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

🎁 Ertaga notebook egalarini aniqlaymiz!Xabaringiz bor Japan Digital University’ga oʻqishga qabul qilingan abituriyetlar ...
18/08/2026

🎁 Ertaga notebook egalarini aniqlaymiz!

Xabaringiz bor Japan Digital University’ga oʻqishga qabul qilingan abituriyetlar oʻrtasida tanlov e’lon qilgan edik.

Tanlov shartlariga koʻra, JDUga hujjat topshirib, shartnoma to‘lovini amalga oshirganlar ushbu konkursda ishtirok etishlari belgilangan edi.

Endi navbat tanlovning eng hayajonli qismi — g‘oliblarni aniqlashga!

Eng zamonaviy noutbuk o‘z egasini ertaga, jonli efirda topadi.

Tanlov g‘olibi barcha ishtirokchilar orasidan maxsus baraban o‘yini orqali, tasodifiy tarzda aniqlanadi.

🕒 Soat: 19-avgust, soat 16:30 da
📍 Joy: JDUning rasmiy Telegram va Instagram sahifalarida

⚠️ Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! O‘z yutug‘ingizni o‘tkazib yubormaslik uchun jonli efirda bizga qo‘shiling.

Universitietga qabul hamon davom etmoqda!

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

🗞 DTM natijangiz kutilganidek chiqmadimi? Tushkunlikka tushishga shoshilmang!🌏  Japan Digital University sizga zamonaviy...
08/08/2026

🗞 DTM natijangiz kutilganidek chiqmadimi? Tushkunlikka tushishga shoshilmang!

🌏 Japan Digital University sizga zamonaviy kasb egasi bo’lish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.

🚀 Quyidagi talab yuqori bo’lgan yo’nalishlarga kirish imtihonlarisiz qabul qilinishingiz mumkin:
🔹Sun’iy intellekt;
🔹 Kiberxavfsizlik;
🔹 Kompyuter muhandisligi;
🔹 Grafik dizayn.

💡 To’plagan ballingiz yetarli bo’lmagan taqdirda ham xavotirga o’rin yo’q! JDU’ning qo‘shimcha ichki imtihonini topshirish orqali talabalar safiga qo’shilish imkoniyatingiz bor.

Imtihon topshirish shartlari haqida batafsil bilish uchun: https://www.jdu.uz/dtm2026

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

O’rgimchak odamning super kuchi to’rida ammo…“JDU” talabalarining kuchi esa ular bir vaqtning o’zida 3 ta xalqaro daraja...
05/08/2026

O’rgimchak odamning super kuchi to’rida ammo…

“JDU” talabalarining kuchi esa ular bir vaqtning o’zida 3 ta xalqaro darajadagi universitetlarning diplomini olishida.

Oddiy talaba bo’lmang, o’z sohangizning super qahramoniga aylaning!

Bitta joyda o’qib, birdaniga 3 ta nufuzli diplomga ega bo’lish — bu sizning yorqin karyerangiz va kelajakdagi yuqori maoshli ishingiz kafolatidir.

Super qahramon bo’lish uchun o’rgimchak chaqishini kutmang!

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

🇯🇵 🇺🇿 “Fujifilm” kabi global gigantlar nega JDU’ni tanlamoqda?Bugun Japan Digital University’da Yaponiyaning yetakchi te...
04/08/2026

🇯🇵 🇺🇿 “Fujifilm” kabi global gigantlar nega JDU’ni tanlamoqda?

Bugun Japan Digital University’da Yaponiyaning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — “Fujifilm” vakillarini kutib oldik. Ushbu tashrif nafaqat universitetimiz, balki O’zbekiston ta’lim tizimidagi xalqaro standartlar amalda qanday ishlayotganini ko’rsatib berdi.

Tashrif davomida O’zbekistonda Yaponiyaning yuqori ta’lim standartlari to’liq joriy etilgani va innovatsion yondashuv mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Bugungi k***a ta’lim sifatini o’lchaydigan asosiy mezon — bu xalqaro ish beruvchilarning e’tirofidir. JDU o’z talabalariga nafaqat bilim, balki dunyoga chiqish imkoniyatini ham bermoqda.

Hamkorlik va ishonch uchun “Fujifilm” jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!

❤️  Dam olish kunlarida ham siz bilanmiz!ℹ️ Biz uchun har bir abituriyent muhim. Qabul jarayonlarida turli savollar tug’...
31/07/2026

❤️ Dam olish kunlarida ham siz bilanmiz!

ℹ️ Biz uchun har bir abituriyent muhim. Qabul jarayonlarida turli savollar tug’ilishi tabiiy va bunday paytda sizni kerakli ma’lumotlar bilan uzluksiz ta’minlab turish — bizning asosiy vazifamizdir.

📞 Shu sababli, maqsad sari intilayotgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida endilikda haftaning har kuni, dam olishsiz sizga xizmat ko’rsatamiz!

⏰ Haftada 7 kun, 9:00 dan 18:00 gacha

Savollaringiz bormi? Biz doim aloqadamiz!

🚀 Universitetga kirish hali ulgurmadingizmi? JDU’da qabul davom etmoqda!

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

🌍 Bugun, 30-iyul — O’zbekistonda Xalqlar do’stligi kuni!Xalqlar o’rtasidagi do’stlik shunchaki taqvimdagi sana yoxud bal...
30/07/2026

🌍 Bugun, 30-iyul — O’zbekistonda Xalqlar do’stligi kuni!

Xalqlar o’rtasidagi do’stlik shunchaki taqvimdagi sana yoxud balandparvoz so’zlar emas. Bu — turli madaniyatlar, tillar va dunyoqarashlarning bir-birini boyitishi hamda yagona insoniy qadriyatlar atrofida birlashishidir. Yurtimiz azaldan yuzdan ortiq millat va elat vakillari uchun qadrdon uy, chinakam bag’rikenglik maskani bo’lib kelgan.

🇺🇿 🤝 🇯🇵 O’zbekiston va Yaponiya munosabatlari misolida shuni ko’rish mumkinki, chinakam yaqinlik chegaralarga bo’ysunmaydi. Jug’rofiy olislik qalin madaniy aloqalar oldida o’z ahamiyatini yo’qotadi. Yildan-yilga ta’lim, ilm-fan, sport, san’at va adabiyot singari muhim sohalarda tutashayotgan maqsadlarimiz ikki xalq o’rtasidagi munosabatlarning qanchalik jadal rivojlanayotganidan darak beradi.

Aynan mana shunday mushtarak loyihalar va muntazam tajriba almashinuvi turli qit’alarda istiqomat qiluvchi xalqlarni yagona ezgu maqsadlar atrofida birlashtirishga qodirdir. Bu kabi o’zaro hurmat va hamjihatlikka asoslangan munosabatlar esa nafaqat ikki tomonlama hamkorlikning, balki umumjahon xalqlari do’stligining eng yorqin namunasi bo’lib xizmat qiladi.

✨ Xalqlar do‘stligi kuni muborak bo‘lsin! Yurtimizda tinchlik, ahillik va millatlararo totuvlik doimo bardavom bo‘lsin!

⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq!🌏 Japan Digital University o’z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim qilad...
27/07/2026

⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq!

🌏 Japan Digital University o’z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim qiladi!

🔗 Bu imkoniyatlardan foydalanish uchun shunchaki www.jdu.uz saytidan roʻyxatdan o’ting, hujjatlaringizni yuklang, imtihon topshiring va universitetimiz talabasiga aylaning!

📄 Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z tavallud kunlarini nishonlamoqdalar!📈 S...
24/07/2026

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z tavallud kunlarini nishonlamoqdalar!

📈 So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarimiz uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

🌏 Japan Digital University jamoasi Davlatimiz rahbariga sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat hamda xalqimiz farovonligi yo‘lidagi barcha ezgu tashabbuslarida ulkan zafarlar tilaydi.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonni birgalikda, zamonaviy bilim va texnologiyalar bilan bunyod etamiz!

😯 12 yillik oliy ta’limni, 4.5 yilda olish mumkinmi? Boshqa joyni bilmadik-ku ammo Japan Digital Universityda buning ilo...
22/07/2026

😯 12 yillik oliy ta’limni, 4.5 yilda olish mumkinmi?

Boshqa joyni bilmadik-ku ammo Japan Digital Universityda buning ilojisi bor!

🌏 JDU’da oʻqish mobaynida talaba nafaqat JDUning, balki, Oʻzbekiston Jahon tillari Universiteti va Yaponiyadagi hamkor 6 ta universitetdan birining talabasi ham hisoblanadi.

Bu degani siz bir vaqtning oʻzida 3 ta universitet diplomini olasiz!

Ham vaqtdan ham naqtdan tejash mana shunday koʻrinishda boʻladi

Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

Address

Alixon To'ra Sag'uniy Ko'chasi, 44-uy
Tashkend

Telephone

+998712000595

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Japan Digital University - Tashkent posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Japan Digital University - Tashkent:

Shortcuts

Share