Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining rasmiy sahifasi

07/01/2026

Avval xabar qilganimizdek universitetimiz Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi hamda O‘zbekiston Milliy Metrologiya instituti bilan ilk bor hamkorlikda yaratilgan “Sath o‘lchash vositalarini vertikal qiyoslash va kalibrlash etaloni”ni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtgan edi.

Ushbu jarayon OAV nigohida!
Bizni kuzating

🔸 Bugun, 23-dekabr kuni universitetimizning Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida “Kasbiy kompetensiyalar v...
23/12/2025

🔸 Bugun, 23-dekabr kuni universitetimizning Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida “Kasbiy kompetensiyalar va innovatsion taʼlim texnologiyalari: texnika sohasida pedagog kadrlarni tayyorlashda yangi yondashuvlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

🔸 Anjumanda universitetimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov ishtirok etib, sohada kadrlar tayyorlashda innovatsion yondashuvlar, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda zamonaviy taʼlim texnologiyalarining ahamiyati haqida nutq soʻzladilar.

🔸 Konferensiyada respublikaning turli oliy taʼlim muassasalari vakillari, professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar qatnashib, texnika sohasida pedagog kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy-amaliy fikr va takliflarini bildirdilar.
Bizni kuzating

Universitetda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi!❄️ Kirib kelayotgan Yangi yil oldidan universitetimizda bayram shuk...
23/12/2025

Universitetda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi!

❄️ Kirib kelayotgan Yangi yil oldidan universitetimizda bayram shukuhini yanada oshirish hamda eng yaxshi bayramona bezatilgan fakultetlarni aniqlash maqsadida "Yangi yil karvoni" oʻz faoliyatini boshladi.

❄️ Universitetimiz prorektorlari O.Zaripov, Y.Absoatov va rektor maslahatchisi O.Normurodov boshchiligidagi universitet rahbariyati vakillarining keyingi manzili Energetika muhandisligi fakulteti boʻldi.
Bizni kuzating

Universitetda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi!❄️ Kirib kelayotgan Yangi yil oldidan universitetimizda bayram shuk...
23/12/2025

Universitetda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi!

❄️ Kirib kelayotgan Yangi yil oldidan universitetimizda bayram shukuhini yanada oshirish hamda eng yaxshi bayramona bezatilgan fakultetlarni aniqlash maqsadida "Yangi yil karvoni" oʻz faoliyatini boshladi.

❄️ Universitetimiz prorektorlari O.Zaripov, Y.Absoatov va rektor maslahatchisi O.Normurodov boshchiligidagi universitet rahbariyati vakillarining navbatdagi manzili Mexanika muhandisligi fakulteti boʻldi.
Bizni kuzating

Universitetda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi!❄️ Kirib kelayotgan Yangi yil oldidan universitetimizda bayram shuk...
23/12/2025

Universitetda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi!

❄️ Kirib kelayotgan Yangi yil oldidan universitetimizda bayram shukuhini yanada oshirish hamda eng yaxshi bayramona bezatilgan fakultetlarni aniqlash maqsadida "Yangi yil karvoni" oʻz faoliyatini boshladi.

❄️ Universitetimiz prorektorlari O.Zaripov, Y.Absoatov va rektor maslahatchisi O.Normurodov boshchiligidagi universitet rahbariyati vakillarining keyingi manzili Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti boʻldi.
Bizni kuzating

Universitetda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi!❄️ Kirib kelayotgan Yangi yil oldidan universitetimizda bayram shuk...
23/12/2025

Universitetda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi!

❄️ Kirib kelayotgan Yangi yil oldidan universitetimizda bayram shukuhini yanada oshirish hamda eng yaxshi bayramona bezatilgan fakultetlarni aniqlash maqsadida "Yangi yil karvoni" oʻz faoliyatini boshladi.

❄️ Universitetimiz prorektorlari O.Zaripov, Y.Absoatov va rektor maslahatchisi O.Normurodov boshchiligidagi universitet rahbariyati vakillarining ilk manzili Neft va gaz fakulteti bo'ldi.
Bizni kuzating

Bugun, 22-dekabr kuni universitetimizga Xitoy–ShHT Iqtisodiyot va savdo instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonl...
22/12/2025

Bugun, 22-dekabr kuni universitetimizga Xitoy–ShHT Iqtisodiyot va savdo instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni xalqarolashtirish va transformatsiya bo‘yicha prorektor Shavkat Azimov kutib oldi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, universitetimiz bitiruvchilarini Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasiga ishga qabul qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating

ENERGIYA SAMARADORLIGI-2025Ayni daqiqalarda Toshkent davlat texnika universitetida “ENERGIYA SAMARADORLIGI-2025. Intelle...
19/12/2025

ENERGIYA SAMARADORLIGI-2025

Ayni daqiqalarda Toshkent davlat texnika universitetida “ENERGIYA SAMARADORLIGI-2025. Intellektuallashtirish — energetika rivojlanishining kelajagi” mavzusida Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi oʻtkazilmoqda.

Anjumanning maqsadi-elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash hamda undan oqilona foydalanish borasida mavjud muammolarni muhokama qilish va bartaraf etish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va olingan natijalar hamda elektr energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalasi boʻyicha tajriba almashishdan iborat.

Anjuman ishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
1. Yoqilgʻi-energetika kompleksini global tranformatsiyalashda yangi yondashuvlar, energiyasamaradorligi, energiya va resurs tejamkorligi.
2. Innovatsion elektr energetika: detsentralizatsiya, raqamlashtirish, intellektuallashtirish, dekarbonizatsiya.
3. Zamonaviy issiqlik energetikasi: fan va amaliyot masalalari.
4. Qayta tiklanuvchi, atom va vodorod energetikasi asosida energetik tizimlar: ishlatilishi, modernizatsiyasi, rivojlanishi.
5. Suv energetikasi muammolari va Markaziy Osiyo mamlakatlarining bu sohadagi hamkorligi.
6. Zamonaviy energetika uchun mutaxassislar tayyorlash: tajriba, uslubiyat, muammolar, istiqbollar.
Anjumanning bu yilgi ishtirokchilari soni 180 nafarni tashkil etgan boʻlib, ularning 40 nafardar ortig‘i MDH davlatlari va horijiy mamlakatlar ishtirokchilarini qamrab oladi. Jumladan, Xitoy, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Yaponiya, Belorussiya, Janubiy Koreya davlatlaridan sohaning yetakchi olimlari ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Bizni kuzating

XITOY–O‘ZBEKISTON ENERGETIKA TIZIMLARINI VA ELEKTR TA’MINOTINI SIMULYATSIYA QILISH QO‘SHMA MARKAZIUniversitetimiz Energe...
19/12/2025

XITOY–O‘ZBEKISTON ENERGETIKA TIZIMLARINI VA ELEKTR TA’MINOTINI SIMULYATSIYA QILISH QO‘SHMA MARKAZI

Universitetimiz Energetika muhandisligi fakulteti “Elektr ta’minoti” kafedrasi negizida “O‘zbek–Xitoy” xalqaro loyihasi doirasida Xitoyning Changtong Technology kompaniyasi homiyligi asosida tashkil etilgan “Xitoy–O‘zbekiston energetika tizimlarini va elektr ta’minotini simulyatsiya qilish qo‘shma markazi” foydalanishga topshirildi.

Xitoylik hamkorning homiyligi asosida mazkur markaz 12 ta zamonaviy kompyuter texnikasi hamda qiymati 120 ming AQSh dollari boʻlgan maxsus dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlandi. Ushbu texnik baza elektr ta’minoti tizimlarini simulyatsiya qilish, katta hajmdagi hisoblash va tahlil ishlarini amalga oshirish, elektr tarmoqlarining turli ish rejimlaridagi holatini modellashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonida virtual laboratoriyalarni tashkil etish imkonini yaratadi.

Mazkur qoʻshma markaz Sharqiy Shimoliy Elektr Energetikasi Universiteti (NEEPU), Xitoy Elektr Energetikasi Tadqiqot Instituti, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK hamda universitetimiz oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida tashkil etildi. Ushbu hamkorlik fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasiga asoslangan holda yoʻlga qoʻyildi.
Bizni kuzating

2-QISMToshkent davlat texnika universiteti BNTUning 105 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etdi12-dekabr kuni Belarus ...
15/12/2025

2-QISM
Toshkent davlat texnika universiteti BNTUning 105 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etdi

12-dekabr kuni Belarus Milliy Texnik Universitetida (BNTU) 105 yillik yubiley munosabati bilan “Iqtisodiyot rivojida ilmiy-texnologik tendensiyalar va kelajak kadrlarini tayyorlash” mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtdi.

Tadbirda universitetimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Forum davomida rektorimiz, akademik Sadritdin Turabdjanov so‘zga chiqib, BNTUni 105 yilligi bilan samimiy tabrikladilar. Nutq davomida universitetning texnika sohasidagi yutuqlarini yuqori baholab, kelgusida ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirish Oʻzbekiston uchun ham muhim ekanini ta’kidladilar.

Forum doirasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, kadrlar tayyorlash hamda innovatsion hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida TDTU va BNTU o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlar yanada mustahkamlandi.
Bizni kuzating

1-QISMBelarus Milliy Texnik Universitetida (BNTU) bo‘lib o‘tgan 105 yillik yubiley tadbirlari doirasida, universitet rek...
15/12/2025

1-QISM
Belarus Milliy Texnik Universitetida (BNTU) bo‘lib o‘tgan 105 yillik yubiley tadbirlari doirasida, universitet rektori Sergey Vasilyevich Xaritonchik O‘zbekistondan kelgan delegatsiyani samimiy kutib oldi.

Delegatsiya tarkibidan universitetimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov boshchiligidagi rahbariyat vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat transport universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari oʻrin oldi.
Bizni kuzating

Address

Universitet Ko'chasi 2-uy
Tashkent
100095

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998712074445

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti:

Share