Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers

Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers, College & University, Tashkent.

“Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi...
04/12/2025

“Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi...

🌙Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!
30/03/2025

🌙Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!

📣  🇺🇿 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektorining tegishli buyrug'i bilan Fayzullaxoʻjayev Behzod Shahzod o'g'li ...
13/01/2025

📣

🇺🇿 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektorining tegishli buyrug'i bilan Fayzullaxoʻjayev Behzod Shahzod o'g'li Rektorning yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi – O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining unversitetdagi Boshlang’ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi lavozimiga tayinlandi.

🗞 U bunga qadar universitetning "Sudents' Union" jamoasida vitse-prezident lavozimida faoliyat olib borgan.

Bugun 8-yanvardan boshlab "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida dars jarayonlar boshlandi---С сегодняшнего дня, 8 янв...
08/01/2025

Bugun 8-yanvardan boshlab "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida dars jarayonlar boshlandi

---

С сегодняшнего дня, 8 января, в Национальном исследовательском университете «ТИИИМСХ» начался учебный процесс.

---

Starting from today, January 8, the educational process has resumed at the National Research University “TIAME”.

   🗣“Yilning eng faol talabasi – 2024” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot univer...
24/12/2024



🗣“Yilning eng faol talabasi – 2024” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tarixida ilk bora Ibrohimov No’monjon Nozimjon o‘g‘li 1-o‘rin g’olibi deb topildi

🟢Ayni kunlarda, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Yilning eng faol talabasi – 2024” respublika ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur bosqichda har bir nominatsiya bo‘yicha saralash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 5 nafardan nomzod o‘z taqdimotlari billan ishtirok etmoqda.

🏆 Tanlov natijalariga ko’ra, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo’yicha “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 408-guruh talabasitalabasi Ibrohimov No‘monjon Nozimjon o‘g‘li faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

😇 No‘monjon Nozimjon o‘g‘lini ushbu muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

"ТИҚХММИ" Миллий тадқиқот университети Кенгаш Аъзолари томонидан университет ҳудудида "Яшил Макон" умуммиллий лойиҳаси д...
17/11/2024

"ТИҚХММИ" Миллий тадқиқот университети Кенгаш Аъзолари томонидан университет ҳудудида "Яшил Макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида янги боғ яратилди

Унда университетнинг ректори, проректорлари, академиклар, фахрий профессор-ўқитувчилар, факултет деканлари ва уларнинг жамоаси, кафедра мудирлари ва ўқитувчилар, шунингдек кўнгилли талабалар иштирок этдилар.

Янги боғга қарийб 45 га яқин арча дарахтлари экилди

🏆QS халқаро рейтинг агентлиги 2024 йил учун QS World University Rankings:Asia натижаларини эълон қилдиУнда “Тошкент ирри...
06/11/2024

🏆QS халқаро рейтинг агентлиги 2024 йил учун QS World University Rankings:Asia натижаларини эълон қилди

Унда “Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш мухандислари институти” Mиллий тадқиқот университети QS халқаро рейтинг агентлиги томонидан 2025 йил учун эълон қилинган QS Asia University Rankings: Asia да 90 поғона юқорилаб, 159 ўринни эгаллади.

Марказий Осиё университетлари орасида эса 7 ўринда эътироф этилди.

Ушбу рейтинг натижаларига кўра, “TИҚХММИ” Mиллий тадқиқот университети 44,9 балл тўплаб, Ўзбекистон университетлари орасида 1-ўринда бўлди.

Осиё ва тинч океан минтақаси университетлари рейтингда эътироф этилган 984 та университетлари орасида “TИҚХММИ” Mиллий тадқиқот университети ТОП-16% университетлар қаторида жой эгаллади

Университет жамоасини ушбу буюк натижа билан муборакбод этаман!

“ТИҚХММИ” Миллий тадқиқот университети ректори Баҳодир Мирзаев

Бугун "ТИҚХММИ" Миллий тадқиқот университини THE Халқаро рейтинг агентлигининг Дунё университетлар рейтингида TOP 601+ ў...
11/10/2024

Бугун "ТИҚХММИ" Миллий тадқиқот университини THE Халқаро рейтинг агентлигининг Дунё университетлар рейтингида TOP 601+ ўрни муносабати билан тантанали тадбир бўлиб ўтди

Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin! 🇺🇿 Aziz va qadrli yurtdoshlar, barchangizni Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan ch...
01/09/2024

Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin!

🇺🇿 Aziz va qadrli yurtdoshlar, barchangizni Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan chin dildan muborakbod etamiz.

🏆 Faqat oldinga intiling va hayotda yuksak marralarga erishing. O’qing, rivojlaning va yangi ufqlarni zabt eting, biz esa bu borada sizni qo’llab-quvvatlaymiz.

Buyuk yurtimizga tinchlik va omonlik tilaymiz!

❤️ Hurmat bilan, ‘’TIQXMMI’’ Milliy tadqiqot universiteti

Олий таълим муассасаларида янги ўқув йили 9 сентябрда бошланадиАкадемик лицейларда эса янги ўқув йили 4 сентябр кунидан ...
23/08/2024

Олий таълим муассасаларида янги ўқув йили 9 сентябрда бошланади

Академик лицейларда эса янги ўқув йили 4 сентябр кунидан бошланиши белгиланган.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmao...
08/08/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti filialini tantanali ravishda ochdilar

TUG’ILGAN KUNINGIZ MUBORAK, HURMATLI PREZIDENTIM!Bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Mi...
24/07/2024

TUG’ILGAN KUNINGIZ MUBORAK, HURMATLI PREZIDENTIM!

Bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomini katta mamnuniyat bilan nishonlaymiz. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti nomidan samimiy tabriklarimizni bildiramiz!

Sizning beqiyos rahbarligingiz va oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi tinimsiz sa’y-harakatlaringiz tufayli O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Sizning mukammallik va innovatsiyalarga bo’lgan intilish bizni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi. Xususan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti nafaqat respublika miqyosida, balki xalqaro maydonda ham quvonarli natijalarga erishdi.

Masalan, dunyoning eng nufuzli QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2025-yilgi jahon universitetlari reytingi natijalariga ko‘ra, siz o‘qib, uzoq yillar mehnat qilgan universitetimiz munosib TOP-547-o‘rinni egalladi. Bu yutuq mamlakatimizda ta’lim va ilmiy izlanishlar yuksak saviyada ekanining tasdig‘idir.

Sizning xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan inqilobiy islohotlaringiz millatimiz kelajagi bo‘lmish uchinchi renesansning mustahkam poydevorini qurmoqda. Sizga sihat-salomatlik, umr boqiylik, oilaviy xotirjamlik, farzandlaringiz, nevaralaringiz va xalqimiz baxtiga doimo omon bo‘lishingizni Ollohdan tilab qolamiz!

Chuqur hurmat va ezgu tilaklar bilan,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi

Address

Tashkent
181300

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers:

Share