09/05/2026
📘Ta’limdagi islohotlar — amaliyotda!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-2-son Qarori hamda o‘quv tizimidagi yangilanishlar ijrosi doirasida Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi professor-o‘qituvchilari navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdilar.
👨🏫Yig‘ilish davomida sho‘ba mudiri, yuridik fanlar doktori, professor S. Yusupov tomonidan ta’limni yanada amaliy va samarali qilishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi:
🔹Mahallalarda huquqiy targ‘ibot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish
🔹 Universitet talabalari uchun Qarorlar mazmunini tushuntirish ishlarini olib borish
🔹 Dual ta’lim yo’nalishlarida takliflar ishlab chiqish
🔹 Talabalar bilan amaliy kazuslar tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirish
🤝Ushbu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda barcha professor-o‘qituvchilarning birgalikdagi harakati muhimligi alohida ta’kidlandi.
✨Nazariya emas — amaliy natija. Ta’limda yangi bosqich!
Bizdan uzoqlashmang, yangi loyihalarimizni kuzatib boring!
📸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram
📱Instagram
📱 Facebook