Nordic International University

Nordic International University Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Nordic International University, College & University, Bunyodkor, Tashkent.

📣 Toshkent shahridagi matematika va fizika fani o‘qituvchilari diqqatiga!Barchangizni “Hokim sovrini” olimpiadasida isht...
24/11/2025

📣 Toshkent shahridagi matematika va fizika fani o‘qituvchilari diqqatiga!
Barchangizni “Hokim sovrini” olimpiadasida ishtirok etishga chorlaymiz!

Tashkilotchilar:

Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Xalqaro Nordik universiteti
IDC (Intelligence Development
Center) ta’lim markazi.

🏁 1-bosqich 🗓 7-dekabr kuni onlayn tarzda o‘tkaziladi.

🏁 2-bosqich 🗓 14-dekabr kuni offlayn shaklda tashkil etiladi.

✅ 1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar o‘qituvchi 2-bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🏆 ASOSIY SOVRIN!

Eng yuqori natija ko‘rsatgan 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari uchun:

🛫 Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy stajirovka! (Barcha xarajatlar to‘liq qoplab beriladi.)

📌 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:





📌 YO‘RIQNOMA https://www.youtube.com/watch?v=fo3-7KAAcjI

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998555084400

TDT Bosh kotibi Xalqaro Nordik universitetiga tashrif buyurdi2025-yil 15-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrifi doirasida To...
15/11/2025

TDT Bosh kotibi Xalqaro Nordik universitetiga tashrif buyurdi

2025-yil 15-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Xalqaro Nordik universiteti (XNU)ga oliygoh rahbariyati tashabbusi bilan tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Bosh kotib Omuraliyev XNU Kuzatuv kengashi raisi Alisher Jo‘rayev va universitet rektori Dr. Sherzod Mustafoqulov bilan uchrashdi.

Bosh kotib universitet rahbariyatini XNUning yaqinda Turkiy universitetlar ittifoqi (TURKUNIB)ga a’zo bo‘lgani bilan tabriklab, 2025–2026-yillar uchun TURKUNIBga raislik qilayotgan Toshkent xalqaro universiteti (TXIU) bilan faol hamkorlikni kuchaytirishga choradi.

Shuni ta’kidlash joizki, XNU 2025-yil 15-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan TURKUNIBning 8-Bosh Assambleyasida ushbu ittifoqqa a’zo bo‘lgan.

Uchrashuvda, shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va turkiy davlatlar o‘rtasida akademik aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar ayniqsa TURKUNIBning Orxun almashinuv dasturi doirasida qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, XNU tomonidan amalga oshirilayotgan turli loyihalar Bosh kotibga taqdim etildi va tomonlar yaqin kelajakda ta’lim tashabbuslarini ishlab chiqish hamda ularni hayotga tatbiq etishda hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🇺🇿🇫🇮 Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga tashrifi doirasida Xalqaro Nordik universitetiga tashrif buyurd...
30/10/2025

🇺🇿🇫🇮 Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga tashrifi doirasida Xalqaro Nordik universitetiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Finlandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb 29-oktyabr – 1-noyabr kunlari mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lmoqda.

Tashrif doirasida bugun, 30-oktyabr kuni Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Xalqaro Nordik Universitetiga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mas’ullari, universitet rahbariyati, Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli, universitet Boshqaruv kengashi raisi Alisher Jo‘rayev va akademik jamoa katta ehtirom bilan kutib oldilar.

Finlandiya hukumati tomonidan universitetga taqdim etilgan Karl Gustav Mannergeym tarixiy foto-ko‘rgazmasi bilan tanishuv amalga oshirildi va oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazildi.

Shuningdek, “Nordic EdTech & Innovatsion HUB” modeli taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda Finlandiya va Nordik davlatlari ta’lim modeli asosida ta’lim–ilm-fan–ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, Finlyandiya oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, ikki diplomli ta’lim loyihalari va akademik almashinuvni kengaytirish, talabalar uchun Work & Travel Finland dasturini rivojlantirish va kvotalarni bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlar natijalari Finlandiya davlat rahbarini mamnun qildi.

Uchrashuvda har ikki oyda fin bog‘cha va maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston pedagoglari uchun stajirovkalarni tizimli tashkil etish va ularning samaradorligini yanada oshirish, Nordik davlatlari hamkorligida biznes forumlari, innovatsiya sammitlari va xalqaro akademik konferensiyalar o‘tkazilishi mazkur yo‘nalishlarda rivojlanish omili bo‘layotgani ta’kidlandi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Xalqaro Nordik universiteti tomoni o‘zaro hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini yanada kengaytirish, bu borada yanada istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirishni ko‘zda tutayotganini ma’lum qildi.

Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Xalqaro Nordik universitetining yirik ta’lim tashabbuslaridan biri — Nordik xalqaro maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Finlandiya ta’lim modelining ilg‘or tajribalari asosida faoliyat yuritayotgan maktabda amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi. Davlat rahbari maktabning kelgusi rivojiga oid muhim tavsiyalar bildirib, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashdi.

🏆 Nordik universiteti talabalari "Oltin qalam" sohiblari! ✨Xalqaro Nordik universiteti magistrantlari va mustaqil izlanu...
02/07/2025

🏆 Nordik universiteti talabalari "Oltin qalam" sohiblari! ✨

Xalqaro Nordik universiteti magistrantlari va mustaqil izlanuvchisi “Oltin qalam-2025” XIX Milliy mukofoti tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!

Umidjon Mamarasulov – Jurnalistika magistranti, “Daryo” muxbiri. U “OAVda e’lon qilingan eng yaxshi milliy kontent” yo‘nalishida e’tirof etildi.

Umidjon Pirboyev – “Mening yurtim” TV jurnalisti, Jurnalistika magistranti. Tahliliy materiallari uchun jamoaviy tarzda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Farida Islomova – Menejment ixtisosligi mustaqil izlanuvchisi, “Dunyo” AA bosh mutaxassisi. Internet yo‘nalishida 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi!

Faxrimiz bo‘lgan bu iste’dodli vakillarimizni tabriklaymiz!

📁 Universitet Kengashining 7-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi2024/2025 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan Kengashda o‘quv v...
02/07/2025

📁 Universitet Kengashining 7-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2024/2025 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan Kengashda o‘quv va ilmiy faoliyat, klublar ishlari, yozgi ta’til tadbirlari, Alumni platformasi, yangi adabiyotlarni nashrga tavsiya etishga bag‘ishlangan qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar oldida turgan vazifalar belgilandi. Ilmiy tadqiqotlar, repozitoriy tizimi va doktorantlar faoliyati tahlil qilindi.

Talabalar uchun “Work and Travel” dasturi, ko‘ngilochar va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkillash rejalari belgilandi.

Kengash yig‘ilishida rektor Sherzod Mustafakulov Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri Munis Abdullayevga professorlik attestatini topshirdi va samimiy tabrikladi.

Kengashda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

🏆 "TasIMO-2025" olimpiadasining g‘oliblarini taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda!
21/05/2025

🏆 "TasIMO-2025" olimpiadasining g‘oliblarini taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda!

09/05/2025

19/04/2025

Мои публикации получили 300 реакций и комментариев за последнюю неделю! Спасибо вам всем за поддержку! 🎉

𝗫𝗮𝗹𝗾 𝗸𝗼‘𝗻𝗴𝗹𝗶𝗱𝗮 𝘆𝗮𝘀𝗵𝗮𝗿 𝗯𝗶𝗿 𝘇𝗼𝘁 — 𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿𝗶𝘆! O‘tmish zamon soyasida dardli sado yangraydi: “Тушимга киради Қодирий бобом...”...
11/04/2025

𝗫𝗮𝗹𝗾 𝗸𝗼‘𝗻𝗴𝗹𝗶𝗱𝗮 𝘆𝗮𝘀𝗵𝗮𝗿 𝗯𝗶𝗿 𝘇𝗼𝘁 — 𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿𝗶𝘆!

O‘tmish zamon soyasida dardli sado yangraydi: “Тушимга киради Қодирий бобом...”

✍ She’r muallifi: Muhammad Yusuf, O‘zbekiston xalq shoiri

🎤 O‘qidi: Sitorabonu Shomurodova, Nordik universiteti dotsenti.

📌 Tarix bilan muloqot, yodnoma satrlar bu yerda 📽

Тушимга киради Қодирий бобом,Бемадор, бемажол, беҳол, беором.Эгнига эски бир тўн кийиб олган,(Шинелдир балки у, кимдандир қолган).... ✍️ Sheʼr muallifi: O'zb...

⚡️𝗪𝗲𝗹𝗰𝗼𝗺𝗲 𝘁𝗼 𝗡𝗼𝗿𝗱𝗶𝗰 𝗨𝗻𝗶𝘃𝗲𝗿𝘀𝗶𝘁𝘆, 𝗠𝗲𝗺𝗯𝗲𝗿𝘀 𝗼𝗳 𝗣𝗮𝗿𝗹𝗶𝗮𝗺𝗲𝗻𝘁 𝗳𝗿𝗼𝗺 𝘁𝗵𝗲 𝗡𝗼𝗿𝗱𝗶𝗰 𝗖𝗼𝘂𝗻𝘁𝗿𝗶𝗲𝘀!National pride. Cultural exchange. Unfor...
10/04/2025

⚡️𝗪𝗲𝗹𝗰𝗼𝗺𝗲 𝘁𝗼 𝗡𝗼𝗿𝗱𝗶𝗰 𝗨𝗻𝗶𝘃𝗲𝗿𝘀𝗶𝘁𝘆, 𝗠𝗲𝗺𝗯𝗲𝗿𝘀 𝗼𝗳 𝗣𝗮𝗿𝗹𝗶𝗮𝗺𝗲𝗻𝘁 𝗳𝗿𝗼𝗺 𝘁𝗵𝗲 𝗡𝗼𝗿𝗱𝗶𝗰 𝗖𝗼𝘂𝗻𝘁𝗿𝗶𝗲𝘀!

National pride. Cultural exchange. Unforgettable impressions...

30 distinguished delegates of the Inter-Parliamentary Union were welcomed at Nordic not as guests, but as friends!

📌 See how Nordik became a bridge of friendship in this video 👇

📽

National pride. Cultural exchange. Unforgettable impressions...30 distinguished delegates of the Inter-Parliamentary Union were welcomed at Nordic not as gue...

Address

Bunyodkor
Tashkent
100093

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Nordic International University posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Nordic International University:

Share