26/06/2020
🏢 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) 150 dan ortiq xalqaro shartnomalarga ega va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridagi oliy o'quv yurtlari bilan faol hamkorlik qiladi. 🤝
✔️ Yevropaning yetakchi universitetlari qatoriga quyidagilar kiradi: Germaniyaning Bremenhaven va Bremen universitetlari, Polshaning Yagelonov universiteti, Chexiyaning Charlz universiteti, Latviyaning Turiba universiteti, Italiyaning Genova universiteti, Ispaniyaning Las Palmas de Gran Kanariya, AQShning Vayominq va Vebster universitetlari va boshqalar. 🌍
📑 Shu bilan birga, 2018 yildan boshlab Rossiyaning Ural davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda qo'shma dasturlar yuritilib kelinmoqda. 🇷🇺 Xususan, 200 dan ortiq talabalar Rossiyaning Ural davlat iqtisodiyot universitetida iqtisodiyot, menejment va savdo yo'nalishlari bo'yicha, shuningdek 100 ga yaqin talabalar Avstriyaning Krems amaliy fanlar universitetida eksportga yo'naltirilgan menejment, turizm va hordiq menejment yo'nalishlari bo'yicha tahsil olishmoqda.
🇲🇾 Shuningdek, shu yil 15 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Mara (Malayziya) texnologik universiteti o'rtasida ta'lim, tadqiqot, ilmiy va institutsional almashinuv sohasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Bundan tashqari, har yili 100 dan ortiq professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar va universitet xodimlari xalqaro treninglar va almashuv dasturlari va grantlari bo'yicha malaka oshiradilar👩🏫👨🏫
TDIU va xalqaro universitetlar o'rtasida 150 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolangan. Ushbu almashuvlarning moliyaviy sharoitlari mamlakat va hamkor universitetga bog'liq. Talaba almashish dasturi TDIU talabalariga Rossiya, Qozog'iston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh universitetlarida o'qish imkoniyatini beradi. 🤝