29/07/2026
Ma’lumot tadbiri: Germaniyada hamshiralik kasbi va kasbiy rivojlanish yo’llari
Siz Germaniyada hamshiralik kasbiga qiziqasizmi va ushbu sohada qanday kasbiy faoliyat yuritish mumkinligi haqida ko’proq bilishni istaysizmi?
Unda sizni ma’lumot tadbirimizga taklif qilamiz!
Ma’ruzachi Feruza Ismatillayeva Germaniyadagi ta’lim va kasbiy faoliyati haqida shaxsiy tajribasi bilan o’rtoqlashadi. U Germaniyada olgan kasbiy ta’limi, bakalavr bosqichidagi o’qishi hamda bugungi k***a Germaniya sog’liqni saqlash tizimidagi faoliyati haqida so’zlab beradi. Shuningdek, Germaniyaga kelish yo’lida duch kelgan tajribalari, qiyinchiliklari va erishgan yutuqlari haqida samimiy ma’lumot beradi.
Sizni nimalar kutmoqda?
✅ Klinikadagi k***alik ish jarayonidan haqiqiy tajribalar
✅ Hamshiralik standartlari, talablar va til bilimlari haqida ma’lumot
✅ Ta’lim yoki ish faoliyatiga tayyorgarlik bo’yicha amaliy tavsiyalar
✅ Germaniyada hamshiralik mutaxassislariga qo’yiladigan talablar
🥽 VR (virtual reallik) ko‘zoynagi yordamida hamshiralik olamiga sho‘ng‘ing va Germaniyadagi hamshiralar ish kunini interaktiv tarzda boshdan kechiring.
Taqdimotdan so’ng ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berish va ma’ruzachi bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
📅 Sana: 2026-yil 6-avgust, payshanba
🕔 Vaqti: 17:00–19:00 (Toshkent vaqti)
📍 Joy: O’zbekistondagi Gyote instituti kutubxonasi, Toshkent
🌐 Til: O’zbek va nemis tillarida
🎟️ Ishtirok etish bepul
ℹ️ Ushbu tadbir faqat ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, Germaniyada hamshiralik kasbi va ushbu sohadagi ish faoliyati haqida ko’proq ma’lumot olishni istagan qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.
Ishgirok etish uchun ro’yxatdan o’tish talab qilinadi. Link bioda.
Sizni tadbirimizda kutib qolamiz!