TATU Akademik litsey

TATU Akademik litsey Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litsey

🌟 SAT — 1600/1600 🌟🏆 PERFECT SCORE 🏆👏 MAXIMAL NATIJA 👏Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchilari x...
16/05/2026

🌟 SAT — 1600/1600 🌟
🏆 PERFECT SCORE 🏆
👏 MAXIMAL NATIJA 👏

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchilari xalqaro SAT imtihonida yana yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi.

Xususan, litseyning iqtidorli o‘quvchisi Maxkamova Madina SAT imtihonida maksimal — 1600 ball natija qayd etib, katta muvaffaqiyatga erishdi va rekord natijani yangiladi. 🌟

Bu yutuq o‘quvchining bilimga bo‘lgan intilishi, tinimsiz mehnati hamda ustozlar va ota-onalarining qo‘llab-quvvatlovi samarasi hisoblanadi.

Maxkamova Madinani ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz! 👏👏👏👏

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchilari O‘zbekiston Davlat satira teatriga tashrif buyurib, “Tu...
26/03/2026

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchilari O‘zbekiston Davlat satira teatriga tashrif buyurib, “Tundagi o‘g‘rilik” nomli spektaklni tomosha qildilar.
Spektakl davomida yoritilgan insoniy fazilatlar va hayotiy saboqlar o‘quvchilar uchun muhim ma’naviy ozuqa bo‘ldi. Teatr san’ati orqali ular nafaqat hordiq chiqardilar, balki estetik didlarini boyitib, hayotga bo‘lgan qarashlarini yanada kengaytirdilar.
Shu bilan birga, ushbu ajoyib
spektaklni yuksak mahorat bilan sahnalashtirgan aktyorlarga hamda teatr rahbari Mirzobek Xolmedovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularning fidokorona mehnati va san’atga bo‘lgan muhabbati tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Assalomu alaykum, hurmatli ayol ustozlar!  Bahorning ilk bayrami 8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qa...
09/03/2026

Assalomu alaykum, hurmatli ayol ustozlar! Bahorning ilk bayrami 8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.⚘️⚘️⚘️

Ayol — mehr va sadoqat timsoli, oilaning tayanchi, jamiyatimizning go‘zalligi va barakasi hisoblanadi. Siz aziz ustozlar nafaqat yoshlarimizga bilim berib, ularni kelajak sari yetaklayotgan fidoyi pedagoglarsiz, balki mehribon ona, oqila opa-singil va jamiyatimizning eng faol vakillaridirsiz.⚘️⚘️⚘️

Akademik litseyimiz hayotida ham sizlarning mehnatingiz, sabr-toqatingiz va mehringiz alohida o‘rin tutadi. Yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan hissangiz, fidokorona mehnatingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.⚘️⚘️⚘️⚘️⚘️

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hayotingiz doimo quvonch, mehr va bahoriy kayfiyat bilan to‘lib-toshin. Go‘zalligingiz, mehringiz va donoligingiz hech qachon kamaymasin.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muhtarama ayollar!

Akademik litseyda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ust...
09/03/2026

Akademik litseyda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ustoz ayollar, litseyda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda o‘quvchi qizlar e’tirof etilib, ularga samimiy tabriklar bildirildi.
Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va kuy-qo‘shiqlar namoyish etilib, tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Shuningdek, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati va yoshlar tarbiyasidagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir barchaga bayramona kayfiyat ulashib, xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Yo‘l harakati xavfsizligi – barchamizning mas’uliyatimizAkademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga...
09/03/2026

Yo‘l harakati xavfsizligi – barchamizning mas’uliyatimiz
Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida mutaxassislar o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, piyodalar xavfsizligi, transport vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yo‘llarda yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.
Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda yo‘l harakati xavfsizligi har bir fuqaroning hayoti va salomatligi uchun muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. 🚦

02/03/2026

# # BITIRUVCHILAR, DIQQAT !!! # #

❇️ Oliy ta’lim tanlash jarayoni — Siz uchun kelajakni belgilovchi eng muhim qadamdir.
🟢 Zamonaviy kasb egasi bo‘lishni istaysizmi?
🟣Unda sizni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti chorlaydi!

💻 Nega aynan TATU?

🔹 Axborot texnologiyalari, dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik kabi zamonaviy va talab yuqori yo‘nalishlar
🔹 Hozirda eng zamonaviy kompyuter texnikalari va laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan o‘quv xonalari
🔹 Innovatsion inkubatsiya markazlari va startap loyihalar uchun keng imkoniyatlar
🔹 Xalqaro hamkorlik va nufuzli IT kompaniyalar bilan amaliyot dasturlari
Bugun to‘g‘ri tanlov qilgan yosh — ertaga yetakchi mutaxassis bo‘ladi.
Kelajagingizni texnologiyalar bilan bog‘lamoqchimisiz?
Unda TATU sizni kutmoqda!!!
📌 Zamonaviy bilim, ilg‘or texnologiya va mustahkam kelajak sari dadil qadam qo‘ying!

Akademik litseyning guruh rahbarlari  ijarada yashovchi o‘quvchilarning yashash sharoitlarini o‘rganish va ularning xavf...
28/02/2026

Akademik litseyning guruh rahbarlari ijarada yashovchi o‘quvchilarning yashash sharoitlarini o‘rganish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida nazorat ishlari olib borishdi.
Guruh rahbarlari o‘quvchilardan xabar olib, ular bilan is gazi xavfi, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish qoidalari haqida profilaktik suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida gaz plitalari va isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmaslik, xonalarni muntazam shamollatib turish, nosoz elektr simlari va rozetkalardan foydalanmaslik, tungi vaqtda elektr jihozlarini o‘chirib qo‘yish kabi muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur targ‘ibot ishlari o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini asrash, favqulodda holatlarning oldini olish hamda mas’uliyat hissini yanada oshirishga qaratildi.
Akademik litseyda tahsil olayotgan har bir o'quvchining ijtimoiy hayotdagi o'rni biz uchun muhim...

🇺🇿🇺🇿🇺🇿PAYSHANBA- YOSHLAR KUNI 🟢 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida  26-fevral kuni  yoshlar o'rtasida...
27/02/2026

🇺🇿🇺🇿🇺🇿
PAYSHANBA- YOSHLAR KUNI

🟢 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida 26-fevral kuni yoshlar o'rtasida innovatsion g‘oyalarga boy bo'lgan Startap loyihalar taqdimoti tashkil etildi.
🟣 Yoshlar tomonidan 10 ta startap loyihalar namoyish etildi.
🟠 Hay'at a'zolari tomonidan jamoalarning istiqbolli g‘oyasi, amaliy yechimlari hamda loyiha taqdimoti qo'llab- quvvatlandi.
🔵 Yoshlarning kreativ yondashuvi, tashabbuskorligi va zamonaviy fikrlashi alohida e’tirof etildi.
🟠 Mazkur tadbir yoshlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🚀 Kelajak — yoshlar g‘oyalarida!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida 26-fevral kuni psixolog D.Sagdullayeva  o‘quvchilardan   yoshlarni...
26/02/2026

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida 26-fevral kuni psixolog D.Sagdullayeva o‘quvchilardan yoshlarni bugungi kundagi qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari to'g'risida so‘rovnoma tashkil etdi.
So‘rovnoma davomida o‘quvchilarning litseyni tanlash sabablari, qiziqqan fanlari, ta’lim sifati darajasi hamda kelajakdagi kasb va oliy ta’lim bo‘yicha rejalari o‘rganildi. O‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon qilib, taklif va tavsiyalarini ham bildirdilar.
Ushbu so'rovnoma o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan payshanba kuni "Yoshlar kuni" etib belgilandi:✅️  Muhammad al-Xor...
26/02/2026

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan payshanba kuni "Yoshlar kuni" etib belgilandi:
✅️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida 26-fevral kuni "Yoshlar kuni: tizimli yondashuv va amaliy natijalar" mavzusida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
✅️ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik B. Ashirmatova
✅️ Yunusobod tumani IIO FMB XPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik Q.Baxitova
✅️ Yunusobod tumani voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixolog, podpolkovnik N.Xalikova
✅️ IIV akademiyasi kursantlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi, huquqbuzarliklarni oldini olish profilaktikasi ham tushuntirildi.
✅️ Yoshlarning savollariga yetarlicha javoblar berildi.

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when TATU Akademik litsey posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share