Ўзбекистон Миллий университети

Call Directions Website Contact the university

Ўзбекистон Миллий университети O'zbekiston Milliy Universitetining
rasmiy Facebook sahifasi.

Официальная страница Facebook
Национального Университета Узбекистана.

Official page of the
National University of Uzbekistan.

O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet professor-o‘qitu...
01/10/2026

O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilariga bayram tabrigi

Muhtaram ustozlar!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Qadrli hamkasblar!

Yurtimizda eng ardoqli bayramlardan biri bo‘lgan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan siz, aziz va fidoyi hamkasblarimni chin yurakdan tabriklayman!

Bugun oliygohimiz global ta’lim va ilm-fan maydonida mustahkam o‘rin egallab, yangidan-yangi marralarni zabt etmoqda. Xalqaro tan olinishi va erishilayotgan har bir muvaffaqiyat ortida sizdek tajribali professor-o‘qituvchilarning, izlanuvchan olim va pedagoglarimizning yuksak mas’uliyati hamda zahmatli mehnati mujassam. Barchangizga universitet salohiyatini oshirishga qo‘shayotgan bebaho hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

Barchamizga ma’lumki, Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Muhtaram Prezidentimiz mamlakatimizning kelgusi o‘n yilligi — milliy yuksalish davri bo‘lishini ta’kidlab, sohani rivojlantirishga qaratilgan muhim strategik vazifalarni belgilab berdilar.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: «Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimiz uchun bizga bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan, mustaqil fikriga ega bo‘lgan yangi avlod mutaxassislari kerak. Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kiryapmiz. Muallimning obro‘-e’tiborini tiklab, daromadini oshirib boryapmiz».

Davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan Birinchi milliy dastur aynan bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgani, shuningdek, yurtimizdagi kamida 10 ta universitet global TOP mingtalikka kiritilishi bosh marra sifatida belgilangani Milliy universitet jamoasi zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bilan birga, «Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir» degan g‘oya oliygohimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizga yangi sur’at bag‘ishlaydi.

Davr shiddati va ta’limdagi global transformatsiyalar zimmamizga yangicha mas’uliyat yuklamoqda. Professor-o‘qituvchilarimizning zamon bilan hamnafas holda raqamli texnologiyalarni puxta egallab borayotgani, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borayotgani, milliy ustoz-shogird an’analarini asrab-avaylayotgani hamda xalqaro minbarlarda erishayotgan muvaffaqiyatlari Milliy universitetning jahon miqyosidagi nufuzi va mavqeini izchil oshirishga xizmat qilmoqda.

Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bugungi k***a universitetimizda jami 1270 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat olib boradi, shundan 10 nafar akademik, 240 nafardan ortiq fan doktori, professorlar, 530 nafardan ortiq fan nomzodi, dotsentlar ilmiy va pedagogik jarayonlarni tashkil etishga hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, universitetda “Hirsh” indeksi 5 va undan yuqori bo‘lgan 70 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarimiz bor.
2026-yil sentyabr holatiga ko‘ra, universitet professor-o‘qituvchilaridan 100 nafari, shundan 20 nafar fan doktori (DSc), 80 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Oliyogohimizda ta’lim va ilm-fan muhitini yanada yaxshilash, fidoyi olimlarimiz va pedagoglarimizning mehnatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil ishlarimizni sidqidildan davom ettiramiz.

Siz, azizlarga ma’rifat yo‘lidagi ezgu va sharafli xizmatingizda mustahkam sog‘liq, tuganmas kuch-g‘ayrat hamda kasbiy va shaxsiy hayotingizda yangi-yangi yutuqlar yor bo‘lishini tilayman!
Oilangizga hamisha omonlik, xonadoningizga baraka va tinchlik-xotirjamlik tilayman!

Inom MADJIDOV,
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori

O‘zbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumiga tantanali start berildi Bugun, 30-sen...
30/09/2026

O‘zbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumiga tantanali start berildi

Bugun, 30-sentabr O‘zbekiston Milliy universitetida bir nechta vazirlik va tashkilotlar hamkorligida o'tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi 2026-yilgi ommaviy sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, fakultetlar dekanlari, professor-o‘qituvchilar, O‘zMU sport klubi jamoasi, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqalar davomida talabalar sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika va stritbol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar. Barcha ishtirokchilar 5tashabbus.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bellashuvlar belgilangan Nizom asosida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti O‘qituvchi va murabbiylar kunini nishonladi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida tashki...
30/09/2026

O‘zbekiston Milliy universiteti O‘qituvchi va murabbiylar kunini nishonladi

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan shukuhli tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, olimlar, xodimlar hamda talaba-yoshlar va mehmonlar ishtirok etdi.

Tantanali marosimni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inom Madjidov kirish so‘zi bilan ochib, barcha fidoyi va zahmatkash ustozlarni bayram bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti O‘qituvchi va murabbiylar kunini nishonladi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida tashki...
30/09/2026

O‘zbekiston Milliy universiteti O‘qituvchi va murabbiylar kunini nishonladi

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan shukuhli tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, olimlar, xodimlar hamda talaba-yoshlar va mehmonlar ishtirok etdi. Tantanali marosimni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inom Madjidov kirish so‘zi bilan ochib, barcha fidoyi va zahmatkash ustozlarni bayram bilan tabrikladi.

Rektor o‘z nutqida oliygohning global ta’lim va ilm-fan maydonidagi nufuzi izchil oshib borayotganini, bu muvaffaqiyatlar ortida tajribali professor-o‘qituvchilarning bebaho mehnati va yuksak mas’uliyati mujassam ekanini ta’kidlab, ularga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Bayram tadbiri doirasida universitetning bir guruh faol professor-o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Rektor tabrigi hamda taqdirlash marosimidan so‘ng tomoshabinlar e’tiboriga “Behalovat koshona” nomli spektakl namoyish etildi.

29/09/2026

O‘zbekiston Milliy universitetida 1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbek Milliy akademik drama teatrida shukuhli tadbir tashkil etildi.

 O’zbekiston Milliy universiteti professori “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandiO‘zbekiston Respublikasi Prezident...
29/09/2026



O’zbekiston Milliy universiteti professori “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Milliy universitetining geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professori Safarov Eshkabul Yuldashovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ma’nan yetuk, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lidagi katta xizmatlari uchun taqdirlangan Eshkabul Yuldashovichni universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz.

🇺🇿 Yuksak davlat mukofoti muborak bo'lsin!

“Kelajak tadbirkori – 2026” boʻsh ish oʻrinlari koʻrgazmasi o‘tkazilmoqda Ayni vaqtda Talabalar shaharchasi Yangi O‘zbek...
24/09/2026

“Kelajak tadbirkori – 2026” boʻsh ish oʻrinlari koʻrgazmasi o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda Talabalar shaharchasi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari saylgohida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu tadbir yoshlar, ish beruvchilar, tadbirkorlar, bank vakillari hamda taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar haqida maʼlumot berish va yoshlarning kasbiy hamda tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun ishga joylashish, kasb-hunar oʻrganish, biznes boshlash va startap loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etilmoqda.

Tadbirning muhim yoʻnalishlaridan biri – “Ishga marhamat” koʻrgazmasi. Unda mahallalarda bandligi taʼminlanmagan aholi va yoshlar mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishib, ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilishlari hamda suhbatlar asosida dastlabki kelishuvlarga erishishlari mumkin.

Shuningdek, “Kasblar akademiyasi” koʻrgazmasi orqali ishtirokchilar zamonaviy, texnik, xizmat koʻrsatish va hunarmandchilik kasblari bilan tanishtirildi. Kasb-hunar oʻrganishga qiziqish bildirgan fuqarolar tadbirning oʻzida tegishli kurslarga oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega boʻladilar.

“Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi yoshlarning kasbiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni munosib ish oʻrinlariga yoʻnaltirish, zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish hamda tadbirkorlik va startap tashabbuslarini amalga oshirish uchun zarur imkoniyatlarni bir joyda jamlaydi.

O‘zMUda Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazi tashkil etildiO‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madji...
22/09/2026

O‘zMUda Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazi tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Yaponiyaning Tohoku universiteti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazining rasmiy ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Yangi markazda Yaponiya ta’lim tizimi va madaniyatini chuqur o‘rganish, shu yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borish hamda O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.

Markazda talabalar va tadqiqotchilar uchun Yaponiya ta’limi va madaniyatiga oid ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, seminar va uchrashuvlar tashkil etilishi, shuningdek, kelgusida Tohoku universiteti va boshqa yapon ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

21/09/2026

Ўзбекистон Миллий университетида Тоҳоку университети билан ҳамкорликда Япония таълими ва маданиятшунослиги маркази очилди

    O‘zMU va Changchun fan va texnologiyalar universiteti qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yadi2026-yil 17-sentabr kun...
17/09/2026



O‘zMU va Changchun fan va texnologiyalar universiteti qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yadi

2026-yil 17-sentabr kuni Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor K. Inakov va O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh. Toshmatov Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida Changchun fan va texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’lim eksportini rivojlantirish, xorijiy talabalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar “4+0” qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Dastur doirasida xitoylik talabalar to‘rt yillik ta’lim jarayonini Xitoyda qolgan holda, O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari standartlari asosida tamomlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish 2027-yil iyun oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Address

Университет 4
Tashkent
100174

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712460224

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ўзбекистон Миллий университети posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Ўзбекистон Миллий университети:

Shortcuts

Share