Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 🎓 30+ ta'lim dasturi | 3500+ talabalar
✅ Kafolatlangan mutaxassislik
Amaliy tajriba | Global yondashuv

🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuniBu sana — jasorat, fidoyilik va Vatanga sadoqat timsolidir.Bugun biz xalqimiz tinchlig...
09/05/2026

🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni

Bu sana — jasorat, fidoyilik va Vatanga sadoqat timsolidir.

Bugun biz xalqimiz tinchligi va kelajagi yo‘lida xizmat qilgan, yurt ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shgan insonlarni chuqur hurmat bilan yodga olamiz.

Xotira bor ekan, millat barhayot.
Qadrlash bor ekan, qadriyatlar yashaydi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti barcha yurtdoshlarimizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etadi.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz birdamligi va farovonligi mangu bo‘lsin!

Milliy ta‘lim islohotlarida universitetimiz professori ishtirok etmoqda📃 Tarbiya fanidan takomillashtirilayotgan davlat ...
07/05/2026

Milliy ta‘lim islohotlarida universitetimiz professori ishtirok etmoqda

📃 Tarbiya fanidan takomillashtirilayotgan davlat ta’lim standarti hamda milliy o‘quv dasturi loyihalari ekspertlar muhokamasidan o‘tkazildi.

Mazkur muhokamalarda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Xazrat Jabborov ham faol ishtirok etdi.

⚡️ Milliy ta’lim islohotlari jarayonida AIFU professor-o‘qituvchilarining ishtiroki — kelajak avlod tarbiyasi va tafakkuriga qo‘shilayotgan muhim hissadir.

☎️ +998(78)5552121

Xalqaro hamkorlik doirasida yangi kelishuvAniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda İzmir Kâtip Çelebi University o‘rta...
30/04/2026

Xalqaro hamkorlik doirasida yangi kelishuv

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda İzmir Kâtip Çelebi University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🇺🇿🇹🇷 Onlayn uchrashuv davomida ikki tomon o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi. Izmir shahrida joylashgan mazkur universitet 14 ta fakultet, 3 ta institut va 26 ta ilmiy-tadqiqot markaziga ega.

📌 Memorandum doirasida:
— talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
— Iqtisodiyot, muhandislik, psixologiya va ijtimoiy fanlar bo'yicha qo'shma ilmiy izlanishlar
— xalqaro konferensiya va seminarlar

💬 Shuningdek, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu hamkorlik ikki hamkor oliygoh talabalari uchun ham yangi akademik imkoniyatlarni kengaytiradi.

☎️ +998(78)5552121

🎓 Kecha maktab bitiruvchilari ilk bor talabalik hayotini his qilib ko‘rishdiAniq va ijtimoiy fanlar universitetida Toshk...
29/04/2026

🎓 Kecha maktab bitiruvchilari ilk bor talabalik hayotini his qilib ko‘rishdi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Toshkent tumanidagi 3-maktab o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan tashrif oddiy ekskursiya emas — bu kelajak bilan birinchi uchrashuv bo‘ldi.

Ular:
— “O‘z yo‘lingni top” testi orqali o‘zlariga mos kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar olishdi;
— Zamonaviy iMac xonalarida qanday bilim olinishi va qanday ko‘nikmalar shakllanishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi;
— Universitetdagi grantlar, imkoniyatlar va haqiqiy talabalik muhiti haqida javoblar olishdi.

Eng e’tiborlisi — ko‘zlarida paydo bo‘lgan aniq maqsad va qaror hissi.

📸 Ushbu jarayonlardan olingan kadrlar aynan shu postda.

☎️ +998(78)5552121

TALABALARIMIZ MUNOSIB NATIJA QAYD ETDI⚡️ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Chirchiq o‘quv binosi talabalari navbatdag...
28/04/2026

TALABALARIMIZ MUNOSIB NATIJA QAYD ETDI

⚡️ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Chirchiq o‘quv binosi talabalari navbatdagi intellektual bellashuvda faol ishtirok etib, yuqori natijaga erishdi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘tkazilgan “Intellectual Challenge in English” (Zakovat) o‘yinida jamoamiz birinchilikni qo'lga kiritdi!

Musobaqa davomida talabalar ingliz tilida fikrlash, mantiqiy tahlil va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

🤝 Ushbu natija barcha ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan intilishi va izlanishlarining yana bir ifodasidir.

Bizni kuzatishda davom eting!

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121

 Bir semestr davomida Amerikada o‘qish imkoniyati!🇺🇿🇺🇸 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti sentyabr oyi boshlanuvchi, L...
24/04/2026


Bir semestr davomida Amerikada o‘qish imkoniyati!

🇺🇿🇺🇸 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti sentyabr oyi boshlanuvchi, Lawrence Technological Universityda bo'lib o'tadigan talaba almashinuv dasturi uchun nomzodlarni ro'yxatga olishni boshladi.

⚡️ Lawrence Technological University – dunyo bo‘yicha TOP 5% biznes ta’lim muassasalari qatorida va AACSB akkreditatsiyasiga ega. Talabalar uchun bu — yuqori standartdagi ta'lim yo'nalishlari va global tajriba imkoniyatlarini taqdim etadi.
🔹 Qaysi yo‘nalish talabalari qatnashishi mumkin:
Iqtisodiyot;
Kompyuter injineringi;
Ma’lumotlar ilmi (Data Science).

Talablar: IELTS 6.0, GPA 3.0
1 semestr to‘lovi: 5.500$ (o‘qish, turar joy va ovqat xarajatlari kiradi)

⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil, 27-maygacha

AIFU xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling
📩 Bog‘lanish: (Telegram)

🇺🇿🇹🇷 Çankırı Karatekin Universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichda!Avval xabar berganimizdek, AIFU va Turkiyaning Çankı...
21/04/2026

🇺🇿🇹🇷 Çankırı Karatekin Universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichda!

Avval xabar berganimizdek, AIFU va Turkiyaning Çankırı Karatekin Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

🔥 Mazkur hamkorlikning davomi sifatida —
Çankırı Karatekin Universiteti rektori, Prof. Dr. Mevlüt Karataş boshchiligidagi delegatsiya Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga tashrif buyurdi!

🎓 Mehmonlar universitetimiz faoliyati va ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida:
• qo‘shma dasturlar;
• talabalar almashinuvi;
• ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari
Prof. Dr. Mevlüt Karataş va AIFU rektori professor G‘olibjon Botirov tomonidan muhokama qilindi.

☎️ Axborot markazi: +99878-555-21-21

AIFU III Respublika matematika olimpiadasi — g‘oliblar aniqlandiRespublika bo‘ylab eng kuchli o‘quvchilar ishtirok etgan...
14/04/2026

AIFU III Respublika matematika olimpiadasi — g‘oliblar aniqlandi

Respublika bo‘ylab eng kuchli o‘quvchilar ishtirok etgan final natijalariga ko‘ra, 6 nafar iqtidor egasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin (3 000 000 so'm) : Juraev Elzod Pardaevich - Toshkent shahri, Pifagor xususiy maktabi;
1-o‘rin (3 000 000 so'm) : Bo'ribekov Farrux Ilhomjon o'g'li - Sirdaryo viloyati, ALPHA SCHOOL xususiy maktabi;
2-o‘rin (2 500 000 so'm) : Jumaqulov Mirjalol Ozodovich - Buxoro viloyati, Olot tumani 10-umumta'lim maktabi;
2-o‘rin (2 500 000 so'm) : Maxkamova Madina Ulugbek qizi - Toshkent shahri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi;
3-o‘rin (2 000 000 so'm) : Sunnatullayev Lochinbek Oybek o'g'li - Samarqand viloyati, Narpay tumani 16-umumta'lim maktabi;
3-o‘rin (2 000 000 so'm) : Amirekulov Elnur Erali o'g'li - Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, 28-umumta'lim maktabi.

⚡️ AIFU matematika yo‘nalishi kuzatuv kengashi (Akademik Shavkat Ayupov, Akademik O‘tkir Roziqov, Professor Otabek Hakimov) hamda universitet rektori Professor G‘olibjon Botirov tashabbusi bilan yangi grant tizimi joriy etildi.

📌 Endilikda nafaqat g‘oliblar, balki yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar ham AIFU’da o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi!
1–3-o‘rin egalari — 100% grant
40+ ball — 75% grant
30+ ball — 50% grant
20+ ball — 25% grant

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121

     🇨🇭Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi Zoxidov Abdulla Alimjonovich Shveytsariyada bo‘lib o‘tadi...
08/04/2026



🇨🇭Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi Zoxidov Abdulla Alimjonovich Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan European Youth Summit 2026 xalqaro forumiga Partially Funded Delegate sifatida qabul qilindi.

📍 Jeneva, Shveytsariya | 5–8-iyun, 2026-yil

Mazkur xalqaro sammit dunyoning turli davlatlaridan yosh liderlar va sun'iy intellekt mutaxassislarini bir maydonga jamlaydi.

Quvonarlisi, universitetimiz vakili xalqaro saralash natijalariga ko‘ra ushbu nufuzli forumning grant asosidagi ishtirokchisi sifatida tanlandi.

✅ Ushbu yutuq universitet jamoasi uchun muhim xalqaro natijalardan biridir.

Bakalavriat yo‘nalishlaridagi uch diplomli dastur doirasida muhim uchrashuvJiangsu Vocational Institute of Commerce🇺🇿🇨🇳 ...
06/04/2026

Bakalavriat yo‘nalishlaridagi uch diplomli dastur doirasida muhim uchrashuv
Jiangsu Vocational Institute of Commerce

🇺🇿🇨🇳 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Xitoyning Jiangsu Vocational Institute of Commerce instituti rahbariyati o‘rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida uch diplomli dastur asosida tahsil olish uchun hujjat topshirgan 30 nafardan ortiq talabalarimizning qabul jarayonlari, shuningdek ularning ta’lim va yashash sharoitlari yuzasidan fikr almashildi.

⚡️ Kelgusida talabalarimizning Xitoy Xalq Respublikasida yozgi va qishki (“summer/winter camp”) dasturlarda ishtirok etishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori G‘olibjon Botirov yaqin fursatda Xitoyga tashrif buyurib, talabalarimiz tahsil oladigan sharoitlarni bevosita o‘rganishi rejalashtirildi.

⚠️ Ro'yxatdan o'tish uchun 1 kun qoldi “Matematikadan uchinchi Respublika olimpiadasi”  Aniq va ijtimoiy fanlar universi...
04/04/2026

⚠️ Ro'yxatdan o'tish uchun 1 kun qoldi
“Matematikadan uchinchi Respublika olimpiadasi” Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Ushbu olimpiada — universitetda grant asosida o‘qish, pul mukofotlari va eng asosiysi o'z salohiyatingizni respublika miqyosida ko'rsatishingiz uchun noyob imkoniyatdir.

Ertaga, 5-aprel — Online saralash bosqichi! Soat 09:00 da boshlanadi va 23:59 gacha davom etadi. Testlarni o‘zingizga qulay vaqtda olimpiada.aifu.uz platformasida topshirishingiz mumkin.

💰 Sovrindorlar uchun umumiy 15 000 000 so‘m pul mukofoti va 100%, 50%, 25% lik universitet grantlari ajratilgan.

📌 10–11-sinf maktab o‘quvchilari hamda litsey va texnikum bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan.

⚡️ Saralash bosqichi uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://olimpiada.aifu.uz/

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121

Address

Toshkent Shahar, Olmazor Tumani, Qorasaroy Ko'chasi, 341A
Tashkent

Telephone

+998951502222

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti:

Share