PDP University

PDP University 🏢 University specialized on IT education

☎️ 78-777-77-47

🔖 PDP University ijtimoiy grantlari — kelajagingiz uchun katta imkoniyat!🚀 Sizda iqtidor va IT’ga qiziqish bor, lekin mo...
12/05/2026

🔖 PDP University ijtimoiy grantlari — kelajagingiz uchun katta imkoniyat!

🚀 Sizda iqtidor va IT’ga qiziqish bor, lekin moddiy imkoniyat to‘siq bo‘lyaptimi? PDP University 2026/2027-o‘quv yili uchun ijtimoiy grant dasturiga qabul boshladi!

🎓 Grant asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar kontrakt to‘lovining 50% dan 100% gacha qismini qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, grant foizidan qat’i nazar barcha talabalar bepul yotoqxona va kuniga 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.

📚 Yo‘nalishlar:
- Dasturlash asoslari
- Sun’iy intellekt (AI)
- Biznes analitika
- Data analitika

Dastur ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari va IT sohasida yuqori salohiyatga ega iqtidorli yoshlar uchun mo‘ljallangan.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi profil shapkasida.

🏫 PDP University - iqtidorni imkoniyat bilan birlashtirgan universitet.

Xotira va qadrlash kuniBugun yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuq...
09/05/2026

Xotira va qadrlash kuni

Bugun yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.

Ularning jasorati, matonati va Vatan oldidagi xizmatlari doimo qalbimizda yashaydi.

9-may — Xotira va qadrlash kuniBugun yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonla...
09/05/2026

9-may — Xotira va qadrlash kuni

Bugun yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.

Ularning jasorati, matonati va Vatan oldidagi xizmatlari doimo qalbimizda yashaydi.

O‘tgan oyda ishga kirgan talabalarimiz ⚡️🧑‍💻 O‘tgan oy davomida PDP University’ning 2–3-kurs talabalari o‘z mutaxassisli...
07/05/2026

O‘tgan oyda ishga kirgan talabalarimiz ⚡️

🧑‍💻 O‘tgan oy davomida PDP University’ning 2–3-kurs talabalari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish faoliyatini boshladilar.

🎉 Talabalarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

👇 Ham ishlab ham o'qishni istasangiz, izohda "+" qoldiring.

🎓 Talaba bo‘lish endi yanada oson!Uydan chiqmasdan turib PDP University’ga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang 🚀📝 Qa...
10/04/2026

🎓 Talaba bo‘lish endi yanada oson!

Uydan chiqmasdan turib PDP University’ga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang 🚀

📝 Qabul oldi sinov imtihonida qatnashing va o‘z bilim darajangizni sinab ko‘ring.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi profil biosi’da.

🌸 Navro‘z sayli — 2026 looks.PDP University’da o‘tkazilgan Navro‘z sayli talabalarning milliy va rang-barang liboslari b...
07/04/2026

🌸 Navro‘z sayli — 2026 looks.

PDP University’da o‘tkazilgan Navro‘z sayli talabalarning milliy va rang-barang liboslari bilan yanada yorqin tus oldi. Ishtirokchilar orasida o‘ziga xos uslubda, milliy qadriyatlarni aks ettirgan kiyimlar alohida e’tiborni tortdi.

🏆 PDP University talabalari yana bir xalqaro yutuqqa erishdi!Talabalarimiz Amazon Web Services tomonidan tashkil etilgan...
05/03/2026

🏆 PDP University talabalari yana bir xalqaro yutuqqa erishdi!

Talabalarimiz Amazon Web Services tomonidan tashkil etilgan AWS GameDay – Frugality Festival musobaqasida ishtirok etib, kuchli jamoaviy ishlash, tezkor qaror qabul qilish va real cloud muammolarni hal qilish orqali 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi 🥇

Bu yutuq — talabalarimizning bilim, mehnat va qat’iyatining yana bir yorqin natijasidir. Biz ular bilan faxrlanamiz! 🚀

PDP Unversity bilan yangi imkoniyatlar!Kuni kecha Student Exchange dasturi doirasida Qozog‘istonning nufuzli Nazarboyev ...
20/02/2026

PDP Unversity bilan yangi imkoniyatlar!

Kuni kecha Student Exchange dasturi doirasida Qozog‘istonning nufuzli Nazarboyev universitetida bir semestr davomida tahsil olgan talabalarimiz universitet rahbariyati bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, quyidagi yo‘nalishlarda taqdimot o‘tkazdilar:

🔹 Innovatsion boshqaruv: Ta’lim jarayonini tashkil etishdagi zamonaviy usullar;
🔹 Talabalar hayoti: Universitetdagi ijtimoiy muhit va faollik;
🔹 Raqamlashtirish: Ta’limni avtomatlashtirish bo‘yicha yangi takliflar.

Ushbu xalqaro tajriba oliygohimizda ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro standartlarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 🚀

🌙 Ramazon oyining muborak boshlanishi bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!🤲 Bu oy mehr-muruvvat va saxovat oyidir. U...
19/02/2026

🌙 Ramazon oyining muborak boshlanishi bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!

🤲 Bu oy mehr-muruvvat va saxovat oyidir. Ushbu oyda qiladigan ezgu amallaringiz, duolaringiz qabul bo‘lsin va qalbingizga yorug‘lik, ruhingizga tinchlik kirib kelsin.

✨PDP EcoSystem nomidan barchangizga sog‘lik, baxt va barakali Ramazon tilaymiz!

⚡️PDP University talabasi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi!Universitetimizning “Axborot va raqam...
06/02/2026

⚡️PDP University talabasi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi!

Universitetimizning “Axborot va raqamli texnologiyalar” fakulteti 3-bosqich talabasi Salimbay Yelimuratov Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

Salimbay Yelimuratovni yutug’i bilan tabriklaymiz va ilmiy hamda professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Address

Улица Янги Сергели, 12/1
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 00:00 - 23:59
Tuesday 00:00 - 23:59
Wednesday 00:00 - 23:59
Thursday 00:00 - 23:59
Friday 00:00 - 23:59
Saturday 00:00 - 23:59

Telephone

+998787777747

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when PDP University posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to PDP University:

Shortcuts

Share