23/10/2026
ÖZDSMIda KINO VA TELEVIDENIYE SOHASIGA OID MAHORAT DARSI BÖLIB ÖTDI
Özbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq milliy san’at akademiyasi örtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida mahorat darsi taşkil etildi.
Unda Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq milliy san’at akademiyasining «Kino va televideniye» fakulteti dekani, PhD Madina Bakeyeva iştirok etdi.
«Kino va televideniyeda badiiy ğoya konsepti: ssenariydan audiovizual ekran talqiniga qadar» mavzusida ötkazilgan mahorat darsida badiiy ğoyaning şakllanişi, ssenariyning audiovizual asarga aylaniş jarayoni hamda ijodiy konsepsiyani ekran vositalari orqali ifodalaşning muhim jihatlari muhokama qilindi.
New York Film Academy (AQŞ)da tahsil olgan va «Bolaşak» xalqaro dasturi stipendiyasi sohibasi bölgan Madina Bakeyeva özining kasbiy tajribasi va bilimlari bilan örtoqlaşdi. Uçraşuv davomida kino va televideniye sohasida badiiy ğoyani ekran orqali ifodalaş, ssenariy ustida işl aş hamda ijodiy konsepsiyani audiovizual asar darajasiga olib çiqiş bilan boğliq masalalarga e’tibor qaratildi.
Mahorat darsi talabalar uçun nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitiş, zamonaviy kino san’atidagi ijodiy yondaşuvlar bilan tanişiş va kasbiy mahoratlarini yanada oşiriş imkonini berdi. İşt irokçilar mavzu yuzasidan özaro fikr almaşib, kino san’atida badiiy ğoya va uning ekran talqini örtasidagi uzviy boğliqlik haqida muhim tuşunçalarga ega böldilar.
Mahorat darsidan söng institut rektori v. v. b. Sobir Madiyev Madina Bakeyeva bilan uçraşdi.
Samimiy muloqot davomida mahorat darsining mazmun-mohiyati, uning talabalar uçun ahamiyati hamda ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Sobir Madiyev mehmongа mazmunli va yuqori saviyada ötkazilgan mahorat darsi uçun minnatdorchilik bildirib, kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş, tajriba almaşişni izçil davom ettiriş hamda kino va televideniye sohasida qöşma ijodiy va ta’limiy loyihalarni amalga oşirişga tayyor ekanini ta’kidladi.
Öz navbatida, Madina Bakeyeva institutda körsatilgan samimiy qabul va mahorat darsini ötkaziş uçun bildirilgan taklifdan mamnun ekanini bildirib, uçraşuvni taşkilotçilariga minnatdorchilik bildirdi.
Uçraşuv yakunida Sobir Madiyev mehmongа mahorat darsidagi iştiroki uçun sertifikat hamda esdalik sovğalarini taqdim etdi.
Mazkur tadbir ikki ta'lim muassasasi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etiş hamda bölajak kino va televideniye mutaxassislarining kasbiy salohiyatini rivojlantiriş yölida muhim qadam böldi.