Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Call Directions Website Contact the university

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Toshkent kimyo-texnologiya institutining rasmiy sahifasi

01/10/2026





Toshkent kimyo-texnologiya institutida “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bir guruh soha fidoiylari taqdirlandi.

   Ko‘p yillik samarali va halol mehnati, yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi faoliyati hamda “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbi...
01/10/2026





Ko‘p yillik samarali va halol mehnati, yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi faoliyati hamda “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bir guruh mehnat fidoyilari Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimi davomida ustozlar so‘zga chiqib, o‘zlarining mehnatiga bildirilayotgan e’tibor va e’tirof uchun institut rahbariyatiga samimiy minnatdorliklarini bildirdilar. Shuningdek, jamoaga yaratilayotgan shart-sharoitlar va ustozlar mehnatini qadrlash borasidagi e’tibor uchun tashakkur izhor etdilar.

Taqdirlangan barcha ustoz va xodimlarni muborakbod etamiz!

  'qituvchi_va_murabbiylar_kuni  Ko'p yillik samarali va halol mehnati, yoshlar ta'lim tarbiyasidagi olib borayotgan fao...
01/10/2026


'qituvchi_va_murabbiylar_kuni


Ko'p yillik samarali va halol mehnati, yoshlar ta'lim tarbiyasidagi olib borayotgan faoliyati hamda "1-oktabr—O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir guruh mehnat fidoiylari Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori TASHAKKURNOMAsi va esdalik sovg'alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

  'qituvchi_va_murabbiylar_kuni Ko'p yillik samarali va halol mehnati, yoshlar ta'lim tarbiyasidagi olib borayotgan faol...
01/10/2026


'qituvchi_va_murabbiylar_kuni


Ko'p yillik samarali va halol mehnati, yoshlar ta'lim tarbiyasidagi olib borayotgan faoliyati hamda "1-oktabr—O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir guruh mehnat fidoiylari Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori TASHAKKURNOMAsi va esdalik sovg'alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

   Tadbir davomida O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan t...
01/10/2026





Tadbir davomida O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan talabalarga ilm sirlarini o‘rgatib, ta’lim-tarbiya yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga “Faxriy yorliq” hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, institutning ilmiy salohiyati va yosh tadqiqotchilarning yutuqlari ham alohida e’tirof etildi. “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan institut doktoranti Farrux Erkinov hamda tanlovning final bosqichida ishtirok etgan tayanch doktorant Tursunova Dilnozaxon institut rahbariyati tomonidan yutuqlari munosabati bilan maxsus vaucherlar va ilmiy rahbarlari tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Ushbu e’tiroflar institut professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining ta’lim, ilm-fan hamda innovatsion faoliyatdagi mehnatlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning yorqin namunasidir.

   Bayram tadbiri davomida ta’lim-tarbiya, ilm-fan va institut rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Akademik faoliy...
01/10/2026





Bayram tadbiri davomida ta’lim-tarbiya, ilm-fan va institut rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Akademik faoliyat bo’yicha prorektor — Safarov To‘yir Tursunovich, Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi dotsenti — Osebtayeva Alfiya Kurbanbayevna, Kimyo kafedrasi mudiri — Nabiyev Abdulazim Abdulhamidovich, Fizika va energetika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi — Asatov Ulug‘boy Tashniyazovich, Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi professori — Abdullayeva Barno Atabekovna, Menejment kafedrasi professori — Kasimova Fatima Tulkunovna, Oliy matematika kafedrasi mudiri — Nuriddinov Baxtiyor Zafarovich “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlangan ustozlarning ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiy mahorati va ta’lim-tarbiya rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.

Barcha taqdirlangan ustozlarni muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

    Toshkent kimyo-texnologiya institutida “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bir guruh soha f...
01/10/2026





Toshkent kimyo-texnologiya institutida “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bir guruh soha fidoiylari taqdirlandi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida institut rahbariyati tomonidan barcha professor-o‘qituvchilar va murabbiylar samimiy muborakbod etildi. Ustozlarning ta’lim-tarbiya, ilm-fan rivoji hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni va fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, institut faoliyatida samarali mehnat qilib, ta’lim-tarbiya va ilmiy faoliyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda soha fidoiylari bayram munosabati bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

01/10/2026




Yoshlarning axloqiy tarbiyasi va muomala madaniyati

Yosh avlodning axloqiy fazilatlari, odob-axloqi va muomala madaniyatini shakllantirish — barkamol shaxs tarbiyasining muhim mezonlaridan biridir.

Hurmat, samimiyat, xushmuomalalik, kattalarga ehtirom va tengdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish insonning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi.

Mazkur videoda yoshlar hayotida axloqiy tarbiya va muomala madaniyatining o‘rni, kundalik hayotda odob-axloq me’yorlariga rioya qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Yuksak axloq — go‘zal muomala, go‘zal muomala esa insonning haqiqiy bezagidir!

Address

Navoiy Street 32
Tashkent
100011

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998712447849

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent kimyo-texnologiya instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Toshkent kimyo-texnologiya instituti:

Shortcuts

Share