Тошкент шаҳридаги Инҳа Университети

Тошкент шаҳридаги Инҳа Университети Тошкент шаҳридаги Инҳа Университети

20/01/2020

Hurmatli Toshkent shahridagi Inha universiteti obunachilari!
Barchangizga ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda bizning uchta sahifamiz bo’lib turli tillarda olib boriladi.
Buguni kundan boshlab biz barcha yangiliklarni faqat quyidagi sahifada nashr etamiz:

https://www.facebook.com/inha.uz/

Yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun “ Yoqdi” tugmasini bosishni unutmang.

Inha University in Tashkent cultivates global IT leaders in Tashkent

Ko'ngilochar matematika "Touch Math" festivalida rekord darajasidagi ishtirokchilar qatnashdi17 yanvar kuni Toshkent sha...
17/01/2020

Ko'ngilochar matematika "Touch Math" festivalida rekord darajasidagi ishtirokchilar qatnashdi

17 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida uch kunlik "Ko'ngil ochar matematika" o'quv-amaliy festivali yakunlandi. Uch kun davomida universitetga rekord darajadagi 15 000 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdilar.

Tadbir qiziqarli ko'ngilochar shaklda tashkil etilib:qiziqarli mashiqlar va turli matematika faniga bogliq bo'lgan qiziqarli oyinlardan iborat edi. Festivalning asosiy maqsadi - matematika juda qiziqarli va onson fan ekanligi namoyish etildi.

Festivalda Janubiy Koreyaning 20 dan ortiq va bundan tashqari 30 ta mahalliy matematika o'qituvchilari murabbiy sifatida qatnashdilar.

Tadbirga tashrif buyurganlarning ko'pi poytaxtdagi oliy va o'rta maxsus maktab talabalaridan iborat edi.
Eslatib o'tamiz, "Ko'ngil ochar matematika" birinchi o'quv-amaliy festivali 2016- yil yanvar oyida bo'lib o'tgan.

Inha universiteti yoshlar o'rtasida oliy ma'lumotni targ'ib qilish bo'yicha kampaniya ishga tushdiUniversitetda "Talabal...
17/01/2020

Inha universiteti yoshlar o'rtasida oliy ma'lumotni targ'ib qilish bo'yicha kampaniya ishga tushdi

Universitetda "Talabalarni rag'batlantirish guruhi" tuzilgan bo'lib,Inha universiteti talabalari ta'til jarayonida o'z shaharlarida o'rta mahsus maktab talabalari bilan uchrashib, oliy ma'lumot olishning ahamiyati va foydali jihatlari to'g'risida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashadilar.

Joriy yilning oxirida Inha universiteti ma'muriyati tomodian yigirma uch nafar faol universitet talabalaridan iborat bo'lgan guruh tuzuldi, ular yoshlarga oliy ma'lumotning ahamiyati haqida, shuningdek, mamlakatning eng nufuzli universitetlaridan birida o'qishga kirish va o'qish haqidagi shaxsiy tajribalari bilan bo'lishadilar.

Universitetimiz talabalarining geografiyasi yil sayin kengayib bormoqda. Bugungi kunga kelib universitetmizda respublikaning deyarli barcha viloyatlaridan kelgan talabalar tahsil olmoqdalar.

Oliy o'quv yurt talabalarining talabalik davrlari va olayotgan ilm darajalarini namoyish qilish orqali kelajakdagi kasblarini aniqlay olmagan va o'liy ma'lumot haqida bir fikirga kelmagan o'spirinlar uchun misol shaklida korsatish foydali deb o'ylaymiz. Bizning fikrimizcha, yoshlar o'z tengdoshlariga oddiy va oson ma'lumot yetkaza oladilar. Bundan tashqari, ishsiz va ta'limsiz bo'lgan tegdoshlariga erishgan yutuqlari orqali yaqqol namuna bo'la oladilar”, - deya ta'kidladi universitet rahbariyati.

Shu bois universitetimizda "Student promotion group" ochilish marosimi bo'lib o'tdi, unda rektor vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalolov va prorektor professor Lee Dongwon ishtirokida universitet talabalariga sertifikat va brend jaketlari topshirildi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimot va oliy o'quv yurtlarida o'qishga kirish, o'qitish va istiqbollar to'g'risida barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan axborot materiallari namoyish etildi.

Ta'til davomida yigirmadan ortiq viloyat talabalari o'z ona shaharlariga - Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Namangan, Andijon, Qarshi va Xorazmga jonab ketadilar va ulardan uch nafari Toshkentda talabalar bilan uchrashuvlar o'tkazadilar. Aksiya doirasida jami o'quvchilar yigirmatadan ortiq maktablarga tashrif buyurishlari va u yerda o'rta maktab o'quvchilari bilan suhbatlashishlari rejalashtirilgan.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Mirzo Ulug'bek tuman kengashiga deputat etib saylandiO'zining saylovoldi d...
16/01/2020

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Mirzo Ulug'bek tuman kengashiga deputat etib saylandi

O'zining saylovoldi dasturida universitet rahbari aholi uchun ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan aniq loyihalarni taklif qildi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov poytaxtning Mirzo Ulug'bek tumanidagi sakkizinchi "Buyuk Ipak yo'li" saylov okrugiga O'zLiDep partiyasi tomonidan nomzod sifatida qatnashgan edi. 15-yanvar kuni universitet rahbariga guvohnoma va partiya nishoni berilib va shu kundan boshlab rasman deputat etib tasdiqlandi.

“Avvalom bor, menga ishongan va ovozini bergan barcha fuqarolarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Men aytib o’tganimdek amalga oshirib bo'lmaydigan va'dalarni bermayman: tomlarni yamash, fuqarolar uchun bepul sayohat turlari, yangi yo'llar qurish va boshqalar. Men har doim o'qiganman va shu kungacha o'qishni davom ettirib kelmoqdaman! Ishonchim komilki, o'qish uchun hech qachon kech emas, 5 yoki 60 yoshda bo'lishingizning ahamiyati yo'q.

Odam yangi va qiziqarli narsalarni o’rganish, o'zini yangi sohalarda sinab ko'rish uchun yashaydi.Shu sababli, men ta'lim va fan sohasidagi bir kishi sifatida ikkita "Elobod" va "Buyuk Ipak yo'li" mahallalarida yashovchilarga barcha yoshdagi bolalar uchun bir nechta ta'lim loyihalarini taklif qildim ", takidladi rektor.

Deputatning takliflari orasida pensiya yoshidagi odamlar uchun bepul kompyuter savodxonligi bo'yicha 60+ loyihasi mavjud. Muzaffar Djalalov o'ziga ishonib topshirilgan vazifalardan biri mahallalardagi ko'p bolali va kam ta'minlangan oilalar farzandlariga bepul o'quv kurslarini rejalashtirmoqda. Universitet o'qituvchilari kabi doimiy ravishda Mirzo Ulug'bek tumanidagi maktablarda matematika, fizika, informatika va ingliz tili o'qituvchilari uchun treninglar o'tkazishga tayyorlar.

Muzaffar Djalalov respublikadagi eng yosh universitet rahbari b’olib ushbu lavozimga 2018 yil avgust oyida Hukumat qarori bilan u Toshkentdagi Inha Universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanib, O'zbekiston tarixidagi eng yosh rektorga aylandi. “Yuksalish” umummilliy harakati Muzaffar Djalalovni TOP-35 mamlakat yosh yetakchilari ro’yxatiga kiritdi.

Ta'kidlash joizki, Muzaffar Djalalov to'rt tilda: O'zbek, Rus, Ingliz va Koreys tillarida erkin so'zlashadi.

Toshkent shahrida «Ko'ngilochar matematika» festivali boshlandiToshkent shahridagi Inha universitetida «Ko'ngilochar mat...
15/01/2020

Toshkent shahrida «Ko'ngilochar matematika» festivali boshlandi

Toshkent shahridagi Inha universitetida «Ko'ngilochar matematika» fanining uchinchi o'quv-amaliy festivali boshlandi. Birinchi kuni tadbirga rekord darajadagi matematikaga qiziqqan mehmonlar tashrif buyurdilar, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.

Bugun, 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida uch kunlik «Ko'ngilochar matematika» festivali ochildi. Ochilish marosimida Toshkent shahridagi Inha universitetining Yoshlar Siyosati bo'yicha proektori Turdimurot Tursunmurotov va Janubiy Koreyaning o'qituvchilar jamiyati rahbari Moon Song Kim barcha qatnashchilarga omad tiladilar.

Bugun yuzlab o'qituvchilar, bolalar va ota-onalar Toshkent shahridagi Inha universitetiga noyob tadbir – «Ko'ngilochar matematika» o'quv-amaliy festivalida ishtirok etish uchun tashrif buyurdilar. Tadbir qiziqarli ko'ngilochar oyinlar va miya uchun mashiqlar bo'lib bolalarda juda katta tasutor qoldirdi.Tadbirning asosiy maqsadi - matematika faninig ajoyibligini namoyish etishdan iborat bo'ldi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, tadbirning birinchi kuni bo'lishiga qaramay - 2500 dan ortiq qatnashchilar tashrif buyurdilar.Bu o'rta maktab va oliy o'quv yut talabalaridur.Janubiy Koreadan 20 dan ortiq bundan tashqari 30 ta mahalliy matematika o'qituvchilari murabbiy sifatida qatnashdilar. Tadbirda 75 nafar, Inha universiteti talabalari qoshimcha yordamchi sifatida ishtirok etdilar.

Festivalda yigirmaga yaqin turli xil matematik stendlar namoyish etildi, ulardan Kepler-Poinsotning yulduz shaklida yig'ishi, mehmonlar kitobida-mozaika shaklida istak qoldirish, Sehrli mikserni ishga tushirish, Sierpinski Piramidasini qurish, Matematik Sudoku masalalarini to'plamlari to'plangan. Shuningdek, festivalda talabalar uchun tanlovlar va Janubiy koreyalik matematika professorlarining ma'ruzalari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, «Ko'ngilochar matematika» birinchi o'quv-amaliy festivali 2016 yil yanvar oyida bo'lib o'tgan. Uch kun ichida festivalga 5 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan. Bu yil ishtirokchilar soni sezilarli darajada ko'paymoqda.

O'quv-amaliy festival yana ikki kun davom etadi. 16 va 17 yanvar kunlari tadbirlar 9.30 da boshlanadi. Barcha xohlovchilar uchun kirish erkin tarizda.

Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar o'rtasida shaxmat va shashka bo'yicha shahar birinchiligi bo'lib o'tdi...
14/01/2020

Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar o'rtasida shaxmat va shashka bo'yicha shahar birinchiligi bo'lib o'tdi
Tanlov 2020 yilda bo'lib o'tadigan Respublika Universiadasida ishtirok etish uchun saralash bosqichiga aylandi.

13 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida poytaxtimizdagi barcha oliy o'quv yurt talabalari o'rtasida shaxmat va shashka bo'yicha Toshkent shahar chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqada 40 dan ortiq sportchilar ishtirok etdilar.

Shaxmat o'yinlari natijalariga ko'ra yigitlar o'rtasida birinchi o'rin O'zbekiston Milliy universitetining talabasi Muzaffar Eminjanov, Ikkinchi o'rin - Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo`jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti talabasi Yuldoshev Hushnudbek, uchinchi o'rin - Toshkent To'qimachilik va Yengil Sanoat instituti talabasi Solijonov Begzod va shunindek qizlar o'rtasida shamat boyicha brinchi orin sovrindori O'zMU talabasi Abdukarimova Hilola,2 - o'rin Jahon Iqtisodiyot va Diplomatiya universiteti talabasi Oydin Karimova va 3-o'rin Iqtisodiyot universiteti talabasi Dildora Alieva egallladi.

Shuningdek shashka o'yinlari natijalariga ko'ra yigitlar orasida 1-o'rin Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo`jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti talabasi Sultamurod Nematov,2-o'rin Toshkent To'qimachilik va Yengil Sanoat instituti talabasi Bobur Sattorov, 3-o'rin Toshkent Davlat Pedagogika universiteti talabasi Bozorov Ulugbek va qizlar o'rtasida shahmat boyicha birinchi o'rin Toshkent Davlat Pedagogika universiteti talabasi Nasiba Sobirova, 2-chi o'rin Toshkent to'qimachilik va Yengil Sanoat instituti talabasi Imomnazarova Farangiz va uchinchi o‘rin sohibi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Mukarram Qodirova egalladi.

Respublika universiyadasi 23-26 yanvar kunlari Navoi shahrida bo'lib o'tadi.

Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSh dollariga teng bo'lgan "mGovAward" tanloviga arizalarni qabul qilish muddati 10-fevralga...
07/01/2020

Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSh dollariga teng bo'lgan "mGovAward" tanloviga arizalarni qabul qilish muddati 10-fevralga qadar uzaytirildi!
Raqobatda eng yaxshi mobil ilova ishlab chiqaruvchisiga $ 50 000, 2-chi o’ringa $30 00 va 3-chi o’ringa $20 000 taqdim etiladi.
"mGovAward" - bu O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan bo'lgan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha respublika tanlovidir.
Tanlov besh yo'nalishda o'tkaziladi:
🔸 Ta'lim
🔸 Sog'liqni saqlash
🔸 Turizm
🔸 Transport va logistika
🔸 Tadbirkorlik va G2B
Tanlovning asosiy mezonlari quyidagilar:
▫️ bo'lajak dasturning samaradorligi
▫️ uning innovatsionligi
▫️ foydalanishda qulayligi Tanlovning asosiy mezonlari kelajakda qo'llanilish samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanish qulayligi bo'ladi. Siz bu erda so'rov qoldirishingiz mumkin. http://bit.ly/mgovaward_tg_r.
Bundan tashqari, 18-19 yanvar kunlari Toshkentdagi Inha universitetida mGovAward tanlovi ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha seminar bo'lib o'tadi. Seminar doirasida malakali mentorlar raqobatchilarga dasturlarni ishlab chiqishdagi mavjud muammolarni bartaraf etishda yordam berishga, shuningdek mobil ilovalarni yaratish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.
Seminarda ishtirok etish uchun siz oldindan ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi.
https://mgovaward.uz/ru/registracziya-na-vorkshop-mgovaward/

Toshkentda Janubiy Koreyalik professor-o'qituvchilar ko'ngilochar matematika festivalini o'tkazadilar.15-17 yanvar kunla...
06/01/2020

Toshkentda Janubiy Koreyalik professor-o'qituvchilar ko'ngilochar matematika festivalini o'tkazadilar.

15-17 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida uchinchi "Ko'ngilochar matematika" o'quv-amaliy festivali bo'lib o'tadi.
Festivalning asosiy maqsadi bolalarga matematikaning mo'jizalarini namoyish etish, uning juda ajoyib va qiziqarli fan ekanligini chuntirib o’tishdir.
Festival maktab, litsey, kollej va boshqa barcha o'quv yurt talabalri, matematika o'qituvchilari, shuningdek ushbu fanni sevadigan va qiziqadiganlarning barchasiga qaratilgan.
Festivalda 20 xil matematik stendlar namoyish etiladi. Toshkentdagi Inha universitetiga Janubiy Koreyaning turli o'quv yurtlaridan 20 dan ortiq matematika o'qituvchilari tashrif buyuradilar.
Tadbir uch kun davom etadi va tadbir davomida Janubiy Koreyadan kelgan mehmonlar turli xil matematik masalalar va matematika sohasiga bogliq bo’lgan bilimlari bilan o'rtoqlashadilar.
Birinchi marta "Ko'ngilochar matematika" festivali 2016 yil yanvar oyida bo'lib o'tgan va uch kunlik festivalga 5 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.
Tadbir 15 yanvar kuni soat 13.00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida bo’lib o’tadi va barcha xohlovchilar uchun kirish bepul.

Aziz do'stlar, hamkasblar va talabalar!Sizlarni kirib kelayotkan 2020 yil bilan tabriklayman!Yangi yil bayrami insonlarn...
30/12/2019

Aziz do'stlar, hamkasblar va talabalar!

Sizlarni kirib kelayotkan 2020 yil bilan tabriklayman!

Yangi yil bayrami insonlarni birlashishga undaydi, shuningdek yaxshi kayfiyat va yorqin umidlar ulashadi.

Kirib kelayotgan yangi yil oilangizga tinchlik, mehr- muhabbat va barcha orzularingiz amalga oshishiga tilakdoshman.

Chin yurakdan sizga sihat-salomatlik, muvaffaqiyatlar, kasbiy o'sish, yangi kashfiyotlar tilayman!

Sizga va yaqinlaringizga baxt va omad!

Yangi yilingiz bilan!

Toshkentda talabalar insonning his-tuyg'ularini ochadigan dasturini namoyish etdilar.Namoyishda talabalar inson hissiyot...
25/12/2019

Toshkentda talabalar insonning his-tuyg'ularini ochadigan dasturini namoyish etdilar.
Namoyishda talabalar inson hissiyotlari orqali u haqida ma'lumot olinishi,shuningdek qarash yo'nalishini aniqlaydigan va odamning keyingi hatti harakatlarini aniqlab beradigan dastur namoyish etdilar.
Toshkentdagi Inha universitetining to'rtinchi kurs talabalari Abdulloh Asqarov, Shaxobiddin O'rmonov, Sardor Ibroximov, Bedilbek Hamidov, Eldor Abduxamidov va Sherzod Niyozov va professor Frensis Tay boshchiligida C-Vision noyob sun'iy ko'rish tizimini yaratdilar, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.
«Dastur odamning qarashini aniqlaydi, uning his-tuyg'ularini taniydi va ushbu ma'lumotlarni, masalan, real vaqtda ma'ruzachining ma'ruzasi bilan taqqoslaydi. Ushbu xizmat ma'ruzaning har soniyasida tinglovchilar tomonidan idrok etish yoki sezmaslik darajasini belgilaydi», - deydi talaba Abdullox Asqarov.
Ishlab chiqaruvchilarning habariga ko'ra, dastur mobil hisoblanib u mutlaqo turli sohalarda ishlatilishi mumkin: ta'lim, xavfsizlik, reklamava va shunga o'hshash.
«Dastur katta tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlash uchun ishlatilishi ham kozda tutilgan. Masalan, bir necha soniya ichida xizmat hissiyotlarni taniy oladi va tahlil qiladi, natijada sport stadionida, kontsert zalida minglab odamlarning niyatlarini aniqlab bera oladi. Dastur salbiy his-tuyg'ularga ega odamlarni aniqlaydi va ularni alohida klasterga joylashtiradi. Bu xavfsizlik xodimlarining ishini ancha engillashtiradi», - deydi ishlab chiqaruvchilar.
Bundan tashqari, ta'lim sohasida qo'llash mumkin bo'lib u talabalarning ma'ruza / dars jarayonida qanchalik qiziqish bilan ishtirok etayotkanini aniqlaydi.
«Bizning sun'iy intellekt professori, professor Frensis Tai No ushbu dasturni yaratishda bizni ilhomlantirdi. Uning so'zlariga ko'ra, nafaqat nazariyani o'rganish kerak, balki uni hayotda qo'llashni taklif qildi. Biz - kurs loyihasini olgach, dastlab shahar ko'chalarida videokuzatuv xizmatini yaratishga qaror qildik. Ammo rivojlanish jarayonida ushbu dastur juda mobil bo'lib, turli sohalarda osonlikcha qo'llanila boshladi. Biz buni reklama agentliklariga ham tavsiya etamiz. Shuningdek, agar siz ko'chalarga kameralar o'rnatadigan bo'lsangiz, dastur orqali shahar aholisining umumiy hissiy holatini kuzatishingiz mumkin», - deya qo'shimcha qildi ishlab chiquvchilar.
Ta'kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o'zlarining ijobiy harakatlari bilan Varshavada bo'lib o'tgan Microsoft Thenext AIGuardians-2019 xalqaro sun'iy intellekt tanlovining final bosqichida ishtirok etdilar.O'zbekistonlik dasturchilar bunday tanlovda birinchi marotaba ishtirok etib, uning g'olibiga aylandilar. Bundan tashqari, xuddi shu loyiha bilan,talabalar Google TakeOff-2019 xalqaro startap tanlovida ishtirok etib eng yaxshi 50 ta lik loyihadan joy egalladilar.

2019-yil 15-20 dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida Relativistik Astrofizika bo'yicha 30-Texas Simpozium...
24/12/2019

2019-yil 15-20 dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida Relativistik Astrofizika bo'yicha 30-Texas Simpoziumi bo'lib o'tdi. Unda Toshkentdagi Inha Universiteti professori Farrux Atamurotov "Aylanuvchi qora tuynuk soyasi" mavzusi bilan ishtirok etdi.

“Qora tuynukning optik xususiyatlari va fazoviy-vaqtning tuzilishini o'rganish, umumiy nisbiylik nazariyasi va boshqa gravitatsiya nazariyalarining yangi modellarini yaratish hozirgi zamon relyativistik astrofizikasining muhim vazifalaridan biridir. Qora tuynuk soyasini nazariy o'rganish gravitatsiya modellarini xususiyatlarini tushunishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi ”, - deya tushuntirdi professor Atamurotov.

Eslatib o'tamiz, simpozium har ikki yilda o'tkaziladigan astrofiziklar va kosmologlar uchun eng yirik xalqaro konferentsiyalardan biri bo'lib, avvalgi simpoziumlar 2017-yilda Keyptaun va 2015-yilda Jenevada bo'lib o'tgan. Oldingi uchrashuvlar an'anasiga ko'ra, 30-Texas simpoziumi relativistik astrofizikada, shu jumladan gravitasiya, kosmologiya, gravitatsion to'lqinlari, Neytron yulduzlar va kosmik nurlar masalalarni qamrab oldi.

Simpozium yakunida professor Atamurotov.Farrux Portsmut universiteti Kosmologiya va Gravitatsiya instituti direktorining o'rinbosari, professor Devid Bekon bilan hamkorlikni qilish bo'yicha muhokama qildi. Umid qilamizki, kelajakda Toshkentdagi INHA universiteti va Portsmut universiteti o'rtasida muzokaralar olib boriladi.

19 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar orasida ichki chempionat bo'lib o'tdi.Finalda "LEGION",...
24/12/2019

19 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar orasida ichki chempionat bo'lib o'tdi.

Finalda "LEGION", "GRYFFINDOR", "Eagles", "Tashkent city" jamoalari ishtirok etidilar..Universitetning chempioni LEGION jamoasi bo'lib turnirning 2-o‘rinini EAGLES jamoasi, 3-o‘rinni GRYFFINDOR egalladi.

Shu munosabat bilan talabalarga sertifikatlar, medallar va Universitet kubogi topshirildi.

Address

Tashkent
100170

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712899999

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Тошкент шаҳридаги Инҳа Университети posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Тошкент шаҳридаги Инҳа Университети:

Share