Высшая школа бизнеса и предпринимательства

Call Directions Website Contact the university

Высшая школа бизнеса и предпринимательства Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Facebookdagi rasmiy sahifasi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari  “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, LTD” kompaniyasida   Bugun, 16-okta...
16/10/2026

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, LTD” kompaniyasida

Bugun, 16-oktabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, LTD” kompaniyasiga amaliy tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida tinglovchilar kompaniyaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalari, mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi hamda ishlab chiqarishni samarali boshqarish tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, xalqaro kompaniya misolida biznes jarayonlarini tashkil etish, operatsion boshqaruv va sifat standartlarini ta’minlashning amaliy jihatlari o‘rganildi.
Mazkur tashrif tinglovchilarga nazariy bilimlarini real biznes muhiti bilan bog‘lash, yirik xalqaro kompaniyaning boshqaruv tajribasini o‘rganish va kasbiy dunyoqarashini kengaytirish imkonini berdi.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, LTD” jamoasiga samimiy qabul, tajriba almashish imkoniyati va mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik bildiramiz!

Brand Positioning (Brendni pozitsiyalash) - mijoz ongida qanday o‘rin egallaymiz?Tasavvur qiling, siz yangi avtomobil br...
15/10/2026

Brand Positioning (Brendni pozitsiyalash) - mijoz ongida qanday o‘rin egallaymiz?

Tasavvur qiling, siz yangi avtomobil brendini bozorga olib chiqdingiz.

Siz shunchaki:
“Biz sifatli avtomobil ishlab chiqaramiz,” desangiz, bu yetarli emas. Chunki deyarli barcha avtomobil brendlari sifat haqida gapiradi.
Kuchli brend esa mijoz ongida aniq bir tushuncha bilan bog‘lanishga harakat qiladi.
Masalan:
Volvo - xavfsizlik
Toyota - ishonchlilik
Ferrari - tezlik va eksklyuzivlik
Tesla - elektromobil va innovatsiya
Bu - Brand Positioning, ya’ni brendni mijoz ongida muayyan o‘ringa joylashtirish.

Sodda qilib: Brand Positioning - mijoz sizning brendingiz nomini esh*tganda birinchi bo‘lib nimani o‘ylashi.

Shuning uchun asosiy savol?:
“Mijoz bizni raqobatchilardan nimasi bilan farqli deb eslab qolishi kerak?”
Agar brend “ham arzon, ham premium, ham hammaga mos, ham eksklyuziv” bo‘lishga harakat qilsa, mijoz uning aslida nimani anglatishini tushunmay qolishi mumkin.

Kuchli positioning esa bitta aniq va muhim fikrni egallashga intiladi.

MBA’da Brand Positioning kompaniyaning maqsadli auditoriyasini aniqlash, raqobatchilardan farqlanish va kuchli brend strategiyasini yaratish uchun o‘rganiladi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari “Rozmetov Z.M.” korxonasida   Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tin...
15/10/2026

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari “Rozmetov Z.M.” korxonasida

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rozmetov Z.M.” MChJ korxonasiga amaliy tashrif buyurdilar. Tashrif davomida tinglovchilar ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar, mahsulot sifatini nazorat qilish, sanitariya talablari hamda tayyor mahsulotlarni qadoqlash va saqlash bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar.

1989-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Rozmetov” kompaniyasi misolida tinglovchilar ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, sifatni boshqarish va biznes yuritish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar. Mazkur tashrif tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha tajriba orttirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ushbu amaliy tashrifni tashkil etishda ko‘rsatgan hamkorligi va yaratilgan imkoniyatlar uchun “Rozmetov Z.M.” MChJ rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildiradi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi boshlandi   2026-yil 12-oktabr kuni O‘...
12/10/2026

Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi boshlandi

2026-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda NNT vakillari uchun «Ijtimoiy ta’sir va notijorat tashkilotlarini boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kurs «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolik jamiyati institutlarining tashkiliy va boshqaruv salohiyatini mustahkamlash, NNT rahbarlari hamda mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish, ularning ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

Kursning tashkil etilishi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining notijorat sektori kadrlar salohiyatini rivojlantirish borasidagi tizimli ishlarining davomidir. Xususan, joriy yilning aprel oyida birinchi malaka oshirish kursi o‘tkazilgan bo‘lsa, oktabr oyida ikkinchi guruh tinglovchilari uchun mashg‘ulotlar boshlandi. Bu esa Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, NNTlar faoliyatini takomillashtirish va sohada malakali kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

Ochilish marosimida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Bosh prokuratura, tegishli vazirlik va idoralar, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda nodavlat notijorat sektorini rivojlantirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda NNTlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarini samarali boshqarish, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

12–16-oktabr kunlari davom etadigan besh kunlik malaka oshirish kursida 40 nafarga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. O‘quv dasturi NNTlar faoliyatining huquqiy asoslari, tashkiliy rivojlanish, strategik rejalashtirish, loyihalarni boshqarish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mablag‘ va boshqa resurslarni jalb etish, inson resurslarini boshqarish, strategik kommunikatsiyalar hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi mavzularni qamrab olgan.

Ochilish marosimidan so‘ng dastlabki o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ularda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, NNTlarni boshqarishning zamonaviy usullari, strategik rejalashtirish, tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olish, tadbirlarni tashkil etish hamda hisobot taqdim etish tartibiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, birinchi kun dasturida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazish nazarda tutilgan. Muloqot davomida NNTlar faoliyatida uchrayotgan huquqiy va tashkiliy masalalarni muhokama qilish, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish rejalashtirilgan.

Malaka oshirish mashg‘ulotlarini olib borish uchun davlat organlari va ilmiy-tahliliy muassasalar mutaxassislari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari hamda fuqarolik jamiyati sohasidagi ekspertlar jalb etilgan. O‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, tajriba almashish va tinglovchilarning o‘z tashkilotlari faoliyatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur malaka oshirish kurslari nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy salohiyatini mustahkamlash, ijtimoiy loyihalar samaradorligini oshirish, mahallalarni rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik tashabbuslarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

Davlat dasturi doirasida navbatdagi malaka oshirish kursining tashkil etilishi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan NNTlar uchun malakali kadrlar tayyorlash, ularning boshqaruv salohiyatini oshirish hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar davom etayotganini ko‘rsatadi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida donorlik aksiyasi o‘tkazildi   Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida insonparvarli...
09/10/2026

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida insonparvarlik, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyatni targ‘ib etish maqsadida qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.
Aksiyada Oliy biznes maktabi jamoasi faol ishtirok etib, donor qoniga muhtoj insonlar hayotini saqlab qolishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Oliy biznes maktabi ushbu ezgu tashabbusda ishtirok etgan barchaga samimiy minnatdorlik bildiradi.

Donorlik inson hayotini saqlab qolish yo‘lidagi ezgu qadam!

KFC qanday qilib bitta retseptni global biznesga aylantirdi?   Bugun KFC dunyoning eng mashhur fast-food brendlaridan bi...
09/10/2026

KFC qanday qilib bitta retseptni global biznesga aylantirdi?

Bugun KFC dunyoning eng mashhur fast-food brendlaridan biri. Ammo uning tarixi ulkan korporatsiyadan emas, Colonel Harland Sandersning tovuq tayyorlash usuli va o‘ziga xos retseptidan boshlangan.
KFC muvaffaqiyatining asosiy siri faqat retseptda emas edi.

Kompaniya retseptni takrorlanadigan, standartlashtiriladigan va boshqa odamlar ham bir xil natija bilan bajara oladigan biznes tizimiga aylantirdi.
1. Mahsulot standartlashtirildi
Mijoz KFC’ga qaysi shaharda kirishidan qat’i nazar, u tanish ta’m va sifatni kutadi.
Buning uchun retseptning o‘zi yetarli emas.
Pishirish jarayoni, mahsulot sifati, oshxona tartibi va xizmat ko‘rsatish ham aniq standartlarga bog‘langan.

2. Franchayzing o‘sishni tezlashtirdi
KFC barcha restoranlarni o‘z mablag‘i bilan ochishga urinmadi.
Franchayzing modeli orqali mahalliy tadbirkorlar KFC brendi, retsepti va ishlash tizimidan foydalanib restoran ochishi mumkin bo‘ldi.
Bu kompaniyaga yangi bozorga kamroq kapital bilan tezroq kirish imkonini berdi.

3. Global standart, mahalliy moslashuv
KFC asosiy mahsulot va brend identifikatsiyasini saqlagan holda, turli davlatlarda menyuni mahalliy iste’molchilar didiga moslashtirdi.
Ya’ni kompaniya standartlashtirish va lokalizatsiya o‘rtasida muvozanat yaratdi.

Biznes sabog‘i
KFC tajribasi shuni ko‘rsatadi:
kuchli mahsulotning o‘zi global biznes qurish uchun yetarli emas.
Uni standartlashtirish, takrorlash mumkin bo‘lgan tizimga aylantirish va boshqa bozorlar uchun moslashtirish kerak.
KFC aslida bitta retseptni emas, takrorlanadigan biznes modelini sotdi.

Sizningcha, biznesni masshtablashda qaysi biri muhimroq: noyob mahsulotmi yoki uni bir xil sifatda takrorlay oladigan kuchli tizimmi ?

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbekistonning 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy hududiy rivojlanish konsepsiyasi muho...
08/10/2026

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbekistonning 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy hududiy rivojlanish konsepsiyasi muhokama qilindi

Joriy yilning 8-oktabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida «O‘zbekistonning 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy hududiy rivojlanish konsepsiyasi (NSVP)» mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda O‘zbekistondagi Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etildi.

Tadbirda 25 yildan ortiq vaqt davomida boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar va institutsional salohiyatni rivojlantirish sohalarida faoliyat yuritgan Jahon banki eksperti doktor Mohamed Nada ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. U avval UN-Habitat tashkilotining shahar siyosati, boshqaruv va qonunchilik dasturiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, CARE International tashkilotida boshqaruv va fuqarolik ishtiroki dasturini boshqargan.

Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ko‘magida Jahon banki tomonidan ishlab chiqilmoqda. U mamlakat hududiy rivojlanishining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgilaydi. Hujjat shaharlarning joylashuvi va o‘sishi, iqtisodiy faollik, infratuzilma va xizmatlarning rivojlanishi iqtisodiyotni yanada samarali, o‘zaro bog‘langan, inklyuziv va barqaror qilishga qanday xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Ma’ruzada konsepsiyaning maqsadlari, uning tahliliy yondashuvi va dastlabki xulosalari taqdim etildi. Jumladan, shaharlar tizimining roli va shahar hamda qishloq hududlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, shuningdek, hududlarning sanoat, turizm va qishloq xo‘jaligidagi salohiyati ko‘rib chiqildi. Transportdan foydalanish imkoniyati, shaharlarning o‘sishini boshqarish, yer, suv va energiyadan foydalanish, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga chidamlilik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ma’ruzachi, shuningdek, milliy hududiy rivojlanish konsepsiyasi hududiy strategiyalar va mahalliy rejalar bilan qanday bog‘lanishini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, konsepsiya tavsiyalari tarmoq siyosati, kapital qo‘yilmalarni rejalashtirish hamda boshqaruvning turli darajalari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish orqali amalga oshiriladi.

Muhokama mamlakatning hududiy siyosatini tahlil qiluvchi va o‘rganuvchi mutaxassislarni birlashtirdi. Strategik va makroiqtisodiy yondashuvni yetakchi aql markazlari - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Markaziy Osiyo xalqaro instituti vakillari taqdim etdilar. Mehnat bozori, kambag‘allik, mehnat unumdorligi, statistika va fiskal siyosat bo‘yicha profil ekspertizani sohaviy tadqiqot institutlari taqdim etdilar. Akademik hamjamiyatni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari namoyish etdilar.

Muhokama davomida ishtirokchilar shakllanayotgan siyosat yo‘nalishlari va ularning O‘zbekiston rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari uchun ahamiyatini muhokama qildilar.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida xalqaro ekspert ishtirokida uchrashuv va mahorat darsi tashkil etildi   2026-yil 8...
08/10/2026

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida xalqaro ekspert ishtirokida uchrashuv va mahorat darsi tashkil etildi

2026-yil 8-oktabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktor o‘rinbosari Baxrom Xolbayev hamda xalqaro ekspert, “Lexyta 5 Inc.” kompaniyasi asoschisi va muhandisi Luv Aggarwal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda zamonaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya va innovatsiyalarning biznes rivojiga ta’siri hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Luv Aggarwal tomonidan Oliy biznes maktabi tinglovchilari uchun “Texnologik evolyutsiyaning biznesga ta’siri” (Impact of Technological Evolution on Business) mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida sun’iy intellekt, dasturiy injiniring, bulutli texnologiyalar, blokcheyn va katta ma’lumotlar tahlilining zamonaviy biznesdagi o‘rni hamda amaliy imkoniyatlari yoritildi.

Mazkur tashrif tinglovchilarning ilg‘or texnologiyalar haqidagi bilimlarini kengaytirish va xalqaro tajriba almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

В рамках IX Международной научной конференции проводится международный конкурс научных эссе    В рамках IX Международной...
06/10/2026

В рамках IX Международной научной конференции проводится международный конкурс научных эссе

В рамках IX Международной научной конференции ВАВТ Минэкономразвития России «Платформенная экономика: новые модели роста, торговли и международного сотрудничества» проводится международный конкурс научных эссе.
К участию приглашаются слушатели магистратуры.

Предлагаются следующие темы эссе:
-Трансграничная торговля через цифровые платформы: новый путь на внешние рынки или новые формы зависимости?
-Национальные и глобальные цифровые платформы: конкуренция или пространство для сотрудничества?
-Цифровые платформы и страны Глобального Юга: возможности преодоления цифрового и торгового разрыва.
-Искусственный интеллект в международной торговле: инструмент снижения барьеров или источник новых рисков?
-Ответственность цифровой платформы в трансграничной торговле: где заканчивается роль посредника?

Эссе принимаются на русском или английском языке, объём - до 3 000 слов. Работу необходимо представить в формате MS Word.

Срок подачи работ - до 26 октября 2026 года.

Победители среди слушателей магистратуры получат возможность бесплатно пройти краткосрочную программу повышения квалификации в ВАВТ Минэкономразвития России.

Форма подачи эссе: (https://forms.yandex.ru/u/6a9571e8493639ddbeaa61ac)

Приглашаем всех заинтересованных студентов принять участие в конкурсе
_____
IX Xalqaro ilmiy konferensiya doirasida ilmiy esse xalqaro tanlovi

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Tashqi savdo bo‘yicha Butunrossiya akademiyasi (VAVT)ning “Platforma iqtisodiyoti: o‘sish, savdo va xalqaro hamkorlikning yangi modellari” mavzusidagi IX Xalqaro ilmiy konferensiyasi doirasida xalqaro ilmiy esse tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovda magistratura tinglovchilari ishtirok etishlari mumkin.

Esse uchun quyidagi mavzular taklif etiladi:
-Raqamli platformalar orqali transchegaraviy savdo: tashqi bozorlarga chiqishning yangi yo‘li yoki qaramlikning yangi shakllari?
-Milliy va global raqamli platformalar: raqobatmi yoki hamkorlik makonimi?
- Raqamli platformalar va Global Janub mamlakatlari: raqamli va savdo tafovutini bartaraf etish imkoniyatlari.
-Xalqaro savdoda sun’iy intellekt: to‘siqlarni kamaytirish vositasi yoki yangi xavflar manbai?
-Transchegaraviy savdoda raqamli platformaning javobgarligi: vositachi roli qayerda tugaydi?

Esselar rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi, hajmi 3 000 so‘zgacha bo‘lishi lozim. Ish MS Word formatida taqdim etilishi kerak.

Ishlarni topshirish muddati - 2026-yil 26-oktabrgacha.

Magistratura tinglovchilari orasidagi tanlov g‘oliblari Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining VAVTda qisqa muddatli malaka oshirish dasturini bepul o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Esse topshirish shakli: (https://forms.yandex.ru/u/6a9571e8493639ddbeaa61ac)

Barcha qiziquvchi tinglovchilarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz

Hurmatli ustozlar, qadrli ta’lim fidoyilari va aziz hamkasblar!    Sizlarni Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy mubo...
01/10/2026

Hurmatli ustozlar, qadrli ta’lim fidoyilari va aziz hamkasblar!

Sizlarni Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlarning yillar davomida orttirgan boy tajribangiz, chuqur bilim va kasbiy mahoratingiz, ta’lim rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz alohida e’tirofga loyiq. Har bir dars, har bir maslahat va har bir tashabbusingiz kelajakdagi mutaxassislarning shakllanishiga munosib hissa qo‘shadi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
_____

Уважаемые учителя, дорогие наставники и коллеги!

От всей души поздравляем Вас с Днём учителя и наставников!

Ваш богатый многолетний опыт, глубокие знания и профессиональное мастерство, самоотверженный труд во имя развития образования заслуживают особого признания. Каждый ваш урок, каждый совет и каждая инициатива вносят достойный вклад в формирование будущих специалистов.

Желаем всем вам крепкого здоровья, семейного счастья и благополучия, новых достижений в профессиональной деятельности и больших успехов.

С праздником, дорогие учителя!

Address

100060, Toshkent Shahar, Mirobod Tumani, Mirobod Ko‘chasi, 25
Tashkent
100060

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712390305

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Высшая школа бизнеса и предпринимательства posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Высшая школа бизнеса и предпринимательства:

Shortcuts

Share