Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature

Call Directions Website Contact the university

Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

   Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti podkastining navbatdagi sonida şu mavzu ha...
21/10/2026



Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti podkastining navbatdagi sonida şu mavzu haqida söz yuritamiz.

Podkast mehmoni — universitetimizning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Nozliya Normurodova .

Suhbat davomida xorijliklarning özbek tiliga bölgan qiziqişi, tilimizni örganiş sabablari, “Özbek maktabi” faoliyati, xorijiy til örganuvçilar uçun yaratilgan darsliklar hamda özbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz boradi.

Xorijliklar özbek tilini nima uçun örganmoqda? Ularni tilimizga nima jalb qilmoqda? Özbek tilini dunyoga tanitiş yölida qanday natijalarga erişilmoqda?

🎧 Uşbu savollarga javobni podkastimizda bilib olasiz!

🎙 Tomoşa qiliş :

Filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova bilan

21/10/2026



Oksford universiteti professori, taniqli turkolog Nikolas Kontovas O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasiga o‘zining samimiy tabriklarini yo‘lladi.

Videotabrikda professor universitetda tashkil etilgan yozgi maktab hamda o‘zbek tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirayotgan UZacademy platformasi haqida iliq fikrlarini bildirdi.
Bunday samimiy e’tirof va ezgu tilaklar o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi ortib borayotgani, milliy tilimiz va madaniyatimizga bo‘lgan qiziqish tobora kengayayotganining yorqin ifodasidir.

Bayramingiz muborak, ona tilimiz!

20/10/2026

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan
O‘zbek tilini o‘rganish va milliy madaniyatimizni targ‘ib etish imkonini beruvchi Uzacademy internet platformasi yaratildi. Platforma o‘zbek tilini A1 dan C1 darajagacha o‘rganish, interaktiv mashqlar orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyati bilan tanishish imkonini beradi.
_________________

Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature has launched Uzacademy, an innovative online platform designed to make learning Uzbek more accessible and engaging while showcasing Uzbekistan’s rich cultural heritage. The platform offers Uzbek language courses from A1 to C1, interactive exercises to strengthen language skills, and engaging resources that introduce learners to the history, literature, and vibrant cultural traditions of Uzbekistan.

19/10/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarori asosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan Uzacademy internet platformasi yaratildi.

Platformada o‘zbek tilini A1 boshlang‘ich darajadan C1 yuqori darajagacha o‘rganish imkoniyati yaratilgan. Har bir daraja 12 ta darsni qamrab oladi va ular videodars hamda tinglab tushunish, o‘qish, yozish, gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlardan iborat.
Qulay va zamonaviy interfeys, videomateriallar va interaktiv topshiriqlar til o‘rganish jarayonini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi. Til ta’limining autentik materiallar va milliy-madaniy kontekst bilan uyg‘unlashtirilishi esa o‘rganuvchilarga o‘zbek tilini real muloqot vaziyatlari bilan bog‘liq holda o‘zlashtirish imkonini beradi.

Uzacademy faqat til o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Platformada O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, san’ati, musiqasi, kinosi, milliy urf-odatlari, qadriyatlari va kundalik turmush madaniyatiga oid ko‘plab yo‘nalishlar jamlangan. Shu tariqa til ta’limi va madaniy-ma’rifiy resurslar yagona raqamli manzilda birlashtirilgan.

Platformadan Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida tashkil etilgan O‘zbekshunoslik dasturida, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va madaniyati markazlarida ham foydalanilmoqda.

Uzacademy o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish, milliy madaniyatimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etish va o‘zbekshunoslikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

🌐 https://uzbekacademy.uz/oz

03/10/2026



“O‘zbekiston 24” telekanalining “Kim edigu, kim bo‘ldik” dasturida Oliy ta’lim tizimini xalqarolashtirish, universitetlarning nufuzli xalqaro reytinglardagi ishtirokini kengaytirish hamda salohiyatli ilmiy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova o‘z mulohazalarini bildirdi.

🌏 UI GreenMetric 2026 xalqaro reytingida ToshDO‘TAU yana yuqoriladi!🏆 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek til...
25/09/2026

🌏 UI GreenMetric 2026 xalqaro reytingida ToshDO‘TAU yana yuqoriladi!

🏆 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jahon reytingida 314-o‘rinni egallab, o‘tgan yilgi natijasini 21 pog‘onaga yaxshiladi.
🇺🇿 ToshDO‘TAU O‘zbekiston OTMlari orasida 2-o‘rin, Markaziy Osiyoda esa 8-o‘rinni qayd etdi.

📈 Universitetimizning reytingdagi izchil o‘sishi:
2022 — 507-o‘rin | 2023 — 376-o‘rin | 2024 — 347-o‘rin | 2025 — 335-o‘rin | 2026 — 314-o‘rin.

🌱 Ushbu natija universitetimizda barqaror rivojlanish, yashil kampus, zamonaviy infratuzilma, ekologik mas’uliyat, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlarida olib borilayotgan izchil ishlarning xalqaro e’tirofidir.
🎉 Universitetimiz jamoasini navbatdagi xalqaro muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

________________________________________

🌏 TSUULL has achieved another strong result in the UI GreenMetric World University Rankings 2026!
🏆 Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature ranked 314th globally, improving its position by 21 places compared to 2025.

🇺🇿 TSUULL ranked 2nd among universities in Uzbekistan and 8th in Central Asia.

📈 The university’s steady progress:
2022 — 507th | 2023 — 376th | 2024 — 347th | 2025 — 335th | 2026 — 314th.

🌱 This achievement reflects the university’s consistent efforts in sustainable development, green campus initiatives, modern infrastructure, environmental responsibility, education and research.
🎉 Congratulations to the entire TSUULL community on this international achievement!

Yangi o‘quv yili oldidan metodik ta’limning ustuvor vazifalari belgilandiAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek ...
16/09/2026

Yangi o‘quv yili oldidan metodik ta’limning ustuvor vazifalari belgilandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi o‘quv yilini mazmunan yangi yondashuvlar asosida boshlash, ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov yangi o‘quv yili arafasida O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi hamda Adabiyot o‘qitish metodikasi kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida kafedralarning bugungi faoliyati, ilmiy-metodik salohiyati, o‘quv jarayonidagi yondashuvlar va istiqboldagi vazifalar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ToshDO‘TAUning asosiy missiyalaridan biri o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish tizimini muntazam tahlil qilish, ta’lim amaliyotining mavjud muammolarini aniqlash, zamonaviy va samarador metodikalarni ishlab chiqish hamda ularni ta’lim jarayoniga izchil joriy etishdan iborat. Bugun bu jarayonni an’anaviy yondashuvlar doirasida olib borishning o‘zi yetarli emas. O‘zbek tili va adabiyoti ta’limining mazmuni, metodikasi va texnologiyalari xalqaro ta’lim standartlari, zamonaviy pedagogik qarashlar, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan uyg‘un holda rivojlantirilishi zarur. Shu nuqtayi nazardan, kafedralar faoliyatida mavjud moddiy-texnik imkoniyatlardan foydalanish masalasi ham tanqidiy tahlil qilindi. Universitet tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini interaktiv va zamonaviy texnologik uskunalar asosida tashkil etish uchun kafedralarga maxsus kompyuter xonalari ajratilgan bo‘lsa-da, amaliyotda, ayniqsa, mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ushbu imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etildi.
Professor-o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarini egallashi, o‘z ustida muntazam ishlashi, pedagogik va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishi hamda universitet tomonidan yaratilayotgan moddiy-texnik bazadan samarali foydalanishi zarurligi ta’kidlandi. Zero, zamonaviy auditoriya, zamonaviy uskuna va zamonaviy metod bir-birini to‘ldirgandagina ta’lim jarayonida kutilgan natijaga erishish mumkin. Shuningdek, o‘quv dasturlari va fan dasturlarini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish, ularning mazmunini bugungi ta’lim ehtiyojlariga moslashtirish, yangi metodik yechimlar ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Ayniqsa, bugungi talaba ertangi o‘qituvchi ekani alohida qayd etildi. Demak, uning auditoriyada olayotgan har bir bilimi, o‘zlashtirayotgan har bir metodi va shakllantirayotgan pedagogik kompetensiyasi kelajakdagi minglab o‘quvchilarning ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi va Adabiyot o‘qitish metodikasi kafedralari zimmasidagi vazifalar alohida mas’uliyat va strategik ahamiyat kasb etadi.
Rektor tomonidan bu boradagi ishlarni kechiktirish mumkin emasligi, mavjud holatni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, aniq natijaga yo‘naltirilgan tizimli mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Muhokamalar davomida yana bir muhim masalaga e’tibor qaratildi. Bugun ishlab chiqilayotgan ustuvor yo‘nalishlar bir yoki ikki yillik rejalar bilan chegaralanmasligi kerak. Ular o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasining kelgusi o‘n yillikdagi taraqqiyotini ko‘zda tutadigan, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni oldindan hisobga oladigan strategik dasturlar bilan bog‘lanishi lozim. Zero, metodika bugungi darsni emas, ertangi ta’limni ham belgilaydi.
Kafedralar faoliyatida ilmiy izlanish, metodik yangilik va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va ularning samaradorligini tahlil qilish bo‘yicha ham tegishli topshiriqlar berildi.

13/09/2026

Oksford universitetining O‘zbekshunoslik dasturi talabalari uchun tashkil etilgan “Buyuk Ipak yo‘li va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish” yozgi maktabining ta’limiy qismi yakuniga yetdi.
Bir necha hafta davomida ToshDO‘TAUda oʻtkazilgan mashg‘ulotlar talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bilangina cheklanib qolmay, O‘zbekistonning boy tarixi, yozma merosi va milliy madaniyatini yaqindan anglash imkonini berdi.

_____________________

The educational component of the summer school “The Great Silk Road and the Study of Uzbekistan’s Cultural Heritage,” organized for students of the Uzbek Studies Programme at the University of Oxford, has come to an end.
Over the course of several weeks, the sessions held at Tashkent State University of Uzbek Language and Literature went beyond teaching the Uzbek language, providing students with an opportunity to gain a deeper understanding of Uzbekistan’s rich history, written heritage, and national culture.

Address

Tashkent
77V3+8G

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature:

Shortcuts

Share