Tashkent State University of Law

Call Directions Website Contact the university

Tashkent State University of Law Tashkent State University of Law (TSUL) is included in the TOP-500 universities of the world according to The Times Higher Education Impact Rankings.
(1)

TSUL is the basic higher educational institution in Uzbekistan for the training of legal personnel

“Yuridik ta’lim va huquqiy davlat: milliy tajriba va global trendlar”__________«Юридическое образование и правовое госуд...
30/09/2026

“Yuridik ta’lim va huquqiy davlat: milliy tajriba va global trendlar”
__________

«Юридическое образование и правовое государство: национальный опыт и глобальные тенденции»

30/09/2026

Bo‘lajak huquqshunoslar qanday kiyinadi?
_________________

Как одеваются будущие юристы?

35 yil tarix: erishilgan marralar va TDYU–2030 strategiyasi____________35 лет истории: достигнутые рубежи и стратегия ТГ...
29/09/2026

35 yil tarix: erishilgan marralar va TDYU–2030 strategiyasi
____________

35 лет истории: достигнутые рубежи и стратегия ТГЮУ–2030

TDYUning 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi____________В ТГЮУ состоялось пле...
29/09/2026

TDYUning 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
____________

В ТГЮУ состоялось пленарное заседание международной конференции, посвященной 35-летию университета

“Aloqabank”da TDYU amaliyot sho‘basi ochildi_____________В «Aloqabank» открыт практический сектор ТГЮУ
23/09/2026

“Aloqabank”da TDYU amaliyot sho‘basi ochildi
_____________

В «Aloqabank» открыт практический сектор ТГЮУ

TDYUda davlat akkreditatsiyasining 3-bosqichi — ta’lim sifatini tashqi baholash jarayoni boshlandi______________В ТГЮУ н...
14/09/2026

TDYUda davlat akkreditatsiyasining 3-bosqichi — ta’lim sifatini tashqi baholash jarayoni boshlandi
______________
В ТГЮУ начался третий этап государственной аккредитации — внешняя оценка качества образования

Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig...
04/09/2026

Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
TDYU rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda universitet rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash bilan bog‘liq tashkiliy va amaliy masalalarni muhokama qildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–232-son Farmoni asosida universitetda amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida yuridik ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, o‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini keng joriy etish hamda bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida ta’lim jarayonini sifatli va tizimli tashkil etish, o‘quv-uslubiy hamda tashkiliy tayyorgarlik holatini tanqidiy ko‘rib chiqish, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirish hamda ijro intizomi va mas’uliyatni kuchaytirish bilan bog‘liq vazifalar muhokama qilindi.
Rektor o‘z nutqida yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, Prezident qarori va farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda natijadorlik bilan amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida 2026/2027-o‘quv yilini puxta tayyorgarlik bilan boshlash, mavjud masalalarni tezkor hal etish va universitetning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

TDYU rektori 80 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan xalqaro alyans a’zoligiga qabul qilindiToshkent davlat yuridik univer...
04/09/2026

TDYU rektori 80 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan xalqaro alyans a’zoligiga qabul qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev reklama va marketing huquqi sohasidagi nufuzli xalqaro professional tuzilma — Global Advertising Lawyers Alliance (GALA)ga Associate Member sifatida qabul qilindi.

GALA Associate Member maqomi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
• global reklama huquqidagi so‘nggi o‘zgarish va tendensiyalardan muntazam xabardor bo‘lish;
• onlayn ta’lim dasturlari va maxsus o‘quv resurslaridan foydalanish;
• GALAning reklama huquqiga oid xalqaro nashrlari bilan tanishish;
• konferensiyalar, seminarlar va professional tadbirlarda ishtirok etish;
• turli mamlakatlarning yetakchi yuristlari, olimlari va ekspertlari bilan professional aloqalarni rivojlantirish.

Professor Baxshillo Xodjayevning GALA Associate Member sifatida qabul qilinishi TDYUning xalqaro professional va ilmiy-huquqiy hamjamiyatdagi ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur a’zolik universitetda reklama va marketing huquqi, intellektual mulk hamda zamonaviy huquqiy tartibga solish yo‘nalishlarida xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy ekspertlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish va yangi professional tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.

Ma’lumot uchun: 1998-yilda tashkil etilgan GALAning bosh qarorgohi AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan bo‘lib, alyans reklama, marketing, intellektual mulk, ko‘ngilochar soha, shuningdek, mahsulot va xizmatlarni ilgari surishni huquqiy tartibga solish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi yetakchi yuristlar va olimlarni birlashtiradi. Bugungi k***a GALA dunyoning 80 dan ortiq mamlakatini qamrab olgan yirik xalqaro professional tarmoq sifatida faoliyat yuritmoqda. Alyans reklama va marketingga oid murakkab huquqiy masalalar bo‘yicha xalqaro ekspertizadan foydalanish, shuningdek, marketing faoliyatining turli mamlakatlardagi huquqiy va madaniy talablarga muvofiqligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalarni qabul qilish boshlandiXabaringiz bor, O‘zbekiston Res...
04/09/2026

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi — kontrakt.edu.uz ishga tushirilgan.

Mazkur tizim orqali abituriyentlar (Yurisprudensiya, Raqamli huquq, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik, Davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim yo‘nalishlariga) tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini bilishi hamda qo‘shimcha qabul va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza topshirishi mumkin. Buning uchun ular yuqoridagi axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli ma’lumotlarni kiritishi kerak.

Hurmatli fuqarolar va abituriyentlar!

Sizni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qishingizni va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, Toshkent davlat yuridik universitetida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun joylar soni cheklanmagan. Faqat belgilangan muddatlarda ariza qoldirishingiz kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, universitetning Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatma! Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish, shuningdek, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Address

Sayilgoh 35
Tashkent
100047

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998712336636

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tashkent State University of Law posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Tashkent State University of Law:

Shortcuts

Share