Central Asian University

Central Asian University Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Central Asian University, College & University, 264, Milliy bog Street, Mirzo Ulugbek dist, Tashkent.

Central Asian University
Engineering School | Business School | Medical School | Dental School | Hospitality Management & Tourism | Architecture & Design School

🎓 Alumni Story: Sarvinoz SayfullayevaSarvinoz Sayfullayeva uchun ta’lim sohasini tanlash Central Asian Universityʼdagi t...
21/08/2026

🎓 Alumni Story: Sarvinoz Sayfullayeva

Sarvinoz Sayfullayeva uchun ta’lim sohasini tanlash Central Asian Universityʼdagi tahsil yillari davomida bosqichma-bosqich shakllandi. U 2022-yilda CAU Biznes Maktabining Ingliz tili ta’limi yo‘nalishiga o‘qishga kirgach, Toshkentdagi turli ta’lim muassasalarida orttirgan amaliy tajribasi o‘qituvchilikka bo‘lgan qiziqishini anglashiga yordam berdi.

Ikkinchi kursdan boshlab Sarvinoz bolalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa uning ilk o‘qituvchilik faoliyatini boshlashiga turtki bo‘ldi: u bir vaqtning o‘zida ham ingliz tilidan dars berdi, ham ma’muriy vazifalarni bajarishni o‘rgandi.

Bugungi k***a Sarvinoz “Maple Bear Canadian School” maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. U uchinchi sinf o‘quvchilariga nafaqat bilim beradi, balki ularning shaxsiy rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘tmishga nazar solar ekan, Sarvinoz CAU unga tanqidiy fikrlash, muloqot qilish ko‘nikmalari va amaliy pedagogik tajribani shakllantirishga yordam berganini hamda bu bilimlar o‘z kasbiy faoliyatida ham qo‘l kelayotganini ta’kidlaydi.

“O‘rganish — xato qilish demakdir va bu tabiiy holat. Savol berish va tashabbus ko‘rsatish esa faxrlanarli ishdir.”
Uning hikoyasi amaliy tajriba, qiziquvchanlik va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq qanday qilib oddiy qiziqishni kasbiy yo‘lga aylantirishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. ✨

🎓 Alumni Story: Iroda AbdullayevaIroda Abdullayeva uchun shifokor bo‘lish bolalikdagi eng katta orzusi edi. Central Asia...
14/08/2026

🎓 Alumni Story: Iroda Abdullayeva

Iroda Abdullayeva uchun shifokor bo‘lish bolalikdagi eng katta orzusi edi. Central Asian University o‘z eshiklarini ochganda, u bu orzuni ro‘yobga chiqarish uchun ajoyib imkoniyatni ko‘rdi.

5–6-bosqichlardagi klinik amaliyotlari davomida Iroda oftalmologiyaga bo‘lgan qiziqishini kashf etguniga qadar turli yo‘nalishlarni o‘rgandi. Tajribali shifokorlar va ustozlar bilan birga ishlash unga oftalmologiya bemorlarning hayot sifatini qay darajada yaxshilay olishini ko‘rsatib berdi.

Bugungi k***a Iroda “AKFA Medline University Hospitalʼning oftalmologiya yo‘nalishi rezidenti bo‘lib, bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish va davolash rejasini tuzish orqali o‘zining klinik mahoratini oshirishda davom etmoqda.

O‘tmishga nazar tashlar ekan, Iroda CAU unga tanqidiy fikrlashni, tibbiyotga dalillarga asoslangan yondashuvni shakllantirishga va o‘qishdan tashqari ham doimiy izlanishga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yordam berganiga ishonadi.

“Savol berishdan va xato qilishdan qo‘rqmang”.

Uning hikoyasi shuni eslatadiki, to‘g‘ri tanlangan ustozlar, amaliy tajriba va izlanishdagi jasorat bolalik orzusini aniq kasbiy yo‘lga aylantirishga yordam beradi. ✨

🩺 Siz ham rezidenturadagi o‘z yo‘lingizni boshlamoqchimisiz? Ayni paytda CAUʼning “Oilaviy shifokorlik” rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda. CAU bilan tibbiyot sohasidagi faoliyatingiz uchun navbatdagi qadamni tashlang.

13/08/2026

Counting down until you’re back!

Hozir gaplasholmayman — chat fonim juda chiroyli. 👀Sizning chat foningiz qanday? Izohlarda ulashing! 👇——————Sorry, can’t...
12/08/2026

Hozir gaplasholmayman — chat fonim juda chiroyli. 👀

Sizning chat foningiz qanday? Izohlarda ulashing! 👇

——————

Sorry, can’t talk. The wallpaper is too good. 👀

Share your chat wallpaper in the comments! 👇

10/08/2026

Oilaviy shifokorlik rezidenturasiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Central Asian University va AKFA Medline University Hospital tibbiyot yo‘nalishlari bitiruvchilarini oilaviy shifokorlarni tayyorlashga mo‘ljallangan ikki yillik klinik rezidentura dasturiga taklif etadi.

Amerika standartlari asosidagi klinik amaliyot.
Dastur zamonaviy xalqaro yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosini intensiv amaliy tayyorgarlik, bemorlar bilan bevosita ishlash hamda tajribali mentorlar rahbarligidagi klinik ta’lim tashkil etadi.

Rezidentlar uchinchi oydanoq klinik amaliyotga jalb etilib, kelgusida mustaqil faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma va tajribani egallaydilar.

Dastur oilaviy shifokorlik sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, real klinik amaliyotga tayyor mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Hujjatlarni topshirish muddati: 25-avgustga qadar. Ta’lim boshlanishi: 5-oktabr

Oilaviy shifokorlikdagi professional faoliyatingizni Central Asian University bilan boshlang.

🌐 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://www.cauni.uz/uz/mr-family-medicine
📞 +998-71-208-12-34

🎓 Alumni Story: Shakhzodakhon KhodjaevaCentral Asian University Tibbiyot Maktabi bitiruvchisi Shakhzodakhon Khodjaeva bu...
07/08/2026

🎓 Alumni Story: Shakhzodakhon Khodjaeva

Central Asian University Tibbiyot Maktabi bitiruvchisi Shakhzodakhon Khodjaeva bugun UNFPA Uzbekistan tashkilotida Yoshlar dasturlari bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning yo‘li tibbiyot sohasi faqat shifoxona bilan cheklanmasligini yaqqol namoyon etadi.

2025-yilda CAUʼni tamomlagach, u yoshlar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarda ishlashni boshladi. Faoliyati davomida qariyb 600 nafar ko‘ngilli faoliyatini muvofiqlashtirib, reproduktiv salomatlik, OIV profilaktikasi, liderlik va omma oldida nutq so‘zlash bo‘yicha treninglar o‘tkazmoqda.

Klinik amaliyot davomidagi bir bemor bilan bog‘liq voqea uning tibbiyotga bo‘lgan qarashlarini tubdan o‘zgartirdi. Shunda u sog‘liqni saqlash tizimidagi eng muhim ishlarning ayrimlari bemor shifoxonaga kelishidan oldin — kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholining tibbiy savodxonligini oshirish orqali amalga oshirilishini anglab yetdi.

CAUdagi talabalik yillarida Talabalar kengashi va Arts Club faoliyatidagi ishtiroki esa unda bugungi kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutayotgan liderlik va samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirdi.

Biz bitiruvchilarimizning jamiyat salomatligini yaxshilash va yangi avlodni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida munosib hissa qo‘shayotganidan faxrlanamiz.

🌍 CAU talabalari Tailanddagi BRIDGE akademik almashinuv dasturida ishtirok etishdiYaqinda Central Asian University Stoma...
05/08/2026

🌍 CAU talabalari Tailanddagi BRIDGE akademik almashinuv dasturida ishtirok etishdi

Yaqinda Central Asian University Stomatologiya Maktabi talabalari Tailandning Bangkok shahridagi Chulalongkorn universitetida bo‘lib o‘tgan “BRIDGE” xalqaro akademik almashinuv dasturida qatnashdilar.

QS World University Rankings reytingida 32-o‘rinni, Osiyo miqyosida esa 7-o‘rinni egallaydigan Chulalongkorn universiteti yetti mamlakat: O‘zbekiston, Malayziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, Indoneziya va Nepaldan kelgan ishtirokchilarni kutib oldi.

Dastur doirasida talabalar stomatologiya bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, Stomatologiya fakulteti, o‘quv laboratoriyalari, universitet klinikalari hamda muzeylariga tashrif buyurdilar, shuningdek, madaniy tadbirlarda ishtirok etib, Bangkok shahri bilan tanishdilar.

“BRIDGE” dasturi bilim almashish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, stomatologiya ta’limiga zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish va dunyoning turli burchaklaridan kelgan bo‘lajak tibbiyot mutaxassislari bilan aloqalar o‘rnatish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Biz CAUʼda talabalarga ularning dunyoqarashini kengaytiradigan, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydigan va muvaffaqiyatli xalqaro faoliyatga tayyorlaydigan xalqaro ta’lim imkoniyatlarini taqdim etishga sodiqmiz. 💙

_______

Ba’zi lahzalar ortda qoldirib bo‘lmaydigan darajada qadrlidir.Agar CAU bilan bog‘liq biror xotirani qayta yashash imkoni...
04/08/2026

Ba’zi lahzalar ortda qoldirib bo‘lmaydigan darajada qadrlidir.

Agar CAU bilan bog‘liq biror xotirani qayta yashash imkoni bo‘lganida, qaysi birini tanlar edingiz? 👇✨

___

Some moments are too good to leave behind.

If you could relive one CAU memory, which one would it be? 👇✨

03/08/2026

🎤 Qisqa savollar. Samimiy javoblar. Unutilmas bitiruv lahzalari. ✨

Bitiruvchilarimizning vazifasi oddiy edi: savollarga javob berish va raqsga tushish! 💃

👇 Siz uchun bitiruv kunidagi eng unutilmas lahza qaysi bo‘lgan? Izohlarda fikringizni yozing va bu xotiralarni birga baham ko‘rish uchun do‘stlaringizni belgilang!

——————

🎤 Quick questions. Honest answers. Graduation vibes. ✨

Our graduates had one mission: answer and dance! 💃

👇 What's one thing you'll never forget about your graduation? Tell us in the comments and tag your friends!

Alumni Story: Mukhammadali KhamidullaevMukhammadali Khamidullaev uchun arxitektura shunchaki kasb emas, balki haqiqiy is...
31/07/2026

Alumni Story: Mukhammadali Khamidullaev

Mukhammadali Khamidullaev uchun arxitektura shunchaki kasb emas, balki haqiqiy ishtiyoq bo‘lgan. U CAU Arxitektura va dizayn maktabida ijodkorlikni texnologiya bilan uyg‘unlashtirib, g‘oyalarni hayotga tatbiq etuvchi me’moriy vizualizatsiya yo‘nalishida o‘zining asl qobiliyatini kashf etdi.

“Asosiysi, sizga nima chinakam zavq bag‘ishlashini anglash va bu boradagi mahoratingizni k***an-kunga oshirib borishdir”.

Amaliy loyihalar, xalqaro professorlarning murabbiyligi va hamkorlikka asoslangan muhit Mukhammadaliga muvaffaqiyatli karyera uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berdi.

Diplom loyihasini himoya qilganidan sanoqli kunlar o‘tib, u “J United Group” jamoasiga qo‘shildi va hozirda u yerda g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish hamda me’moriy vizualizatsiya imkoniyatlari chegarasini kengaytirishda davom etmoqda.

💙 Har bir buyuk loyiha g‘oyadan boshlanadi. CAU bilan o‘z yo‘lingizni boshlang — qabul jarayonlari davom etmoqda.

Address

264, Milliy Bog Street, Mirzo Ulugbek Dist
Tashkent
111221

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712000522

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Central Asian University posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Central Asian University:

Shortcuts

Share