Tashkent state university of economics

Tashkent state university of economics Tashkent State University of Economics
https://tsue.uz/en
https://linktr.ee/tsue_tdiu?subscribe
(1)

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Mol...
09/02/2024



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti birlashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qaroriga koʻra Iqtisod fanlari doktori, professor Teshabayev Toʻlqin Zakirovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.

TDIUga “QS Asia University Rankings-2024” sertifikatlari topshirildi.Ma’lum qilganimizdek, Toshkent davlat iqtisodiyot u...
09/11/2023

TDIUga “QS Asia University Rankings-2024” sertifikatlari topshirildi.

Ma’lum qilganimizdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti  Osiyodagi eng yaxshi universitetlar 450 taligiga kiritildi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi eng kuchli 23 talikdan joy olgani ham e’tirofga sazovor. O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari orasida TDIU (TIQXMMI va O‘zbekiston milliy universitetidan keyingi) 3-o‘rinni egalladi.

Malayziyada o‘tkazilayotgan Sammitning ikkinchi kunida TDIU Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori professor Mansur Eshov mas’ullardan har ikkala sertifikatni tantanali ravishda qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, respublikadan faqat 3 ta oliygoh QS Asia University Rankings-2024 reytingining “Akademik reputatsiya” indikatori bo‘yicha TOP-200 oliygohlar qatoridan o‘rin egalladi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ana shu kuchli uchtalikda!

 Ayni damda “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida – vazirlik huzuridagi Sunʼiy intellekt bo‘yicha mas...
18/10/2023



Ayni damda “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida – vazirlik huzuridagi Sunʼiy intellekt bo‘yicha maslahat kengashining “Taʼlimda sunʼiy intellekt” mavzusida navbatdagi  yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Unda sunʼiy intellekt sohasidagi xorijiy va mahalliy ekspert hamda tadqiqotchilarni jalb qilgan holda sunʼiy intellekt texnologiyalarining taʼlim sohasiga kirib kelishi, ularning ijobiy va salbiy taʼsirlari, ushbu texnologiyalardan samarali va o‘rinli foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinib, fikr almashilmoqda.

Maʼlumot uchun, Maslahat kengashi 2022-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilgan boʻlib, respublikamizda oʻtkazilgan maʼmuriy islohotlardan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazildi. Shundan soʻng, kengashda tuzilmaviy va tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Kengash tarkibida Singapur, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Eron, BAA, Latviya kabi mamlakatlardan sunʼiy intellekt sohasidagi xorijiy ekspertlar mavjud.

TDIU va UoL-LSE hamkorligidagi ISEF qo‘shma ta‘lim dasturi talabalari LSE yozgi maktabi kurslarida grant asosida tahsil ...
25/09/2023

TDIU va UoL-LSE hamkorligidagi ISEF qo‘shma ta‘lim dasturi talabalari LSE yozgi maktabi kurslarida grant asosida tahsil olib qaytishdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va UoL-LSE hamkorligidagi ISEF qo’shma ta’lim dasturining ikkinchi bosqich talabalari Akobirxon Izzatullayev va Anita Gurura Buyuk Britaniyaning nufuzli London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi(LSE)da tashkil etilgan yozgi maktabda tahsil olishdi. 

LSE professorlari tomonidan olib borilgan darslarda talabalarimiz dunyoning turli davlatlardagi nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan yoshlar bilan birga o’qish,o’zaro fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Ahamiyatli tomoni talabalar yozgi maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun LSE diplomi hamda “Moliyaviy riskni tahlil qilish va boshqarish” (“Analysis and management of financial risk”) va “Alternativ investitsiyalar” (“Alternative investments”) fanlari bo’yicha  30 ECTS  kreditiga ega bo’ldilar.

Ta’kidlash joizki, TDIU va UoL-LSE hamkorligidagi ISEF qo’shma ta’lim dasturi talabalari har yili LSE yozgi maktabi uchun grant yutish va chegirma asosida o’qish imkoniyatiga ega.

Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligi (KPI) natijalari e‘lon ...
06/09/2023

Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligi (KPI) natijalari e‘lon qilindi.

Toshkent-davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilarning 2022-2023 o‘quv yilidagi faoliyati samaradorligini (KPI) baholash jarayonida jami 637 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyati maxsus platformaga kiritilgan. Mazkur maʼlumotlardan kelib chiqib, 100 ballik mezon asosida baholandi. Unga ko‘ra, professor-o‘qituvchilarning 7 nafari 80 balldan yuqori, 23 nafari 70 balldan yuqori, 45 nafari 60 balldan yuqori, 86 nafari 50 balldan yuqori, 108 nafari 40 balldan yuqori, 174 nafari 30 balldan yuqori, 122 nafari 20 balldan yuqori va 72 nafari 20 ball va undan past natijani qayd etdi.
Taʼkidlash joizki, universitet jami professor-o‘qituvchilarining o‘rtacha bahosi 40 ballga teng bo‘lgan.

Kafedralar kesimida o‘rtacha baho natijalari bo‘yicha Moliyaviy tahlil va audit kafedrasi eng yaxshi natija - 50,7 ballni qayd etgan bo‘lsa, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida Urinov Bobur Nasilloyevich universitetda eng yuqori natijani - 87,5 ballni to‘plagan.

13/12/2022

On December 15-16, TSUE is proudly hosting two conferences - NEW2AN and ICFNDS.

All materials of the conferences will be published in Springer and Scopus.

We cordially invite you to Tashkent state university of economics

‼️ DIQQAT!✅ TDIU da "Ilmiy jurnal va xalqaro nashriyotlar bazalari bilan ishlash bo'limi" ish boshladi.↘️ Bo'lim tomonid...
04/11/2022

‼️ DIQQAT!

✅ TDIU da "Ilmiy jurnal va xalqaro nashriyotlar bazalari bilan ishlash bo'limi" ish boshladi.

↘️ Bo'lim tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

- TDIU rektorining 71x/b-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash (Scopus va WoS ilmiy bazalarida ilmiy maqola chop etgan TDIU mualliflarini rag'batlantirish bo'yicha);

- ilmiy maqolalar auditi;

- iqtiboslarni oshirish (citation count);

- ilmiy jurnallarning ilmiy bazalardagi statusini aniqlash;

- Scopus va WoS ilmiy bazalarida ilmiy nashrlarni tanlash va ilmiy maqolalar chop etish bo'yicha seminar-treninglar tashkil etish;

- va boshqa Nizom bilan belgilangan vazifalar.

Murojaat uchun: Ilmiy jurnal va xalqaro nashriyotlar bazalari bilan ishlash bo'limi, Madaniyat saroyi, 3-qavat.

📞 Bog‘lanish: https://t.me/jurnal_tsue_bot
📩 Rag’batlantirish uchun ariza yuborish https://forms.yandex.ru/u/6363c407eb61461c5f7defae/

Nobel laureati TDIUda25 oktabr kuni Nobel laureati (2007-yil), BMT Bosh kotibining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maslahatchi...
25/10/2022

Nobel laureati TDIUda

25 oktabr kuni Nobel laureati (2007-yil), BMT Bosh kotibining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maslahatchisi, Inchxon milliy universiteti Konvergentsiya, fan va texnologiyalar instituti faxriy professori Rae Kvon Chung (Janubiy Koreya) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurmoqda

Nobel laureate at TSUE

On October 25 Nobel laureate (2007), climate change advisor to the UN Secretary General, professor emeritus of the Institute of Convergence, Science and Technology of Incheon National University Rae Kwon Chung (South Korea) is visiting Tashkent state university of economics

✍️ Abituriyentlar uchun maslahat va ma'lumotlar beruvchi Call-center faoliyat olib bormoqdaToshkent davlat iqtisodiyot u...
28/08/2022

✍️ Abituriyentlar uchun maslahat va ma'lumotlar beruvchi Call-center faoliyat olib bormoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qabul komissiyasining maslahat markazi  2022-2023-o'quv yili qabul jarayonlari yuzasidan abituriyent va ularning ota-onalari uchun barcha savollarga javob berishga tayyor.

Qabul jarayoni bo'yicha murojaatlarga quyidagi telefon raqamlari orqali javob olishingiz mumkin:

+998 71 245-42-43;
+998 71 239-01-59;
+998 71 239-28-79.

Ish vaqti: soat 8:00 dan 18:00 gacha;

Tushlik vaqti: soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Bu yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyiga 1700 dan ziyod abituriyentlar hujjat topshirdi. Bu es...
16/07/2022

Bu yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyiga 1700 dan ziyod abituriyentlar hujjat topshirdi. Bu esa o'tgan yilga nisbatan 15 % ko'p, demakdir. Qabul rejasi jami 234 tani tashkil etadi. Qabul uchun o'tkazilayotgan birinchi bosqich saralash imtihoni natijalari barcha abituriyentlar imtihon topshirib bo'lgach, natijalar umumlashtirilib, so'ngra e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, imtihon natijalarini ruxsatnomadagi ID raqami bo'yicha bilib olishingiz mumkin. Suratda: qabul uchun o'tkazilayotgan birinchi bosqich saralash imtihonidan foto lavhalar.

#тгэу

16/07/2022

TDIU va sanoat korxonalari hamkorligi.

Address

Islam Karimov 49
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712326421

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tashkent state university of economics posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Tashkent state university of economics:

Share