09/10/2026
🇺🇿 AMITY TALABALARI UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!
Endilikda O‘zbekistonlik talabalar, jumladan Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari ham, Google Gemini AI Plus obunasidan 1 yil davomida BEPUL foydalanishlari mumkin!
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligi doirasida Google’ning xalqaro talabalar verifikatsiyasi bo‘yicha hamkor platformasi SheerID O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar qatoriga kiritdi.
🎓 Bu orqali talabalarga 60 dollarga teng 1 yillik Google AI Plus obunasini bepul olish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Google AI Plus talabalarga nimalarni taqdim etadi?
✅ Gemini’dan kengaytirilgan foydalanish imkoniyati
✅ 400 GB bulutli xotira — Google Drive, Photos va Gmail uchun
✅ Google Flow orqali AI yordamida kreativ va kinematografik videolar yaratish
✅ Gmail ichida Gemini AI imkoniyatlaridan foydalanish
✅ Gemini Notebook orqali tadqiqot, o‘qish, test va audio/video materiallar bilan ishlash
✅ AI asosidagi musiqa yaratish studiyasiga qo‘shimcha kirish
🤖 Amity talabalari, bu imkoniyatdan o‘qish, tadqiqot, kontent yaratish va yangi loyihalaringizni rivojlantirishda foydalaning!
Bundan tashqari, Aileaders.uz platformasi orqali dunyoning yetakchi kompaniyalariga tegishli 100 dan ortiq xalqaro AI kurslarini ham bepul o‘rganishingiz mumkin.
🚀 AI’ni o‘rganing. Yangi ko‘nikmalarni egallang. Kelajak kasbingizni bugundan yarating!
🌐 aileaders.uz
🌐 startupbase.uz